• Toza mis va o’zga qo’shimchalarning ta’siri
  • Mis va uning qotishmalari




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/15
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,94 Mb.
    #111548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Magniy va mis qotishmalari

    Mis va uning qotishmalari
    Latunlar, ularning markalanishi, xossalari va 
    qo‘llanilishi. 
    Umuman olganda, 
    mis
    ning issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi, plastikligi, 
    korroziyabardoshliligi uning eng muhim xususiyatlari hisoblanadi. Toza misning 


    texnologik xususiyatlari (quyish xususiyatlari, kesib ishlanish xossalari) va 
    mustahkamligi yaxshi emas. Shu kamchiliklarni yo'qotish va misning maxsus 
    xossalarini hosil qilish maqsadida mis, rux, qalay, qo'rg'oshin va shunga o'xshash 
    boshqa elementlar bilan legirlanadi. Mis qotishmalaridan eng muhimi 
    latun
    va 
    bronzalardir
    . Ayniqsa, tompak latunlari va maxsus bronzalar- melxiorlar, 
    reyzilberlar, kuniallar, kopellar muhim ahamiyatga ega. Latun va bronzalar 
    korroziyabardoshligi yuqori bo'lgan mashina vositalari hamda ishqalanish juftlarini 
    tayyorlashda muhim mashinasozlik materiali hisoblanadi. 
    Toza mis va o’zga qo’shimchalarning ta’siri. Misning suyuqlanish harorati 
    1083
    0
    C ga teng. Uning kristall katakchasi yoqlari markazlashgan kub shakliga ega 
    bo'lib, uning yoqlari o'lchami 0,36074 nm ni tashkil qiladi. Mis og'ir metall bo'lib, 
    zichligi 8,94 g/sm
    3
    ga teng. Misning elektr o'tkazuvchanligi 100% (solishtirma 
    namuna) deb qabul qilinib, bu qiymat boshqa metallar uchun etalon hisoblanadi. 
    Toza mis tarkibidagi qo'shimchalarning miqdoriga qarab, mis MOO (99,99%Cu), 
    MЛ(99,95% Cu), M0 (99,9% Cu), M2 (99,7% Cu), M3(99,5%Cui) va M4 
    (99,0%Cu) 
    deb 
    tamg'alanadi 
    (markalanadi). 
    Mis 
    tarkibidagi 
    o'zga 
    qo'shimchalarning miqdori misning elektr xossalariga katta ta'sir ko'rsatadi. 
    Shuning uchun ham qo'shimchalarning miqdori tamg'alash prinsipining asosini 
    tashkil qiladi. 
    Mis va uning asosidagi qotishmalar muhim texnik ahamiyatga ega bo'lgan 
    materiallardir. Oltingugurtli ruda, mis kolchedani va boshqa rudalar toza misning 
    tabiiy manbai hisoblanadi. Misning xususiyatlari o'zga tabiiy qo'shimchalarning 
    turi va miqdoriga bog'liq. Misdagi o'zga qo'shimchalar uning sovuq va issiq holda 
    deformasiyalanishi va kesib ishlash xususiyatlarini yaxshilashi, mustahkamligini 
    oshirib, korroziyaga qarshiligini kamaytirish mumkin. 
    Inson yaratgan birinchi metall qotishma. Bronza, jez va asosiy legirlovchi 
    elementlar nikel bolgan misnikel qotishmalari Mis qotishmalari jumlasiga kiradi. 
    Mis qotishmalari quyma, deformatsiyalanadigan va kukunsimon xillarga bo’linadi. 
    Quyma Mis qotishmalari suyuqlanganda oquvchan boladi, qotganda uncha 
    kirishmaydi. Deformatsiyalanadigan Mis qotishmalari issiqlayin yoki sovuqlayin 
    bosim bilan yaxshi ishlanadi. Kukunsimon Mis qotishmalari kukunsimon 
    materillar jumlasiga kiradi. Mis qotishmalari antifriksion, issiqbardosh, 
    konstruksion, korroziyabardosh, prujinabop va elektrotexnika materiallari sifatida 
    keng qollanadi. Bular asbobsozlik, mashinasozlik, aviatsiya va kemasozlikda, suv-
    bug armaturasi, badiiy buyumlar, idishtovoklar yasash va boshqa sohalarda 
    ishlatiladi.
    O'zga qo'shimchalarning mis xossalariga ta'sirini hisobga olgan holda ikki sinfga 
    ajratish mumkin: 



    Download 0,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish