yoki kontank usuli bilan qoniqarli darajada payvandlash mumkin,
yaxshi kesib
ishlanadi. Ko'proq magniy
alyuminiy (≤10%)
sink (≤5.. .6)
marganets (≤2,5%)
sirkoniy (≤1,5%) kabi elementlar bilan legirlanadi.
Marganetsdan boshqa legirlovchi elementlar α -qattiq eritma va
intermetallitlar
(Mg
4
Al
3
, MgZn
2
) hisobiga mexanik xossalarni oshiradi. Marganets magniy
qotishmalarining payvandlash xususiyatini yaxshilaydi va korroziyabardoshligini
oshiradi.
Sirkoniy ham korroziyabardoshligini
oshiradi, lekin donachalarni maydalash
hisobiga mexanik xususiyatlarni yaxshilash ustun turadi. Magniyga boshqa
legirlovchi elementlar juda kam miqdorda qo’shilganda qo’shimcha ravishda
xossalarini yaxshilash mumkin.
Masalan,
toriy elementi
olovbardoshligini oshiradi, juda oz miqdorda
(0,005...0,012%)
berilliy qo'shilsa magniyni eritishda,
quyma olishda, termik
ishlashda oksidlanishini kamaytiradi.
Magniy qotishmalarini qayta ishlash mahoratiga ko'ra ularni ikki guruhga bo’lish
mumkin:
1.Quyish uchun mo'ljallangan qotishmalar: ulardan shakldor quymalar olinadi
va ularni «MЛ» tamg'a (marka)
bilan belgilanadi;
2. Deformatsiyalanadigan qotishmalar: ulardan presslash, jo'valash, bolg'alash,
shtamplash va boshqa bosim ostida ishlash usullari bilan buyumlar ishlab
chiqariladi va «MA» rusum berilgan.
Magniy
qotishmalariga, alyuminiy qotishmalari kabi termik ishlov beriladi.
Bunday termik ishlovlarga
diffuzion yumshatish (gomogenlash), to'la
yumshatish, toblash va eskirtirish kiradi. Yirik quymalar va shakldor buyumlar
quyma usulida olinganda diffuzion yumshatish beriladi. Buning uchun quyma
pechlarda 400...490
o
C atrofida qizdirilib, shu haroratda 10...24 soat ushlab turiladi,
so'ng pech bilan birgalikda sovitiladi.