|
Mashinasozlik materiallariBog'liq Magniy va mis qotishmalaripolimorf o'zgarishga
ega. Jezlarda esa bunday o'zgarish
ro'y bermaydi. Bunday limorf o'zgarish natijasida qo'rg'oshin alohida kristallanib,
mis yoki jez donachalarining (chegaralarida emas) o'rtasiga joylashadi. Shuning
uchun qo'rg'oshin qotishmaning kesib ishlash xususiyatlarini yaxshilaydi, lekin
bosim ostida ishlashi yomonlashtiradi. Uning korroziyabardoshligini oshirish
uchun qo'shimcha ravishda Al, Zn, Si, Ni elementlar qo'shiladi.
Latun Cu bilan Zn ning qotishmasi bo‘lib, uning mexanik va texnologik xossalari
yuqori bo‘ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42%
gacha bo‘ladi. Latunlarning mexanik va texnologik xossalarini yanada yaxshilashi
uchun ularga ma’lum miqdorda Al, Cu, Fe, Zn va boshqa elementlar qo‘shib
maxsus latunlar olinadi. Latunlarga qo‘shiladigan elementlarning turi va miqdori
qotishmadan kutilgan xossalarga qarab belgilanadi. Latunlarning texnologik
ko‘rsatkichlariga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan (deformatsiya beriladigan) va
quymalar olinadigan xillariga ajratiladi.
Latunlar yuqori plastik xossaga ega bo‘lib, ulardan olingan quymalar bosim bilan
ishlanib listlar, lentalar, trubalar tayyorlanadi. Quyma latunlarning oquvchanligi
yuqori bo‘lib, likvatsiyaga kam beriluvchi antifriksion xossaga ega bo‘ladi.
Bu qotishmalardan podshipniklar, vtulkalar, chervyakli vintlarning zagotovkalari
qoliplarga quyish yoli bilan tayyorlanadi.
Latunlarning markalanishi
. GOST 2060-73 bo‘yicha oddiy latunlar L harfi va
raqamlar bilan markalanadi. Masalan, L96 da L harfi latun ekanligini, 96 raqami
esa qotishma tarkibida 96% mis borligini bildiradi, qolgani esa Zn bo‘ladi. Maxsus
latunlarni markalardagi L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan elementlar
nomlarining bosh harfi, so‘ngra raqamlar yoziladi. Masalan, LAJ60-1-1 markada
60% Cu, 1% Al, 1% Fe qolgan, ya’ni 38%i rux bo‘ladi.
Tarkibida 20% dan ko'p rux bo'lgan jezlardan plastik deformasiya usuli bilan
olingan mahsulotlar suv, kislorod yoki ammiak muhitida tez korroziyalanadi va
darzlar hosil qiladi. Ana shu darzlarning kengayishini oldini olish uchun bunday
mahsulotlar 250...300
0
C da qizdirilib, termik ishlov berish bilan yumshatiladi.
|
| |