• Kremniyli qotishmalar
  • Nikelli jezlar
  • Mashinasozlik materiallari




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/15
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,94 Mb.
    #111548
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Magniy va mis qotishmalari

    Jez 
    (latun)lar Л
    harfi va mis miqdorini bildiruvchi sonlar bilan tamg'alanadi (Л85, 
    Л90, Л96). Masalan, Л90 va 90% mis bo'lib, qolgan 10% ini rux tashkil qiladi. 
    Qotishma tarkibidagi ruxning miqdori 10% dan kam bo'lsa, bu qotishma tompak, 
    ruxning miqdori 10...20% orasida bo'lsa, u material yarim tompak material 
    deyiladi. Bunday qotishmalar yuqori plastiklik hamda issiqlik o'tkazuvchanlikka 
    ega bo'lib, korroziyabardoshliligi ham yaxshi. Tarkibidagi ruxning miqdori 
    ko'payib borgan sari latunlar arzonlashib boradi (Л59, Л62). Bunday qotishmalar 
    bir qator yaxshi xususiyatlarga ega, ularning mustahkamligi yuqori, kesib 
    ishlanadi, lekin korroziyaga qarshiligi kam. 
    Ko'p elementli murakkab legirlangan latunlarda Л harfidan keyin legirlovchi 
    elementlar ruscha nomlarining bosh harfi, so'ngra % miqdorlarini ko'rsatadigan 
    sonlar qo'yiladi (ЛЖ60-1-1, ЛMCA57-3-1, ЛO60-1, ЛK80-3L va hokazo). 
    Masalan, ЛAHKMC75-2-2,5-0,5-0,5, ya'ni bunday latun tarkibida 75% mis, 2,0% 
    alyuminiy,2,5% nikel, 0,5% kremniy va 0,5% marganes bor. 
    Texnologik ko'rsatkichlarga ko'ra latunlar deformasiyalanadigan va quyma olish 
    uchun mo'ljallangan (ЛK 80-3) bo'lishi mumkin. 
    Alyuminiyli latunlarning mexanik xossalari va korroziyabardoshliligi yaxshi. 
    Deformasiyalanadigan qotishmalarda 40% gacha, quyma qotishmalarda esa 7% 
    gacha alyuminiy bo'ladi. Bundaylarga misol qilib, quyidagi qotishmalarni 
    ko'rsatish mumkin: ЛA85-0,5, ЛA77-2, ЛAMC77-2,05. 
    Kremniyli qotishmalar dengiz suvi va ochiq havo ta'sirida korroziyalanmaydi. 
    Agar tarkibida kremniy 3 % dan oshmasa, qotishma plastiklik va yuqori mexanik 
    xossaga ega, lekin kremniy miqdori4% dan oshsa, uning qattiqligi oshib, plastikligi 
    kamayadi. Mashinasozlikda ЛK80-3, ЛKC65-1,5-3 kabi latunlar ko'p ishlatiladi. 
    Kemasozlikda ko'proq marganes bilan legirlovchi 
    latunlar
    ishlatiladi: ЛM58- 2, 
    ЛM57-3. Bunday qotishmalar sovuq va issiq holda bosim ostida yaxshi 
    deformasiyalanadi, mexanik xossalari yaxshi hamda suv bug'i va dengiz suvi kabi 
    tajovuzkor muhitga chidaydi. 
    Nikelli jezlar 
    yaxshi mexanik xossaga ega, issiq va sovuq holda yaxshi 
    deformasiyalanadi. Mashinasozlikda latunlarning ЛH65-5 va boshqa turlari ko'p 
    ishlatiladi. Qalayli latunlar tajovuzkor muhitda yaxshi ishlaydi, shuning uchun 


    kemasozlikda ko'proq ЛO90-1, ЛO70-1, ЛO62-1 latunlar ishlatiladi. Ular yaxshi 
    kesib ishlanishi bilan birgalikda yetarli darajada antifriksion xususiyatlarga ham 
    ega. Bunday xususiyatlar qo'rg'oshinli latunlarda yaxshi namoyon bo'ladi. Ularga 
    ЛC63-3, ЛC74-3, ЛC60-1 larni misol qilib ko'rsatish mumkin


    Download 0,94 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,94 Mb.
    Pdf ko'rish