|
I bob bo‘yicha umumiy xulosalar
|
bet | 10/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 380,33 Kb. | | #240261 |
Bog'liq yusupovaI bob bo‘yicha umumiy xulosalar
Hozirgi vaqtda qora metallurgiyada hosil bo’layotgan changlarning miqdori sezilarli darajada ko'payishi bilan bog'liq muammo mavjud. Har yili ushbu metallurgik korxonalarda tarkibidagi rux miqdori yuqori bo'lgan changlar chiqindixonaga chiqarib yuboriladi, ularning massasi ishlab chiqarilgan metall umumiy massasiga nisbatan 5 – 10 % ni tashkil qiladi. Dunyo bo'ylab tarkibida rux saqlagan changning yillik umumiy miqdori 10-15 million tonnani tashkil etadi. Bunday changlarda rux miqdori juda keng diapazonda o'zgarib turadi: 2 dan 20% gacha; Ruxdan tashqari, chang tarkibida temir oksidlari (30-60%) va jami 20% gacha qo’shimcha oksidlar (kremniy, kaltsiy va qo'rg'oshin) mavjud. Yuqorida keltirilgan tarkibli changni to'g'ridan-to'g'ri asosiy metallurgik ishlab chiqarishga qaytarish texnologik jarayonning buzilishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi paytgacha kashf qilingan usullar bilan bunday changlarni qayta ishlash unchalik samara bermayapti shu sababli ko’pchilik metallurgik zavodlar bu turdagi changni shunchaki yig’ib qo’yishmoqda. Ushbu maqolada esa bu changni qayta ishlashning bir qancha zamonaviy usullari ko’rib chiqiladi. Har qanday metallurgik korxonalar to’xtovsiz faoliyati davomida o’zi joylashgan hudud ekologiyaga va insonlar salomatligiga ta’sir ko’rsatadi. Xususan po’lat va ferroqotishma eritish jarayonlarida atrof muhitga turli xil ko’rinishdagi chiqindilar ajralib chiqadi. Bu chiqindilardan biri changdir. Chang o’zining judayam kichik o’lchamli ekanligi va tarkibida og’ir rangli metallarning oksildarini saqlagan holda zararli chiqindilar qatoriga kiradi. Bu turdagi chang inson nafas olish organi orqali oshqozonida to’planib og’ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Buni oldini olish uchun esa hozirda changni qayat ishlashning bir qancha usullari taklif etilmoqda.
Metallni chang bilan yo’qotilishi korxonani yillik ishlab chiqarishida 2-5 % yo’qotilishga olib keladi. Agar metallurgik korxona yiliga 1 mln tonna po’lat ishlab chiqarsa undan hosil bo’ladigan chang esa 32 ming tonnani tashkil etishi mumkin [2].
Ko’p hollarda bu turdagi changlar tarkibida temir oksidi miqdori yuqori bo’lsa ham ular qayta ishlanmasdan shlam saqlovchi maydonlarda yig’ilmoqda. Ayni paytda bu turdagi chiqindi changlar ikkilamchi xomashyo ham hisoblanadi. Changni qayta ishlashning asosiy muommosi shundaki birinchidan jarayondan ajralib chiqayotgan changlarni har xil kimyoviy tarkibli ekanligi va uning dispersligi. Ikkinchidan esa tarkibida rux metalining yuqoriligi va amalda birmuncha qiyin masala bo’lgan ho’l usulda tutib qolingan shlamdan changni ajratib olish hisoblanadi. Elektr yoyli po’lat eritish pechlarining gazni tozalash tizimida 15-25 kg/t chang tutib qolinadi [3]. Bu changlarda nafaqat noorganik moddalar [4] balkim yuqorida ta’kidlaganimizdek (Pb,Zn,Cu) metallar mavjudligi uni qayta ishlashda alohida e’tibor talab qiladi.[5] Bu changlarni xavflilik darajasi esa uning tarkibidagi og’ir metall birikmalarining suvda erishi va chang zarralarining o’lchamiga bog’liq.
|
| |