|
Mashinasozlik texnologiyasi
|
bet | 5/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 380,33 Kb. | | #240261 |
Bog'liq yusupova
Po‘lat quyish ishlab chiqarish uchun po‘lat va oz miqdorda Cho‘yan temir tersaklarni ishlatiladi.
Aylanma temir tersak - Metallurgik ishlab chiqarishning prokat va ishlov berish, hamda eritish jarayonida hosil bo‘luvchi chiqindilaridir.
Korxonalarda aylanma temir tersak miqdori yaroqli quymalar massasining 10 dan 35 % oralig‘ida o‘zgarib turadi.
Chetdan keladigan temir tersak ham xo‘jaligi (ishlab chiqarish, transport, qishloq xo‘jaligi) va maishiy texnikaning amartizatsion temir tersagidan hosil bo‘ladi. Cho‘yan temir tersagi – domna va Cho‘yan quyuvchi sex chiqindilari, hamda yaroqsiz holga kelgan almashtiriluvchi jihozdan iboratdir.
Bo‘laklar o‘lchami va ularning uyumdagi massasi metall temir tersakgi zichligi bo‘yicha katta nisbiy yuzaga ega bo‘lgan engil massali va og‘ir massali temir tersakga bo‘linadi.
Eritish jarayoniga ta’siri bo‘yicha metallomdagi uglerodan boshqa barcha elementlar shartli ravishda to‘rtta guruhga bo‘linadi. 1-guruhga tez oksidlanuvchi va birinchi bo‘lib shlakga o‘tuvchi Si, Ti, Zr, B,V kiradi. 2-guruhga metalladan to‘liq chiqib ketmaydigan elementlar P, S, Cr kiradi. 3-guruhga esa metalldan mutlaqo chiqib ketmaydigan Cu, Ni, Sb, Mo kiradi. 4-guruhni parlanish harorati po‘lat quyish jarayoni haroratidan past bo‘lgan va shuning uchun par ko‘rinishida chiqib ketadigan elementlar Zn, Cd, Bi kiradi. Keyinchalik bu guruhdagi elementlar regenirator nasadkalari trubalarda cho‘kib qoladi. Bu pechning issiqlik ishini qiyinlashtiradi. Asosiy o‘rinni qo‘rg‘oshin egallaydi.
Qo‘rg‘oshin erish harorati past va Yuqori zichlikga ega. Pech tubida to‘planib uni sekin-asta emira boshlaydi.
Kimyoviy tarkibi, miqdori va tashqi o‘lchamiga binoan temir-tersak 2 turga bo‘linadi: po‘lat va Cho‘yan , 2 ta kategoriyaga: A – uglerodli, B- legirlangan, 67 ta guruh – legirlovchi elementlarning tarkibiga ko‘ra va 28 tur – sifat ko‘rsatgichi bo‘yicha.
Po‘lat quyish agregatiga yuklashdan oldin temir-tersak odatda maxsus ikkilamchi chora metall zavodlarida tayyorgarlikdan o‘tadi. Temir- tersak rangli metall bo‘laklari portlovchi predmetlar, hamda suv bilan to‘ldirilgan predmetlardan tozalanadi. Olovli keskich, press-qaychi, tegirmon yordamida temir-tersak birlamchi maydalaniladi. Maydalangan temir-tersak rangli metall va plastmassalardan tozalash uchun magnit seperatordan o‘tqaziladi. So‘ngra mexanik yoki gidravlik presslarda paketlanadi.
|
| |