|
Mashinasozlik texnologiyasi
|
bet | 3/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 380,33 Kb. | | #240261 |
Bog'liq yusupovaASOSIY QISM.
1.1.Po‘lat va uni ajratib olish usullari klassifikatsiyasi
U yoki boshqa usul bilan po‘lat olish o‘zining tarkibi va xossalariga asosan turlichadir. Po‘latning yagona dunyoviy sistemasi yo‘q.
MDHda po‘lat klassifikatsiyasi va uning tarkibi, sifatiga qo‘yiladigan talablar o‘sha davlatning standart va texnik sharoitlariga asoslanadi. Ular quyidagi alomatlarga binoan tasniflanadi.
Ishlatilish maqsadi bo‘yicha. Ushbu alomatga asosan po‘latni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: yonish va qozonxona, temiryo‘l transporti usuli (temiryo‘llar, temiryo‘l g‘ildiraklarini bandaji uchun va boshqalar), konstruksion (bino qurilishi uchun, metall konstruksiyalari ishlab chiqarish uchun, ko‘prik, mashina va boshqalar), zoldrli podshipnik, instrumental (turli asboblar tayyorlash uchun, keskichlar va h.k.), ressor prujinali, transformatorli, zanglamaydigan, qurol, trubina va h.k.lar uchun. Po‘lat markasining boshida turuvchi R harfi tez kesuvchi po‘lat ekanini anglatadi. ШX6, ШX15 – keng podshipnikli , E – elektrotexnik, U7, У8, У13 – uglerodli instrumental po‘lat (0,7% uglerod va h.k.). U7A, U8A – Yuqori sifatli uglerodli instrumental po‘lat ekanini ko‘rsatadi.
Sifat bo‘yicha. Po‘lat odatda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: oddiy sifatli, sifatli va Yuqori siqatli. Ushbu guruhlardagi farq ularning tarkibidagi zararli fo‘shimchalarga bog‘liq (birinchi o‘rinda oltingugurt va fosforga bog‘liq), hamda metallmas qo‘shimchalarning asosiy shartlariga binoan tarkibiga qarab. Masalan, oddiy sifatli po‘lat tarkibidagi oltingugurt va fosfor 0,055 – 0,060% gacha bo‘lishi mumkin, sifatli po‘latda – 0,040 – 0,045% dan oshmasligi kerak, Yuqori sifatli po‘latda esa 0,020-0,030% dan oshmasligi kerak.
Kimyoviy tarkib bo‘yicha. Po‘lat uglerodli (shu bilan birga past uglerodli, o‘rtacha uglerodli, Yuqori uglerodli), past ligerlangan, o‘rtacha ligerlangan va Yuqori ligerlangan (shu bilan bir qatorda xromli, marganetsli va h.k.).
MDH davlatlarida po‘latlarni kimyoviy tarkibini belgilashning quyidagi yagona shartli belgilari o‘rnatilgan.
Element
|
C
|
Mn
|
Si
|
Cr
|
Ni
|
Mo
|
W
|
V
|
Al
|
Ti
|
Belgilanishi
|
У
|
Г
|
С
|
X
|
Н
|
M
|
В
|
Ф
|
Ю
|
T
|
Po‘lat markasi belgilarida, GOSTga asosan marka boshida turgan raqamlar uglerodna foizining yuzdan bir bo‘lagidagi o‘rtacha tarkibini belgilaydi (instrumental po‘latlar uchun foizning mingdin bir bo‘lagida). Raqamlarning o‘ng tomonida turgan harflar po‘latdagi tegishli elementning borligini bildiradi. Harflardan keyin turadigan raqamlar tegishli elementlar (bir foizdan Yuqori bo‘lsa) foizdagi tarkibini ko‘rsatadi. Marka oxiridagi “A” harfi po‘latning Yuqori siqatliligini bildiradi. Masalan, Yuqori sifatli konstruksion po‘lat tarkibi 0,12% ga yaqin uglerod, 2% xrom va 4% nikel bo‘lsa, 12X2Н4A; po‘latning 30XГС markasi ushbu po‘latda 0,30% ga yaqin uglerod va taxminan 1% xrom, marganets va kremniy borligini bildiradi. Legirlangan po‘lat kam legirlangan (2,5% gacha legirlovchi elementlar) va Yuqori legirlangan (10% dan Yuqori) po‘latlarga bo‘linadi. Po‘latni legirlovchi elementlarga asosan bir komponentli (marganetsli 0,9G2, 14G2, 35G2, 40G2, kremniyli 55S2, 60S2, 80S), ikki komponenli (kremnemarganetsli 60S2XA, xromnikelli 40XN), uch komponentli (xrokremnemarganetsli 30XGSA, xromnikelmolibdenli 20XNM), to‘rt komponentli va undan ortiq komponentliga bo‘linadi.
|
| |