Marten pechlarıda po‘lat ıshlab chıqarısh usulları




Download 380,33 Kb.
bet7/10
Sana17.05.2024
Hajmi380,33 Kb.
#240261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yusupova

1.3. Marten pechlarıda po‘lat ıshlab chıqarısh usulları


Bessemer va Tomas konvertorlarida po‘lat ishlab chiqarish usullarining kamchiliklarini kamaytirish borasidagi izlanishlar marten usulining yaratilishiga olib keldi. Bu usul XIX asrning ikkinchi yarmida yaratildi (Rossiyada dastlabki Marten pechi 1869 yilda Sormov zavodida injener A. A. Iznoskov va usta YA. I. Plechkov tomonidan qurilgan bo‘lib, uning sıg‘ımı 2,5 t bo‘lgan, xolos). Zamonaviy pechlarning SIG‘IMI 200—900 t atrofida bo‘lib, ularda uglerodli, kam va o‘rtacha legirlangan konstruksion po‘latlar olinadi.
Marten pechining tuzilishi va ishlashi. Marten pechi (10- rasm) alangali regeneratorli pech bo‘lib, uning eng muhim qismi ishbo‘shlig‘i (kamerasi) dir. Asosli pechlarda uning tag qismi magnezit g‘ishtidan terilib, sirtidan magnezit kukuni, kislotali pechlarda esa dinas g‘ishtidan terilib sirtidan kvars qum kuku- ni sepiladi. Pechning sirti po‘lat list bilan qoplanadi. Uning devorining puxtaligi bo‘yiga va kundalangiga tortilgan po‘lat armaturalar bilan ta’minlanadi. Fosfori ko‘p chuyanlardan (Mf1, Mf2, MfZ markali) po‘latlar olishda pechlar tebranadigan qilinib, ordirilgan holatda ajralayotgan ko‘p miqdordagi shlakning ravon chiqishi ta’minlanadi.
Pechning old devorida shixta materiallarini kiritish uchun bir necha yuklash darchalari buo‘ladi (pechni ishlash vaqtida darchalar maxsus to‘sqich bilan berkitiladi va unga o‘rnatilgan oyna orqali jarayonning kechishi kuzatiladi), darchalardan namuna metali olinadi va yuqori fosforli shlak chiqariladi. Orqa devorida esa suyuq metall va shlakni pechdan chiqarish uchun maxsus teshik bo‘lib, ularga novlar

1.3.1.- rasm. Marten pechining sxemasi:


1— suyuklantirilgan metall; 2 — shlak; 3 — pech shipi; 4 pechning tubi; 5 — pechning orka devori; 5— pechning old devori; 7— shixta kiritiladigan darcha; 8 — gaz regeneratorlari; 9 — havo regeneratorlari; 10
— sirtqi ish sathi; 11,11 — pechga haydaluvchi qavo kiritiladigan va yonish maqsulotlari chikarib yuboriladigan kanallar; 12, 12' — pechga haydaluvchi gaz kiritiladigan va yonish maqsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 13 — klapan; 14 — mo‘ri; 15 — suv bilan sovitib turiluvchi kislorod furmasi.

o‘rnatilgan. Pech ishlayotganda bu teshik o‘tga chidamli tiqin bilan berkitiladi. Pechning yon devorlarida qizdirilgan yonuvchi gaz va havoni pechning ish bo‘shliriga kirituvchi kallaklari bo‘ladi. Kallaklarga gorelka, mazutda ishlaganda esa forsunka o‘rnatiladi. Pechning old qismida esa pol satxidan ancha pastroqda juft regenerator 5, 9 o‘rnatiladi. Regeneratorlar bilan pechning ish bo‘shliri oralig‘ida esa «shlakovik» deb ataluvchi kameralari bo‘ladi. Metallurgiya zavodlarida 250—500 tli pechlar ko‘proq tarqalgan. Ular vannasining o‘lchami 20x6 m gacha bo‘ulib, tag yuzi 115 m2 ga etadi. Ma’lumki, bu pechlar uzluksiz ishlaydi. Ko‘pincha 400—600 marta po‘lat olingandan keyin kapital remont qilinadi.



Download 380,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 380,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marten pechlarıda po‘lat ıshlab chıqarısh usulları

Download 380,33 Kb.