3) Tеxnоlоgik qism. Mavzu bo‘yicha texnologik yechimlar keltiriladi.
4) Hаyot fаоliyati xаvfsizligi qismi. Mavzu bo‘yicha vositalar havfsizligini ta’minlovchi asosiy sharhlar, mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari, muxofazalovchi va saqlovchi to‘siq vositalari kabi ma’lumotlar keltiriladi.
5) Iqtisоdiy qism. Mаvzu bo‘yichа qilinayotgan loyihaning yoki konstruksiyaning iqtisodiy yechimlari keltiriladi.
6) Xulоsа vа tаkliflаr. Mаvzu yuzasidan yuqorida qilingan ishlar bo‘yicha umumiy xulosa va takliflar keltiriladi.
7) Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti. Mаvzu bajarish davomida foydalanilgan adabiyotlar va internetdagi veb saytlarining ro‘yhati keldiriladi.
8) Ilоvа. Mаvzu bo‘yicha maxsus jadvallar, rasmlar va internetdan olingan ma’lumotlar ilova qilinadi.
4. Bitiruvmalakaviyishining chizmаlаri ro‘yхаti (A1 formatda 2 list vatman):
a) Asosiyqismchizmalari (jadval, grafikvaboshqalar)
1-chizmа
b) Texnologik qism chizmalari:1-chizmа
5. Bitiruv malakaviy ishi qismlаri bo‘yichа mаslахаtchilаr:
№
|
BMI qismlari
|
Boshlanish muddati
|
Tugallanish muddati
|
Imzo
|
Maslahatchi-ning familiyasi
|
1
|
Kirish
|
|
|
|
|
2
|
Mavzuni asoslash
|
|
|
|
|
3
|
Adabiyotlar sharxi
|
|
|
|
|
4
|
Asosiy qism
|
|
|
|
|
5
|
Texnologik qism
|
|
|
|
|
6
|
Iqtisodiy qism
|
|
|
|
|
7
|
Hayot faoliyati havsizligi
|
|
|
|
|
8
|
Xulosa va takliflar
|
|
|
|
|
9
|
Ilovalar
|
|
|
|
|
10
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
|
|
|
|
|
6. Tоpshiriq bеrilgаn sаnа:
7. BMI tоpshirish sаnаsi:
Tоpshiriq bаjаrish uchun qаbul qilindi: N.Yusupova
Bitiruv malakaviy ishi rаhbаri: _______________
Kаfеdrа mudiri _______________
MUNDARIJA.
№
|
Po‘latni qo‘shimchalardan tozalab yuqorii sifatli po‘lat olish usullari
|
Bet
|
|
KIRISH
|
|
I BOB
|
ASOSIY QISM.
|
|
1.1.
|
Po‘lat va uni ajratib olish usullari klassifikatsiyasi
|
|
1.2.
|
Po‘latni qo‘shimchalardan tozalashning zamonaviy usullari
|
|
1.3.
| Marten pechlarıda po‘lat ıshlab chıqarısh usulları
|
|
1.4
|
I bob bo‘yicha umumiy xulosalar
|
|
II BOB
|
Texnologik qism
|
|
2.1.
|
Texnologik jarayon tasnifi
|
|
2.2.
|
Texnologik jarayonning xorijiy tajribalari
|
|
2.3.
|
Po‘latni qo‘shimchalardan tozalab yuqori sifatli po‘lat olish usullarining muammolari
|
|
2.4
|
II bob bo‘yicha umumiy xulosalar
|
|
III BOB
|
IQTISODIY QISM
|
|
IV BOB
|
HAYOT FAOLIYATI XAVSIZLIGI
|
|
|
XULOSA VA TAKLIFLAR
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
|
|
ILOVA
|
|
KIRISH
Hozirgi zamon mashina detallari ko`pincha yuqori dinamik kuch ta'sirida, katta kuchlanish hamda past temperaturalarda ishlaydi. Bunday sharoit materialni mo`rt yemirilishiga olib keladi, natijada mashinani ishonchli ishlash muddatini kamaytiradi. Shuning uchun, statik sinash natijasida aniqlangan yuqori mexanik xarakteristikalardan tashqari, yuqori konstruksion mustahkamlikka ham ega bo`lishi kerak, ya'ni real sharoitda qo`llaniladigan detallar hamda konstruksiyalarni mustahkamligi yetarli bo`lishi kerak, to`satdan hosil bo`ladigan yuqori kuchlanishga qarshilik ko`rsata olishi kerak. Konstruksion materiallar yaxshi texnologik xossalarga ham ega bo`lishi kerak: bosim ostida material yaxshi ishlanishi kerak (prokatlash, bolg`alanish, shtamplash va h.k.) va yaxshi kesib ishlanishi kerak, jilvirlanishda mayda darzlar hosil bo`lmasligi kerak, toblash chuqurligi yetarli bo`lishi kerak va qizdirilganda yuza qismida uglerod kamaymasligi kerak, toblanganda deformatsiyalanmasligi hamda darzlar hosil bo`lmasligi kerak va h.k. Qurilish inshootlarida ishlatiladigan po`latlar esa yaxshi payvandlanish xususiyatlariga ega bo`lishi kerak.
Polatning yuzasini harorat ta’sirida turli kimyoviy elementlar bilan to‘yintirish kimyoviy- termik ishlov berish deyiladi. Bu jarayonda yuzadagi miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib keladi. Yuza qatlamining kimyoviy tarkibi o‘zgarishi poiatning qattiqligi ortishiga, ishqalanib yeyilishga va zang ta’sirida yemirilishga qarshiligi oshishiga hamda toliqishga chidamliligi ko‘payishiga olib keladi. Kimyoviy-termik ishlash poiatning tarkibi, strukturasi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida uning sirtqi qatlamiga kimyoviy va termik ta’sir etish protsessidir. Kimyoviy-termik ishlash natijasida po‘Iat sirtining qattiqligi, yeyilishga chidamliligi, korroziyabardoshligi, kislotabardoshligi kabi xossalari ortadi. Po‘lat detallarining uzoq muddat ishlashini oshirish uchun mustahkamlash eng samarali usullardan boiganligi sababli kimyoviy-termik ishlash mashinasozlikda keng tarqalgan. O‘lchamlari va shakli turlicha boigan detallarga kimyoviy-termik ishlov berib, bir xil qalinlikda ishlov berilgan qatlam olish mumkin. Kimyoviy-termik ishlashda sirtqi qatlamning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi tufayli detal sirti bilan o‘zagining xossalarida farq bo`ladi. Ish unumining pastligi kimyoviy-termik ishlashning asosiy kamchiligidir. Detallaming uzoq vaqt ishlashini ta’minlash uchun sanoatda keng qollaniladigan va eng samarali usullardan biri ularga kimyoviy-termik ishlov berish, ya’ni metall sirtida bir vaqtning o‘zida ham kimyoviy ham termik ta’sir qilishdir. Kimyoviy-termik ishlov berish orqali quyidagilarga erishiladi: a) metall va qotishmalaming sirtlari puxtalanish bilan sirt qattiqligi, yeyilishga chidamlilik, toliqishga mustahkamlik, issiqbardoshlik va boshqa shu kabi xossalaming oshishi; b) metall va qotishmalaming normal va yuqori haroratlarda tashqi tajavvuzkor muhitlar ta’siriga qarshi turg‘unligining oshishi. Bunda ishlov berilgan detallaming korroziyaga bardoshliligi, gravitatsion korroziya, kislotaga turg‘unligi, kuyishga chidamliligi va shu kabi xossalari oshadi. Metall va qotishmalarga kimyoviy-termik ishlov berish ulami yuqori haroratlarga qizdirib faollashgan gazli, suyuq yoki qattiq muhitlarda ushlab turish va buning natijasida metall va qotishmalaming sirt qatlamlari kimyoviy tarkibini, strukturasi va xossalarini yaxshilashdir.
Termik ishlov berishdan kimyoviy-termik ishlov berishning farqi shundaki, bu ishlov berish turida metall va qotishmalaming faqat strukturaviy o‘zgarishlari ro‘y bermasdan, balki sirt qatlamlaming kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi. Ba’zi bir kimyoviy-termik ishlov berish usullaridan keyin metall va qotishmalaming o‘zaklari vaqt qatlamlari xossalarini yaxshilash uchun termik ishlov berish qoilaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, kimyoviy-termik ishlov berish usullarini tanlash orqali ulaming xossalarini eng ko‘p oraliqlarda o‘zgartirish imkoniyatlari mavjud. Ba’zi hollarda termik ishlov berish va kimyoviy-termik ishlov berish usullari birgalikda olib boriladi.
Oddiy sifatli po`latni mexanik xossalarini termik ishlash yo`li bilam oshirish mumkin. (Prokatlanadigan temperaturadani toblash yoki normallash), hamda issiqlayin prokatlanayotgan paytda termik ishlash yo`li bilan ham ortirish mumkin. Masalan 8-10 mm qalinlikdagi Sm3 po`latini oquvchanlik chegarasidagi mustahkamligi suvda sovutish yo`li bilan 1,5 marta oshirish mumkin, quyida yuqori plastiklik saqlanib qoladi (o= 15-26%).Agar TMI qo`llansa mustahkamlik 2-3 marta plastiklik asa 1,5-2 marta ortadi.
Shimolda ishlayligan konstruksiyalar va mashinalar uchun po`latni mo`rt holatiga o`tadigan temperatura chegarasi juda katta ahamiyatga ega bo`ladi. Sovuqda sinish chegarasi marten usuli bilan olinadigan ko`pchilik qaynayotgan po`latlar uchun nol gradusni tashkil qiladi, tinchlantirilgan po`lat uchun esa -40°C gacha borishi mumkin. Shuning uchun shimol sharoitida qaynayotgan yoki yarim qaynayotgan po`latlarni qo`llash mumkin emas. Tinchlangan po`latlarni sovuqda sinish temperaturasi chegarasini 60°-100°C yoki normalizatsiya ham bersa bo`ladi. Demak shimolda ishlayotgan qurilish inshootlari va mashinalar detallarini toblab bo`shatilgan holda ishlatish kerak ekan va faqat tinchlantirilgan po`lat ishlatilishi kerak.
Ko`prik kranlari uchun, shimol sharoitida ishlash uchun zararli elementlar miqdorini ham chegaralab quyiladi. Sifatli kontruksion po`latlar oddiy sifatligiga qaraganda zararli qo`shimchalardan ancha tozalangan bo`ladi, fosfor va oltingugurt miqdori 0,03-0,04% dan oshmaydi, metall bo`lmagan qo`shimchadar ham kam bo`ladi. Mashinasozlik sanoatiga metallurgiya sanoati tomonidan prokat polatidagi pokovka yoki boshqa profildagi yarim fabrikat holatida chiqariladi. Bunday po`latlar 08, 10, 15, 25, .85 deb markalanib, bu sonlar esa po`latda uglerod miqdori 0,01 aniqlikda ekanligini ko`rsatadi (GOST 1050-74). Masalan, po`lat 20 da uglerod miqdori 0,20%, po`lat 40 da esa 0,40% ekanligini ko`rsatadi.
Agar sonlardan keyin po`latni achitish darajasi ko`rsatilmasa, bu po`latlar tinchlantirilgan po`latlar xisoblanadi, qayshayotgan yoki yarim qaynayotgan po`latlar bo`lsa, sonlardan keyin
«КП», «СП» qo`yiladi, masalan, 08 КП, 20 СП. Qaynayotgan po`latlar tinchlantirilgan po`latlarda kremniyning miqdori yo`qligi yoki juda kamligi (<0,07%) bilan farq qiladi, yarim tinchlantirilgan po`latlarda esa martenli miqdori <0,17% legirlanadi.
Keltirilgani GOST 1050-74 bo`yicha sifatli po`latlar metallurgiya sanoati termik ishlanmasdan chiqariladi (issiq prokatlangan normalizatsiya yoki bog`langan) Shuning uchun mexanik xossalari normallangandan keyingi holat bilan belgilanadi Lekin sanoatning talabi bo`yicha bundan po`latlarni mexanik xossalarining garantiyasi toblab so`ngra bo`shatilgandan keyin, bog`langandan keyin termik ishlangan holatda (yumshatilgan yoki yuqori bo`shatish bog`langan holatda ham aniqlangan bo`lishi mumkin).
Sifatli konstruksion po`latlar mexanikadan ko`p qirrali sohalarda ishlatiladi, chunki uglerod miqdori va termik ishlash guruhiga qarab mexanik texnologik xissalarini keng boshqarish mumkin. Kam uglerodli po`latlarni ishlatish usuliga qarab ikki guruhga bo`lish mumkin. Bunday po`latlar issislayin prokatlangan hamda normallangan holatda ham ishlatilishi mumkin. Ular yaxshi plastiklikka ega bo`lib, yaxshi shtamplanadi,hamda yaxshi payvandlanadi. Bunday po`latlardan uncha yuqori mustahkamlik talab etmaydigan detallar tayyorlashda (gayka, vtulka va h.k.) ishlatiladi.
O`rta uglerodli po`latlar 30,35,40,45,50 yuqori mustahkamlikka ega bo`lishi bilan ajralib turadi. Bunday po`latlardan tayyorlangan detallarga yaxshilash, yuza toblash hamda normallash termik ishlov berish mumkin.
|