|
Nordon marten pechlarida po‘lat ishlab chiqarish
|
bet | 9/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 380,33 Kb. | | #240261 |
Bog'liq yusupova
Bu usuldan yuqori sifatli konstruksiey va legirlangan po‘latlar olishda foydalaniladi. Kislotali marten pechining tuzilishi asosli marten pechining tuzilishiga o‘xshash bo‘lib, devori esa o‘tga chidamli dinas g‘ishtidan teriladi. Lekin bu hol eritilayotgan shixtadagi S va R ni tozalash uchun flyus sifatida oxaktoshni pechga kiritishga imkon bermaydi. SHu sababli faqat tarkibida S va R<0,02—0,03% bo‘lgan toza shixtalardan foydalanish keraq Amalda ko‘pincha po‘lat avval odatdagi shixta asosli pechda, keyin kislotali pechda ishlanib kutilgan tarkibga keltiriladi. Flyus sifatida kvarsitdan yoki kislota xarakterli marten shlakdan foydalaniladi. Pechga kiritilgan shixta materiallari suyuqlanayotgan vaqtdan boshlab, asosli marten pechlaridagi kabi uning tarkibidagi Fe, Si, Mn, R elementlar oksidlana boshlaydi. Bu oksidlar o‘zaro birikib dastlabki, yuqori kremniyli (40—60% SiO2) shlak ajralib metall sirtiga ko‘tarilib uni pech bo‘shliridagi azotga, vodorodga va kislorodga to‘yinishdan saqlaydi. Pechga kiritilgan temir ruda tarkibidagi kislorod hisobiga uglerodning oksidlanishi zarur tarkibli po‘lat olinguncha davom ettiriladi.
1.3.2.-rasm. Marten pechining umumiy ko‘rinishi. Kislotali pechlarda po‘lat olishning xarakterli xususiyati shundaki, birinchidan shixtada S va R lar mikdorining ozligi bo‘lsa, ikkinchidan FeO tarkibidagi Fe qaytaruvchi moddalar vositasida emas, balki govori temperaturada shlakdan hamda pech devoridan uglerod va temir hisobiga qaytarilgan Si vositasida qaytariladi.
Uchinchidan kislotali shlakdan olingan po‘lat asosli pechlarda olingan po‘latlarga Karaganda azotga, vodorodga, kislorodga kam to‘yingan bo‘lib, tarkibida metallmas qo‘shimchalar miqdori xam kam bo‘ladi. SHuning uchun bu po‘latlar yuqori mexanik xossalarga egadir.
|
| |