Mashinasozlik texnologiyasi




Download 380,33 Kb.
bet4/10
Sana17.05.2024
Hajmi380,33 Kb.
#240261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yusupova

Po‘latni qolipda qotish xususiyati bo‘yicha. Tinch, qaynovchi va yarim tinch po‘latlar farqlanadi. Metallni qolipda kristallizatsiyalanishi uning kisloroddan tozalanish darajasiga bog‘liq. Po‘lat kisloroddan qancha to‘liq tozalansa, quyma kristallizatsiyasi shuncha tinch bo‘ladi. Kisloroddan tozalanish darajasiga qarab po‘lat A, B, V guruhlarga ajratiladi. Marka nomeri 1, 2, 3 bo‘lsa qaynovchi, yarimchinch va tinch po‘lat tayyorlanadi. 5 va 6 nomerli markalar – yarimtinch va tinch hisoblanadi. Kisloroddan tozalash darajasini belgilash uchun po‘latning marka nomeridan so‘ng indeks qo‘shiladi: KP – qaynovchi, yarimtinch, SP – tinch, masalan: St3ps; BSt3kp2; VSt4ps2.

  • Po‘lat ishlab chiqarish usuli bo‘yicha klassifikatsiyalanadi:

    1. agregat turiga asosan – konverterli (shu jumladan kislorod-konverterli, bessemerov, tomasov), marten, elektropo‘lat, elektroshlak quyish va h.k.

    2. texnologiyaga asosan – asosiy va nordon martenli ,asosiy va nordon elektro po‘lat, vakuumda ishlov berilgan,sintetik shlaklar bilan, inert gazlar bilan puflab tozalash va boshqalar. v) holatiga binoan – qattiq holatda (shimuvchan temir – to‘g‘ridan – to‘g‘ri tiklash mahsuloti), elektrolitik (tarkibida temir bo‘lgan materiallar elektrolizi mahsuloti), kukunsimon (suyuq po‘latni mayda zarrachalarga bo‘lish jarayoni mahsuloti), xamirsimon (“Aston - Bayers” jarayoni mahsuloti), suyuq, quyma (konverter, marten jarayonlari mahsuloti).

    MDH davlatlaridan Rossiya, Ukraina, Qozoqiston, Gruziya, O‘zbekistonda po‘lat quyiladi. Umuman olganda MDH davlatlari dunyo bo‘yicha eng ko‘p po‘lat quyuvchi davlat hisoblanadi. Po‘latning asosiy miqdori Rossiyada quyiladi – bir yilda taxminan 80 mln. tonna.
    Po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyadan keyin Ukraina – yiliga 40 mln. tonna Qozoqiston – 12 mln. tonna, O‘zbekiston – yiliga 1,2 mln. tonna. Rossiyadagi eng yirik po‘lat quyuvchi korxonalar – Magnitogorsk, Kuznetssk, Nijnetagil, Novolipetssk, Novotulsk kombinatlaridir. Ukrainada – Dnepropetrosk, Dneprodzerjinsk, Donetssk, Krivoyrog kombinatlari, Qozoqistonda – Qarag‘anda metallurgiya kombinati, O‘zbekistonda – Bekobod kombinati. Boshqa O‘rta Osiyo Respublikalarida po‘lat ishlab chiqarilmaydi. Sanoati rivojlangan davlatlarda bir yilda har bir aholi boshiga 400-600 kg dan ko‘proq po‘lat to‘g‘ri keladi. MDHda har bir aholiga bir yilda 600 kg dan to‘g‘ri keladi. 1999 yilda O‘zbekistonda 400 min tonna po‘lat quyib olingan. Bu Respublikamiznang har bir aholisiga 20 kg dan to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda mahsulotni hajmini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash masalasi ko‘rilmoqda. Legirlangan po‘lat ishlab chiqarish takomillashtirilmoqda.
    Shixtaning metall qismini asosan qayta ishlangan cho‘yan , temir-po‘lat temir-tersagi va temir qotishmalari tashkil qiladi.
    Marten, kislorod-konverter, ikki vannali po‘lat quyish agregatlarida po‘lat eritishda kimyoviy tarkibi GOST 805-80 talabiga javob beradigan cho‘yan ishlatiladi. Quyidagi jadvalda GOST 805-80 bo‘yicha kimyoviy tarkib keltirilgan.

    Cho‘yan markasi

    Si

    Mn %

    Cho‘yan guruhi

    I

    II

    III

    IV

    111

    0,5-0,9

    0,5 gacha

    0,51-1,0

    1,01-1,5

    -

    112

    0,5 gacha

    0,5 gacha

    0,51-1,0

    1,01-1,5

    -



    Cho‘yan markasi

    R, % dan past

    S, % dan past

    Cho‘yan sinfi

    Cho‘yan toifasi

    A

    B

    V

    I

    II

    III

    IV

    V

    111

    0,1

    0,2

    0,3

    0,01

    0,02

    0,03

    0,04

    0,05

    112

    0,1

    0,2

    0,3

    0,01

    0,02

    0,03

    0,04

    0,05

    Cho‘yan markirovkasida uning kimyoviy tarkibi shifrlangan. Masalan, “Cho‘yan 112 I guruh, B sinfi, II toifasi” metallda  0,5% Si;  0,5% Mn; 0,2% P, 0,2 % S borligini bildiradi. Guruhdagi uglerodning tarkibi Si, Mn, R va boshqa aralashmalarning konsentratsiyasiga bog‘liq va u GOST bilan belgilanmaydi. Odatda qayta quyilgan po‘latda 4,0 – 4,3% gacha uglerod bo‘ladi.
    Ishlab bo‘lingan cho‘yan dagi kremniy marten jarayoni uchun zararli element hisoblanadi. Chunki u oksidlanganda kislotali oksid SiO2 hosil qiladi. SiO2ni asosiy jarayonda ohaktoshni ko‘p miqdorda sarflanishi neytrallashni talab qiladi. Bunda eritish agregatidagi shlakning miqdori oshadi. Har 100 tonna cho‘yan ga 0,1% oksidlangan kremniy va shlaklanishda asosiy marten pechida 1,3
    tonna shlak hosil bo‘ladi. Tarkibida <0,5% kremniy bo‘lgan cho‘yan kimyoviy sovuq, >0,8% kremniy kimyoviy issiq hisoblanadi. Ishlab bo‘lingan cho‘yan da marganets (0,15-0,4%) po‘latni marten pechida ishlab chiqarishni cheklab qo‘yadi.
    Bundan tashqari tarkibida marganets bo‘lgan ma’danlarni asosan marganets kam bo‘lgan cho‘yan (0,2-0,4% marganets) eritishda ishlatiladi.
    Cho‘yan tarkibidagi fosfor 0,1 dan 0,3% gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu ko‘rsatilgan oraliqdagi fosforni po‘lat quyishda osonlik bilan chiqarib tashlash mumkin. Cho‘yan tarkibidagi fosforning ko‘payishi qo‘shimcha ohaktosh ishlatishni talab qiladi va buning natijasida agregatlarning ishlab chiqarish unumdorligi kamayadi. Natijada jarayon iqtisodiy jihatdan zarar ko‘radi. Fosforli Cho‘yan tarkibida 1,0-2,2% gacha (marten, konverterda ishlangan) fosfor bo‘lishi mumkin.

    Cho‘yan dagi oltingugurt ishlab chiqarish korxonalari standartlariga (ICHKS) mos kelishi kerak. Oltingugurtning ko‘pligi eritish vaqtining uzayishiga olib keladi. Tarkibida kam miqdorda olitngugurt bo‘lgan cho‘yan dan po‘lat quyish iqtisodiy jihatdan qoplanmaydi.
    Ba’zi zavodlarning cho‘yan lari tarkibidagi Cu, Ni, As lar po‘lat quyish jarayonida metalldan ajralib chiqmaydi. Bunday cho‘yan lar tabiiy minerallashgan
    cho‘yan deyiladi. Bunday cho‘yan larni po‘lat quyish agregatlarida qayta ishlashda tayyor metallda ushbu elementlarning saqlanib qolish maqsadga muvofiqdir.
    S va P ni, ba’zida chiqarib tashlash uchun cho‘yan ni domnadan tashqari tayyorlash kerak bo‘ladi.
    Si ni yo‘qotish uchun qattiq yoki gazsimon oksidlovchilarni qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda Kovshga domna pechidan cho‘yan ni chiqarish vaqtida cho‘yan massasining 3-4 % miqdorida yanchilgan ruda yoki okalina qo‘shiladi. Bunda kremniyning tarkibi 50-60 % gacha, Cho‘yan ning harorati esa 30-60 oS gacha kamayadi. Ikkinchi holatda esa mikser yordamida kislorod purkaladi. 50-60 % Si va 25-50 % gacha Mn yo‘qotiladi. Cho‘yan ning harorati 80- 100 oC gacha ko‘tariladi.
    Cho‘yanni desulfurati sifatida S ga o‘ta yaqin bo‘lgan moddalar qo‘llaniladi. Keng tarqalgan desulfurat – bu natriy karbonat (soda)dir. Soda bilan desulfuratlash jarayoni Cho‘yan dagi uglerod ishtirokida sodir bo‘ladi. Termodinamik jihatdan Na2O bilan chuqurroq desulfuratsiya bo‘lishi mumkin. Ammo natriy oksidi mustahkam bo‘lmaganligi uchun 1300 oC da S ni yo‘qotish 40-60 % dan oshmaydi.
    Cho‘yan desulfuratsiyasi uchun kukunsimon ohak kalsiy karbid CaC2 va magniy metali qo‘llaniladi. Ohak Yuqori sifatli bo‘lishi kerak. Kuydirilganda yo‘qotilish 7 % dan oshmasligi kerak. 0,15 mm gacha maydalangan tarkibida 90- 95 % fraksiyasi bo‘lgan kukunsimon ohak metalga siqilgan havoning sarfi 1 kg ohakga 0,005 m3 ni tashkil qiladi. Desulfuratsiya darajasi bu holatda 40-45 % ni, azot purkalganda esa 65 % ni tashkil qiladi.
    Havo kislorodi oksidlovchi muhit hosil qilgan holda desulfuratsiya effektini kamaytiradi. Kalsiy karbid juda ham yaxshi desulfuratordir. Desulfuratsiya quyidagi reaksiya orqali oqib o‘tadi.
    CaC2+[S]=(CaS)+2C
    Kalsiy karbid reaksiya zonasiga uglerodni kiritadi. Bu desulbfuratsiya jarayonini chuqurlashishiga va tiklanish atmosferasi (muhit)ni yaratishga imkon
    beradi. Kalsiy karbidni purkash uchun faqatgina neytral oksidsiz gazlar ishlatiladi, masalan azot. Ishlab chiqarishda chushka, granula yoki inert material (koks, dolamit), shlaklidagi magniy bilan desulbfuratsiya usuli qo‘llaniladi. Ushbu holatda temirda erimaydigan mustahkam magniy sulfid MgS hosil bo‘ladi.

    Download 380,33 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 380,33 Kb.