• Po‘latlarni skrap-rudali usulda ishlab chiqarish
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 380,33 Kb.
    bet8/10
    Sana17.05.2024
    Hajmi380,33 Kb.
    #240261
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    yusupova

    Pechni ishga tushirish. Pech bo‘shliriga shixta materiallari ma’lum tartibda yuklangandan keyin uning kanallaridagi gorelkalarga bosim ostida qizdirilgan yonuvchi gaz va havo yuborilib kamerada yondiriladi. YONISH mahsulotlari o‘z yulida shixta materiallarini qizdira borib, qarama-qarshi tomondagi kallaklar kanallari orqali sovuq regeneratorlarning katak-katak kanallaridan o‘tib pech devorlarini qizdirib mo‘riga yoki bur qozonlariga chiqariladi.
    Chap tomondagi 1250—1280°S_qizigan regeneratorlarga sovuq gaz va havo haydaladi-da, ular qizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan o‘ta borib, 800—900°S temperaturagacha qiziydi, keyin u erdan o‘z kallaklari orqali pech kamerasiga o‘tib yonadi. YOnayotgan gaz va havo oqimi shixtani qizdira borib, qarama-qarshi tomondagi kallaklar orqali sovigan juft regeneratorlarga o‘tib ularni ham qizdiradi. Gaz va qavo oqimining harakat yo‘nalishi klapanlar 13 orqali har 20—25 minutda avtomatik ravishda boshkariladi. Agar marten pechlari suyuq yokilg‘i (mazut)da ishlasa, fakqat havoni qizdirish regeneratorigina o‘rnatilgan bo‘ladi.
    Asosli marten pechlarida shixta tarkibiga ko‘ra po‘latlarni skrap-rudali va skrap usullarda olinadi:

    Po‘latlarni skrap-rudali usulda ishlab chiqarish

    Bu usuldan domna pechlari bo‘lgan po‘lat ishlab chiqaruvchi metallurgiya zavodlarida foydalaniladi, chunki bunda shixtaning 60—75% temir-tersak (skrap) chiqindilardan, qolgani suyuq chuyandan iborat bo‘ladi. Flyus sifatida esa ohaktoshdan foydalaniladi.


    Bu usulda ishlovchi pechni ishga tushirishdan avval uning ish kismining ishga yarokliligi kuzatiladi. Basharti avvalgi ishlovlarda yorilgan, emirilgan joylari bo‘lsa, ular maxsus mashina yordamida magnezit yoki dolomit kukunlari bilan qoplanadi. Keyin pechning shlak va po‘lat chiqaradigan teshigi o‘tga chidamli tiqin bilan berkitiladi. Jarayon quyidagicha kechadi: pechga shixta materiallar yuklanadi. Bunda yuklash mashinasi yordamida ma’lum mikdorda temir ruda, ohaktosh, keyin metall chiqindi, mulda deb ataluvchi metall yashikda pechning old devoridagi yuklash darchasi orqali solinadi.
    Ular obdan qizigach pechga qayta ishlanuvchi chuyan quyiladi. Suyuq chuyan tarkibidagi Si, R, Mn va qisman S lar temir ruda kislorodi bilan oksidlana boradi hamda bu oksidlar ohak bilan o‘razo birikib shlak ajrala boshlaydi. Metalldagi F ni shlakka o‘tkazish uchun shlak pechdan chiqarilgach pechga ma’lum mikdorda boksit ko‘shilgan ohaktosh kiritiladi. Bu sharoitda yuqorida kurilgan reaksiya bo‘yicha metalldagi P shlakka o‘tadi. Jarayon oxirida vaqt-vaqti bilan namunalar olib, uning tarkibi va xossalari ekspress laboratoriyada kuzatib boriladi. Kutilgan tarkibga kelgach, pechga qaytaruvchilar kiritilib, sungra nov teshigi ochilib u kovshga chiqariladi. Bu variantda faqat sifati pastroq uglerodli po‘latlar olinadi. Lekin temirning temir rudadan qaytarilishi hisobiga po‘lat mikdori bir oz ortadi.
    2. Po‘latlarni skrap usulda ishlab chiqarish. Bu usuldan domnalari bo‘lmagan kichik metallurgiya va mashinasozlik zavodlarida foydalaniladi. Bunda shixtani 55—75% temir-tersak chiqindilar, qolgani qayta ishlanadigan qattiq (chushka) chuyandan iborat bo‘ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga ozroq temir ruda, flyus sifatida ma’lum mikdorda ohaktosh kiritiladi.
    Jarayon yuqorida kurilgan skrap-rudali usuliga uxshash kechadi. Pechni ishga tushirishdan avval unga temir-tersak chiqindi(skrap) larning yarmi, keyin esa metall massasining 3—5% hi-sobida ox,aktosh, dolgan temir-tersak chiqindilar va qattiq chuyansolinadi.
    SHixta to‘la suyuqlaigach pech gazlaridagi kislorod hamda metalldagi erigan FeO ning kisloroda hisobiga Si, R, Mn lar oksidlanadi. SiO2, MnO, SaO oksidlar birikib, natijada shlak hosil bo‘ladi. Vanna temperaturasi zarur temperaturaga kutarilgach S jadal oksidlanib metall gazlardan va nometall ko‘shimchalardan tozalana boradi. Yuqoridagidek metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida kaytariladi. Kutilgan tarkibli po‘lat pechdan kovshlarga novlari orkali chiqariladi.

    Download 380,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 380,33 Kb.