• 4-Mavzu:Ishlab chiqarish jarayonida payvandlash robotlarining o’rni. Reja: 1. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdagi muammolar.
  • Tekshirish uchun savollar




    Download 6,85 Mb.
    bet7/73
    Sana12.12.2023
    Hajmi6,85 Mb.
    #117441
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
    Bog'liq
    PR 111 UMK
    ЯН
    Tekshirish uchun savollar

          1. Robot deb nimaga aytiladi?

          2. SR turlari.

          3. SR ishchi bo’shlig’i.

          4. Robot yuritmalarining turlari.

          5. Gidravlik va pnevmatik yuritmali SR qo’llanilishi.

    Tayanch iboralar.
    Sensor - sezgir organ, sensor
    Manipulyator -SR ning qo’li
    Ishchi organ - SR qamragichi yoki kallagi.

    4-Mavzu:Ishlab chiqarish jarayonida payvandlash robotlarining o’rni.


    Reja:
    1. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdagi muammolar.
    2. Moslashuvchan ishlab chiqarish tizim tushunchasi.
    3. Payvandlab moslashuvchan ishlab chiqarish (MICHT) darajalari
    Mashinasozlik ishlab chiqarishida uzoq vaqtgacha ikki xil ishlab chiqarish mavjud edi.
    Birinchisi - yuqori avtomatlashtirilgan ko’plab ishlab chiqarish. Bunda ixtisoslashtirilgan yuqori unumli texnologik jihozlardan foydalaniladi. Bu texnologik jihozlar ayrim maxsulot ishlab chiqarishga moslanganligi uchun ular moslashuvchanlik, ya’ni boshqa maxsulot ishlab chiqarishga sozlanish xususiyatlariga ega emasdirlar. Ular ko’plab ishlab chiqarish sharoitiga mos edilar.
    Ikkinchisi - yakka tartibdagi va mayda seriyalab ishlab chiqarishlar bo’lib ular kul bilan boshqariladigan universal stanoklardan tashkil topgan edilar. Bo’lar yuqori moslashuvchanlikka ega bo’lib turib kam mexanizatsiyalashtirilgan edi.
    Avtomatlashtirishning eng yuqori boskichi tulik avtomatlashtirish xisoblanadi. Uning dastlabki qadamlarida universal stanoklari asosida yaratilgan sonli dastur bilan boshqariladigan texnologik jihozlar yaratiladi. Bunday stanoklarni moslvashuvchan texnologik jihozlar xam deyiladi.
    Yuqoridagi ikkita ishlab chiqarishlar o’rniga uchinchi payvandlab moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar (MICHT) keldi. Ularda texnologik jihozlarni boshqarishda EXM lardan keng foydalaniladi. Bunda ishlov berish jarayonigina avtomatlashtirilib kolmay, balki yangi detallarga ishlov berish dasturini tayyorlash, stanokni qayta sozlash, loyixalash kabi ishlar xam avtomatlashtiriladi. Bu esa MICHT birinchi qadamlarga kiradi. MICHT ning ikkinchi qadami sifatida asbob va moslamalarni qidirib topish va ularni stanokda almashtirish, zagotovkani stanokka uzatish va tushirish hamda ularni tashish, tushirish kabi operatsiyalarni bajarish kiradi. Bu maqsadda avtomatlashtirishning turli vositalaridan: turli transport vositalari, sanoat robotlari, ishlov berish markazlari hamda xisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
    Endilikda avtomatlashtirish ko’plab ishlab chiqarishni ham o’z ichiga oldi. Bundagi texnologik jihozlar EXMlar yordamida boshqarilib turli maxsulotlar tayyorlashga osonlik bilan qayta sozlanadilar, shuningdek yordamchi jarayonlarni ham avtomatlashtirishga imkon yaratildi.
    Avtomatlashtirishning bu boskichida maxsulotning sifati kul bilan ishlov berilganiga nisbatan yaxshilanadi, texnologik jihozni ishlash unumdorligi oshadi va inson mexnati kiskaradi.
    MDT protsessor, xotira, kiritish va chiqarish qurilmalaridan iborat. Tizimning ayrim kisimlari shinalar vositasida biriktiriladi. Ular orqali boshqarish komandalari va elektr signallari uzatiladi. Ushbu tizimning xamma qurilmalari elektron elementlar, integral mikrosxemalar tayyorlanadi.
    Xotirada ishlash dasturi saklanadi. Dastur buyruq(komanda) lardan iborat. MDT bajaradigan amal 0 va 1 rakamlardan tuzilgan elektr signallar bilan kodlanadi.
    Protsessor- tizimning asosiy kismi bo’lib, u EXM tarkibiy kisimlarini ishini boshqaradi va ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Protsessor boshqarish qurilmasi va arifmetik mantiqiy qurilmasidan tashkil topgan.
    Boshqarish qurilmasi (BK) xotiradagi dastur asosida MDT tarkibiy kisimlarini ishlashini boshqaradi hamda axboratni qayta ishlaydi.
    Arifmetik- mantiqiy qurilma (AMK)to’g’ridan to’g’ri BK ta’sirida ishlab, arifmetik va mantiqiy amallarini bajaradi.
    Kiritish qurilmasi dasturlar va kiritilayotgan ma’lumotlarni, signallarni kiritish uchun xizmat qiladi. Ular jumlasiga perfolentalardan yoki magnit lentalardan, magnit disklardan axboratlarni ukuvchi qurilmalar; stanok ijrachi organlaridan kelayotgan signallarni kiritish qurilmasi; displey va qurilmalarining xarf - rakamli klaviaturalari kiradi. Kiritish qurilmasi tashki tizimlardan kelayotgan kodlangan analogli signallarni ikki kodli ichki kod kurinishiga aylantiradi.
    Chiqarish qurilmalari komandalarni va xisoblash natijalarini ichki tizim ikkili kodlardan tashki kodlash tizimlarining analogli signallariga yoki unli tizim kodlariga o’zgartirish va axboratni berish uchun xizmat qiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
    Rakamli- analogli o’zgartirgichlar, elektron kalitlar, tasvirlovchi xarf- rakamli va grafik qurilmalari, disileylar va yozuv qurilmalaridir.
    Jihozlarni EXM bilan boshqarish tizimlarida katta integral sxemalar (KIS)dan foydalaniladi. KIS lar yuzlab mantiqiy vazifalarni bajaradi va AMK va BK lar bilan ta’minlangan ko’plab protsessorlarni o’z ichiga oladi. Bunday ko’p funksiyali integral sxemalar mikroprotsessorlar deb ataladi. Mikroprotsessorlar texnologik jihozlarning o’ziga o’rnatiladi.
    MICHTda texnologik jihozlar bilan birga ularning avtomatik tartibda (rejimda) ishlashini ta’minlovchi turli vositalar mavjuddir. Bu tizimda EXMdan keng foydalaniladi. MICHT yordamida mayda seriali va donalab ishlab chiqarishlar avtomatlashtiriladi va ularda ish unumdorligi oshadi. MICHTning beshta darajasi mavjud:

                    1. Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (МICHM) - dastur yordamida boshqaruvchi avtomatlashtirilgan qurilma va texnologik jarayonni avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlangan, birgina texnologik jihozdan tuzilgan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimidir.

                    2. Moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniya (MAL) - avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi vositasida birlashtirilgan bir necha moslashuvchan ishlab chiqarish mudullardan tashkil topgan ishlab chiqarish tizimi. Bunda МICHM lar texnologik operatsiyalar ketma - ketlikda joylashtiriladi.

                    3. Moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastka (MAU) - avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi vositasida birlashtirilgan bir necha МICHMdan tuzilgan ishlab chiqarish tizimi. Ushbu tizim texnologik marshrut bo’yicha ishlab ularda texnologiyaning ketma - ketligini o’zgartirish kuzda tutiladi.

                    4. Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex (MAS) belgilangan nomenklaturadagi buyumlarni tayyorlash uchun mo’ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar va moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar majmui.

                    5. Moslashuvchan avtomatlashtirilgan zavod (MAZ) asosiy ishlab chiqarish rejasiga muvofiq tayyor buyumlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan sexlar majmui. MAZda aloxida ishlovchi avtomatlashtirilgan uchastka va sexlar xam bo’lishi mumkin.

    MICHT umumiy struktura sxemasi 14.1 rasmda keltirilgan Sonli dastur yordamida boshqariladigan oltita stanokdan tashkil topgan MICHT ning bir kismi 14.2 rasmda tasvirlangan. Unga ma’lum marshrut bo’yicha yuradigan induksion tizimli uchta transport roboti xizmat qiladi. SHtabeler 4 avtomat ombor 5 dan zagotovkani olib, kabul stoli 3 ga uzatadi. Stolda zagotovka universal palet (moslama) larga maxkamlanadi. Transporter 2 zagotovkalar o’rnatilgan paletlarni polda joylashgan uchta transport roboti 8 dan biriga kuyadi. Bu robot zagotovka markazlariga ishlov beruvchi stanok 1 ning stoli 9 ga uzatadi. Ishlov berilgandan sung zagotovka qaytadan 8 transport robotiga uzatiladi. Transport robotlari 8 zagotovkani keyiingi operatsiyani bajarish uchun sonli dastur bilan boshqariladigan ko’p Maqsadli stanoklarning burilma yuklash stollari 7 ga uzatadi. Tayyor buyumni transport roboti nazorat qilish uchastkasi 6 ga uzatadi.
    Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex (MAS)tuzilishi 14.3 rasmda keltirilgan. MAS turtta moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar (MAS)dan tashkil topgan. Ularda detallarga mexanik va slesarlik ishlovlari beriladi. MAS kabul kiluvchi - uzatuvchi qurilma 1, avtomatik kabul kiluvchi- uzatuvchi stol 2, IR -50 ishlov berish yacheykasi 3, kran - shtabeler 4, avtomat- aravacha 5, stellajlararo uzatuvchi qurilma 6, slesarlik dastgoxd 7, kabul kiluvchi uzatuvchi qurilma 8, dispetcher pulti 9, smena boshligining ish urni 10, asboblar tayyorlab kuyiladigan bulim 11, yuvish bulimi 12, texnik - tekshiruv bulimi 13, texnik ta’minot bulimi 14, avtomatlashtirilgan uchastka 15, MAU - 16 xdmda stellaj 17 dan tashkil topgan.
    Texnik ta’minot bulimida moslamalar va asboblar tayyorlanadi, texnik tekshiruv bulimida maxsulotni nazorat kilinadi, detallar yubiladi va germetikligi sinab kuriladi. Tashish operatsiyalarini uchastkalarning tepa kisimida joylashtirilgan uzatuvchi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

    Download 6,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




    Download 6,85 Mb.