- Rasm. Katta tok kuchi iste’mol qiladigan va qisqa vaqt ishlayligan elektr




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana24.03.2022
Hajmi5.43 Mb.
#18869
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
uz seamyung korxonasida ishlab chiqarish jarayonining ozgaruvchanlik xususiyatini taxlil qilish benzobak misolida (3)

 
3- Rasm. Katta tok kuchi iste’mol qiladigan va qisqa vaqt ishlayligan elektr 
jixozlari sxemasi. 
E16-sigaret yoqqich lampasi; E17-kuldon lampasi; E18-yukxonani yoritish 
lampasi; E18-1- yukxonani yoritish lampasi(5 eshikli atomobillarda); E19-salonni 
yoritish lampasi; E49-buyum qutisini yoritish lampasi; H2-soat; R3-sigaret 
yoqqich; S10-buyum qutisi yoritgichini o’chirgichi; S11- yukxonani yorititgichini 
o’chirgichi(5 eshikli atomobillarda); S12-eshikdagi yoritgich o’chirgichi (orqa 
ong eshik); S13- eshikdagi yoritgich o’chirgichi (orqa chap eshik); S14-eshikdagi 
yoritgich o’chirgichi (oldi ong eshik); S15-eshikdagi yoritgich o’chirgichi (oldi 
chap eshik). 


29 
Qolgan iste’molchilar ampermetr-generator liniyasiga ulanadi. Bu guruhga 
ishlash tavsifiga qarab asboblar o’t oldirish uzgichi orqali ulanishi kerak, qachonki 
ular faqat dvigatel yurayotgan paytda ishlasa. Agar asboblar uncha katta bo’lmagan 
tok iste’mol qilib, dvigatel yurayotgan hamda o’chirilgan paytda uzoq muddat 
ishlasa, ampermetr-generator liniyasiga (o’t oldirish uzgichining ampermetr 
qisqichi) ulanadi; yorug’likni markaziy almashlab ulagichi orqali esa barcha 
yoritish apparaturalari ulanadi.
Barcha zanjirlar saqlagich orqali ximoyalanadi. Akkumulyatorlar 
batareyasining zaryadlanish zanjirini ximoya qilish shart emas. Chap va o’ng 
tomondagi yoritish hamda daraklash asboblarining alohida saqlagichlar bilan 
ximoya qilish tavsiya etiladi. Yurgizish va o’t oldirish zanjirlari ularni
ishonchlililigini pasayib ketmasligi uchun qisqa tutashuvlardan ximoya qilinmaydi. 
Avtomobillarda elektr jixozlari asboblarini bir simli ulash tizmi qo’llaniladi. 
Bunday ulashda ikkinchi sim vazifasini avtomobil kuzovi va metal qismlar 
bajaradi (avtomobil «massa» si). Bir simli tizim simlar miqdorini kamaytiradi va 
simlarni barcha tizimini arzonlashtiradi hamda soddalashtiradi. Ammo simning 
izolyatsiyasi bo’zilganda avtomobil «massa» siga tegib qisqa tutashuvi sodir 
bo’ladi, bordi-yu saqlagichlar nosoz bo’lsa yong’in keltirib chiqarishi ham 
mumkin. Simlarni yig’ishda qulay bo’lishi va shikastlanishidan ximoya qilish 
uchun ularni dasta qilib birlashtiriladi hamda o’rab qo’yiladi. Dastadagi simlarni 
uchlari vint ostiga qo’yiladigan qisqichga yoki shtekerga ega bo’ladi.
Avtomobillarning yangi modellarida alohida simlar yagona plastmassa 
qobiqli lentaga yig’ilgan bo’lib, bu ularni yaxshi sovitilishini va avtomobil 
kuzoviga qulay joylashtirilishini ta’minlaydi.
Dizel dvigatelli avtomobillardagi elektr jixozlar chizmasining o’ziga xos 
tomoni, tarmoqlardagi nominal kuchlanishni 24 V gacha oshirilganligidir. Dizel 
dvigatelini yurgazish uchun startyor quvvati 7-8 kVt ni tashqil qiladi, 
yurgazishdagi tok kuchi esa 500-800 A ga yetishi mumkin. Agar ushbu holatda 
tarmoqda 12 V qo’llanilsa, u holda tok kuchi ikki marotaba ko’payadi. Bu esa 
akkumulyatorlar batareyasining sig’imini oshiradi. 24 V kuchlanishni ishlatilishi 


30 
ham o’zining quyidagi kamchiliklariga ega: elektr jixozlari asboblarining 
unifikatsiyasi (bir xilligi) buziladi, elektr ulanmalarining (ayniqsa, shtekerli) 
korroziyasi ortadi.
Avtomobil chizmasidagi elektr jixozlari asboblarini almashtirishda 
(lampalar, nazorat asboblari, elektr dvigatellar va x.k) asbobning nominal 
kuchlanishiga e’tibor berishi zarur, chunki 12 V kuchlanishga mo’ljallangan asbob 
24 V kuchlanishli chizmaga ulansa, asbob darhol ishdan chiqadi. Bir xil 
quvvatdagi 24 V ga mo’ljallangan avtomobil lampalari ingichkaroq bo’lgan 
chug’lanish tolasiga ega, shuning uchun titrashlarni yomon qabul qiladi.
Elektr jixozlar asboblarini unifikatsiyalash maqsadida ayrim dizel dvigatelli 
avtomobillarda 12/24 V bo’lgan kuchlanish tizimi qo’llaniladi (ZIL-133). Bu 
vaziyatda barcha iste’molchilar 12 V, generator 14 V, startyor esa 24 V nominal 
kuchlanishlarga ega. Dvigatelni yurgazish paytida 12 V li ikkita akkumulyatorlar 
batareyasi startyor tarmog’iga maxsus almashlab ulagich vositasida ketma-ket qilib 
ulanadi. Dvigatel mustaqil ishlay boshlaganda akkumulyatorlar batareyalari elektr 
jixozlar chizmasiga parallel qilib ulanadi. Bu chizmaning kamchiligi 
akkumulyatorlar batareyalariga qo’yilgan almashlab ulagichning ishonchsizligi va 
akkumulyatorlar batareyalari zaryadlanish rejimining turlicha bo’lishidir. Chunki 
batareyaning almashlab ulagichi borligi uchun har bir batareyaga ulangan simning 
uzunligi (zaryad zanjirining qarshiligi) bir xil emas. Bu chizmaning afzalligi 
dvigatelni ishonchli yurgizish (12 V o’rniga 24 V) lampalarni uzoq muddat 
ishlashi va 12 V li asboblarni boshqa avtomobillar bilan unifikatsiya 
qilinganligidir.
ASBOBLARNI CHIZMADA HARF-RAQAMLI BELGILANISHI 

Download 5.43 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Rasm. Katta tok kuchi iste’mol qiladigan va qisqa vaqt ishlayligan elektr

Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish