26
Tashqi ilovalarni o`qish, yangilash hamda o`chirish natijasida
baholarga ega bo`linadi;
Mazkur tizim bilan tashqi ilova o`rtasida o`zaro aloqa o`rnatilib,
ularning birbiriga ishonchli deb topilgandagina bog`lanish paydo bo`ladi.
Forum_)_–_elementi_uzoq_vaqt_davomida_foydalanuvchilar_o`rtasida_muloqotni_tashkil_etadi._Forum'>Форум (Forum
) – elementi uzoq vaqt davomida foydalanuvchilar o`rtasida
muloqotni tashkil etadi.
Forum
modulini chat modulidan farqi bo`lib, chat aniq bir
vaqt mobaynida qisqa xabarlar orqali muloqot tashkil etish uchun xizmat qiladi.
Forum
esa chatga qaraganda kengroq tushuncha bo`lib, aniq bir masala bo`yicha
uzoq vaqt davomida foydalanuvchilar o`rtasida muzokara olib boorish imkonini
yaratadi. Muzokara mobaynida foydalanuvchilar matnli va grafikli ma’lumotlardan
foydalanishlari mumkin.
Forum
yangiliklariga a’zo bo`lgan foydalanuvchilar forum
yangiliklari
haqida
doimiy
xabardor
bo`lib
turadi.
Forum
xabarlari
professoro`qituvchilari hamda talabalar tomonidan ham baholanishi mumkin.
Natijaviy baholar jurnaliga yozilishida ikkala guruh a’zolari bergan baholari
birlashtiriladi.
Forum
elementidan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:
Talabalar bir-birlari bilan yaqindan tanishish uchun ochiq muloqot
interfeysi sifatida;
Kurs e’lonlaridan (yangiliklar
forum
iga a’zo bo`lganlar uchun)
xabardor bo`lish uchun;
Kurs mundarijasi yoki kurs ma’lumotlarini muhokama qilish uchun;
Shaxsiy uchrashuvlarda tashkil etilgan muloqotni davom ettirish uchun;
Professor-o`qituvchilar hamkorlik muxitini tashkil etish uchun
(yashirin forum shaklida);
Maslahat markazi uchun (professor-o`qituvchilar va talabalar uchun);
“Jumboq”, “Aqliy hujum” kabi mavzular doirasida muhokama-
munozara olib borish maqsadida.