• TO‘Y VA TO‘Y OLDI MAROSIMLAR Olimjonova Dilnoza talaba Andijon davlat universiteti Annotatsiya
  • Kalit so‘z.
  • Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet210/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   219
     
    Литературы 
    1. Полат Е. С. Обучение в сотрудничестве // Иностранные языки в школе. 
    – 2000. - № 1 
    2. Полат Е. С. Метод проектов на уроках иностранного языка. – 2000. - 
    № 2. – С. 7 3. 3. Усейнова Н. В. Приемы вовлечения учащихся в интерактивную 
    деятельность на уроках английского языка. - 2005. № 6. – С. 49-54 
    4. Егорова Л. М. Нетрадиционные формы урока – один из способов 
    повышения интереса к предмету // ИЯШ 1991 № 3. - С 46 – 48 
    5. Gafarova, Z. Z. ; Bozorova, M. A. ; Jumayeva, Sh. Sh. ; Idiyeva, L. I. ; 
    Radjabova, L. U. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 2020, Vol. 24 
    Issue 1, p403-407. 5p.
    6. https://www. psychosocial. com/article/PR200143/9299/ 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    372 
    TO‘Y VA TO‘Y OLDI MAROSIMLAR 
    Olimjonova Dilnoza 
    talaba 
    Andijon davlat universiteti 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada to‘ydan oldin bajariladigan turli xil urf-
    odatlarimizdan: “Sovchilik” ana’nalari va “Fotiha to‘yi”da bajariladigan ko‘plab 
    bir-biriga o‘xshamagan odatlar yoritilgan. 
    Kalit so‘z. “Fotiha to‘yi”, “non sindirdi”, “sovchilik”, urf-odat, to‘y, “to‘qqiz 
    to‘y”. 
    Annotation: The many different traditions that are performed before the 
    wedding: the “Gift-giving” traditions and the many diverse traditions that are 
    performed at the “Fatiha wedding” have been highlighted in this article. 
    Key words: “Fatiha wedding”, ”dividing the bread” “gift-giving”, tradition, 
    wedding, “nine wedding”. 
    Har bir xalq o‘zining tarixan shakllanib kelgan an’ana va urf-odatlariga ega. 
    Shu jumladan, o‘zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan, o‘ziga xos 
    tarixiga ega. Shunday an’analar ichida o‘zbek xalqining to‘ylari qadim o‘tmishdan 
    to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi. 
    Bizga ma’lumki, o‘zbek madaniyatida ko‘plab qiziqarli urf-odat va 
    marosimlar mavjuddir. 
    Bizning xalqimiz to‘yga tayyorgarlik ko‘rib yashashi qadimdan mavjuddir. 
    O‘g‘il tug‘ilsa, sunnat to‘yga tayyorgarlik ko‘riladi. Qiz tug‘ilsa, sep yig‘ilib 
    oshlanadi. Shu sababli to‘y xalqimizning qadimiy marosimi, qarindosh-urug‘ va 
    do‘st-u yorlar diydoriga to‘yish, ular bilan uchrashish, yaxshi kuy, qo‘shiqni eshitish, 
    ko‘pkari-yu kurashni tomosha qilish vositasi sifatida qadrlanadi. Xalqimiz doimo 
    odamlarni duo qilganda “Topganing to‘yga buyursin”, “To‘ydan boshing 
    chiqmasin”, “Uying to‘yxona bo‘lsin” deb duo qilishadi. Bundan tashqari, ota-
    bobolarimiz “ Oltin olma, duo ol, duo oltin emasmu”,- deb bejiz aytishmagan.
    1
    “Nikoh to‘yi” o‘zbeklar uchun muhim marosim hisoblanib, to‘y oldi va 
    to‘ydan keyin o‘tkaziladigan tantanalarga alohida e’tibor bilan tayyorgarlik 
    ko‘riladi. Shuningdek, G‘. B. Shoumorovning so‘nggi o‘n yilliklar davomida chop 
    etilgan ishlarida o‘zbek oilasida ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
    xususiyatlariga alohida e’tibor berilgan. 
    1
    O‘zbek xalq maqollari. T.: Sharq.2005.


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    373 
    Jumladan, qadim o‘tmish bilan yuzlashgan ko‘hna qadamjolar qad ko‘targan 
    go‘zal maskan-Samarqand. Har gal Samarqandga borsam, o‘zimni o‘tmish bilan 
    sirlashgandek his qilaman. O‘zining sirli salobati bilan insonni o‘ziga mahliyo 
    qiladigan minoralari, maqbaralari-yu ko‘shklari qarshisida qanday chuqur xayolga 
    sho‘ng‘ib ketganini bilmay qoladi kishi. Har gal uyga yo‘l olsam, albatta, bu yerning 
    bir-biridan shirin nonlarining hidi dimog‘imga urilardi. Huddi oila a’zolarimning 
    ham shuday go‘shaning nonlarini ko‘rishini istagandek sotib olardim. Talabalik 
    davrlarimda bu yerlarning turli xil urf-odalari-yu marosimlariga guvoh bo‘lganman. 
    Aslida gapni unashtirish marosimi- o‘zimizning fotiha to‘ylarimiz haqida 
    boshlamoqchi edim. Ular orasida “ Fotiha to‘yi “- unashtirish kuni deb ham 
    nomlanadi. Fotiha o‘zi nima? Qur’oni karimning dastlabki surasi Fotiha (ochuvchi) 
    deb nomlanadi. Bu so‘z bizga shunchalik singib ketganki, biror joyga mehmonga 
    borsak, Fotiha surasini o‘qib duo qilamiz. Unashtiruv marosimi ko‘pchilikning 
    duosini olib to‘y boshlash, xayrli ish boshlashdir. Shuning uchun ham bu marosimni 
    “Fotiha to‘yi”,- deb atalishi bejiz emasdir. Mazmunan bir- biriga o‘xshash bu 
    marosim yurtimizning deyarli barcha joylarida mavjud. Ya’ni fotiha to‘yi, nikoh 
    to‘yi, non sindirdi, boshi boylandi, unashtiruv, oq o‘rar, to‘qqiz to‘y, oqliq oldi kabi 
    nomlar bilan nomlansa-da, mazmunan bir xil marosimdir. 
    Qadimiy maskan Samarqandning ko‘p urf-odatlarini ko‘rgan bo‘lsam-da, 
    meni juda qiziqtirgan marosimlaridan biri to‘qqiz to‘y bo‘ldi. Bu qanday marosim 
    ekanligi haqida ko‘p o‘ylab ko‘rdim. Bu marosim haqida ko‘proq bilgim keldi va bu 
    haqida so‘rab-surishtira boshladim. Bu marosim aslida fotiha to‘yi bo‘lib, 
    samarqandda bu marosim “to‘qqiz to‘y”(to‘qqiz tovoq),- deb atashar ekan. 
    Jumladan, vodiyning eng so‘lim go‘shalaridan biri Andijon viloyatida esa bu udum 
    “oqliq oldi”(non sindirdi),- deb ataladi. 
    Fotiha to‘yini boshlab beruvchi dastlabki, marosim sovchilik marosimidir. 
    Sovchilik udumini O‘rxun-enasoy manbalarida ham uchratish mumkin. Bundan 
    tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ma’lumotiga ko‘ra, “sovchi” so‘zi - “xabarchi” 
    ma’nosini anglatadi. Demak, sovchi bo‘lajak kelin oilasiga kuyov haqida ma’lumot 
    beradi va kelin haqidagi xabarni kuyovnikiga olib keladi.
    1
    Bundan ko‘rinib turibdiki, 
    bu yaqinda paydo bo‘lgan emas, qadimda paydo bo‘lgan o‘zbekning o‘zbekligini 
    ko‘rsatuvchi udumdir. Avvalo, kuyovning oilasi o‘g‘liga kelin topadi. Birinchidan, 
    sovchi bo‘lib kelmoqchi bo‘lgan oila a’zolari kelin haqida so‘rab-surishtiradi, agar 
    kuyovning oilasiga qizning oilasi yoqsa, kuyovning oila a’zolari kelinning uyiga 
    sovchilikka boradi. Hozirgi vaqtda kelin va kuyov sovchilikdan oldin uchrashib 
    ko‘rish holatlari haqida ham eshitmoqdamiz. Agar har ikki taraf ya’ni kelin va 
    1
    Sarimsoqov B. Marosim folklori. “ O‘zbek xalq o‘g’zaki poetik ijodi”. T.: O‘qituvchi, 1990. 116-bet. 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    374 
    kuyovning oilasi bir-biriga ma’qul kelsa, ikki yoshni unashtirish ya’ni “ Non 
    sindirish “ deb nomlangan muhim marosim amalga oshiriladi. 
    Non sindirish- to‘y boshlash uchun bajariladigan ilk marosimlaridandir. O‘rta 
    Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbeklar orasida keng tarqalgan. Non sindirish otaning 
    sovchi yuborgan oilaga qizini uzatishga rozi ekanligi, va’daning qat’iy va muqaddas 
    ekanligini, shuningdek, kuyov-kelin, quda oilalar ahil bo‘lishiga bildirilgan istakni 
    ifodalaydi. “Non sindirish” odati ayrim farqliklarga ega. Chunonchi, Andijon 
    vodiysida non sindirish qizning otasi rozi bo‘lgach bajariladi. Qiz tarafning roziligi 
    olingach, quda taraf olib kelgan dasturxon ochilib, Yoshi ulug‘ odam ikkita nonni 
    bir qilib nonni sindiradi, so‘ng to‘y masalalari aniqlanadi. Bu asosan, bo‘lg‘usi 
    kelinga atalgan kiyim-kechak yoki imkon qadar yuborilgan sovg‘a-salomlar. Shu 
    kuni sindirilgan patirdan va boshqa noz-ne’matlardan qo‘ni-qo‘shnilarga, qiz 
    dugonalariga, singillariga, yaxshi niyatda tarqatadi. Erkaklar Qur’on tilovat qilib, 
    ikki yoshga baxt tilashadi. Ayollar ham o‘z o‘rnida sovg‘a-salom, sarpo-suruq 
    almashadi. Marosimdan so‘ng ikki oila a’zolari to‘yni o‘tkazish haqida maslahat 
    qilishadi. Ilgari Surxondayro taraflarda qalin miqdorini belgilab olingandan so‘ng 
    bajariladigan- non sindirish marosimi nonni teng ikkiga bo‘lib, kelin va kuyovning 
    qarindoshlariga taqsimlangan. Bundan tashqari, hozirgi kunda Samarqandda fotiha 
    to‘ylariga taklifnoma oraqali taklif qilinib, bu marosimlar ham to‘yxonalarda katta 
    bazm tarzida “qiz oshi” marosimi o‘tkaziladi, unga qiz o‘zining yaqinlari va 
    o‘rtoqlarini taklif etaladi. 
    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu udum ikki yoshning hayot yo‘liga 
    qo‘yiladigan ilk qadamdir. Eng muhimi, bu marosim bunyod bo‘layotgan oila uchun 
    shukronalik maqsadida dasturxon yozib xayr-barokat so‘rashdir. 

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish