Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
73
va etnopsixologik omillarning o‘zaro taʼsirini oʻrganuvchi tilshunoslikning
yo‘nalishidir. Kengroq tushuncha beradigan bo‘lsak etnolingvistika madaniyat, xalq
psixologiyasi va mifologiyasining “tarkib rejasi”ni lingvistik usullardan foydalangan
holda, ularni rasmiy taqdim etish usullaridan qat’iy nazar, o‘rganuvchi murakkab fan
sifatida
qaraladi
1
. Umuman olganda, etnolingvistika - tilni madaniyat bilan
munosabatini
o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir
2
.
Oxirgi
ta’rif eng
umumlashtirilgan ta’rifdir, garchi ko‘pincha gumanitar fanlarda bo‘lgani kabi,
etnolingvistika uchun bir qator turli xil ta’riflar taklif qilingan.
Bundan tashqari, til va madaniyat predmeti o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘lgan
fanning o‘zini turlicha atash mumkin masalan: etnolingvistika,
antropologik
tilshunoslik, lingvistik antropologiya, madaniy tilshunoslik deb atash mumkin.
Ingliz tilida so‘zlashuvchilar (ayniqsa amerikalik) o‘z asarlarda
ethnolinguistics
"etnolingvistika" atamasi (yoki u bilan birga) o‘rniga
linguistic anthropology
"lingvistik antropologiya" atamasi, kamroq -
anthropological linguistics
"antropologik tilshunoslik" yoki
cultural linguistics "madaniy tilshunoslik"
terminlarini qo‘llashadi. Antropolog A. Dyuranti bu atamaning murakkab tarixini
quyidagicha izohlaydi: “Til va madaniyat predmeti bo‘lgan fanning turli nomlari –
lingvistik
antropologiya,
antropologik
lingvistika,
etnolingvistika
va
sotsiolingvistika haqidagi dastlabki munozarada, ismlar unchalik sinonim emas,
tadqiqot ob'ektiga turlicha nazariy va uslubiy yondashuvlardan
dalolat beruvchi
qancha belgilar borligi haqida ta’kidlagan edim” – dedi. (перевод наш. — 2. Р.)»
[Ригапи, 2003, с. 323].
Etnolingvistika boshqa bilim sohalari: madaniyatshunoslik, etnografiya,
folklorshunoslik, antropologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika, aloqa nazariyasi
va semiotika bilan bog‘liq. Etnolingvistikaning qamrovi juda keng va asosiy qiziqish
sohasiga qarab, uni kognitiv, kommunikativ, sotsiolingvistik va folklorshunoslikka
bo‘lish mumkin. Qolaversa, sinxron va diaxronik etnolingvistikani ajratib
ko‘satadigan peterburglik tadqiqotchi A. Gerdning fikriga qo‘shilmay bo‘lmaydi.
“Diaxronik etnolingvistika til va lingvistik usullardan uzoq o‘tmishni, xalqning etnik
tarixini, moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini bilish vositasi sifatida foydalanadi.
Sinxron etnolingvistika til va tilshunoslik usullarini zamonamizning dolzarb milliy
va ijtimoiy muammolariga kirib borish vositasi sifatida ko‘rib chiqadi”
3
.
Etnolingvistikada quyidagi ikkita chambarchas bog‘liq muammolar
markaziy
o‘rinni egallaydi, ularni "kognitiv" (lotincha
kognito -
"idrok") va "kommunikativ"
(lotinchadan
communicatio -
"muloqot") deb atash mumkin:
1
Языкознание. Большой энциклопедический словарь. М.,1998.
2
Этнолингвистика [Электронный ресурс]// Энциклопедия Кругосвет.
URL:http://www.krugosvet.ru/enc/gumanitarnye_nauki/lingvistika/ETNOLINGVISTIKA.html.
3
Герд А. С. Введение в этнолингвистику.СПб,1982