Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/219
Sana19.01.2024
Hajmi3,62 Mb.
#140785
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   219
Kalit so‘zlar: maqol, ekvivalent, ma’nodosh, obraz, tematik tasnif.
Ko‘p asrlar mobaynida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
hayotda to‘plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur 
mazmunga ega bo‘lgan og‘zaki ijod janrlaridan biri maqoldir. Teran mazmunga ega 
bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy 
turmush tarzi, ma’naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlarining bamisoli 
bir oynasidir
1
. Bildirilayotgan fikrni yanada jozibali, anniq maqsadli, qisqa shu bilan 
birga ta’sirchan bo‘lishida bu badiiy oynaning o‘rni beqiyosdir. O‘zbek tilida maqol 
atamasi etimologiyasi bo‘yicha “gapirmoq, aytmoq, hikoya qilmoq” ma’nosini 
anglatuvchi arab tilidagi لوق “qavl” so‘zidan kelib chiqqan
2
. Maqollar alohida ijod 
qilinmaydi, balki ma`lum bir vaziyat taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan 
tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo‘lib yuzaga kеladi.
Dunyoda o‘z maqollariga ega bo‘lmagan xalqning o‘zi yo‘q. Chunki, har bir 
xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Shuning uchun 
ham turli xalqlar og‘zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir- biriga yaqin hamda 
hamohang maqollar ko‘p uchraydi. Negaki har bir xalq hayoti va tarixida juda ko‘p 
o‘xshashliklar, umumiyliklar mavjud. Qator olimlar Henl P. (1958), Sepir E. (1958), 
G. G Morian (1986), Kramsh C. (1993) madaniyat va tilning bo‘g‘liqligi kabi 
masalalarga o‘z ishlarida to‘xtalib o‘tganlar
3
. Turli tillarda maqollar millatning 
madaniyati, yashash tarzi, urf-odati va qarashlarini turlicha bayon ettiradi. Shu 
tufayli ham bir tildagi maqolning aynan ekvivalentini boshqa tilda topish juda 
mushkul. Shu jumladan, hindiy, o‘zbek va rus tillarida ham maqollarning o‘zaro 
o‘xshash va farqli tomonlari mavjud. Bunga albatta madaniyat va etnik kelib chiqish 
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bizga ma’lumki til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas 
bog‘liq, bir-biriga o‘zaro ta’sir etmay qolmaydi.
Biz tadqiqotimiz mobaynida hindiy tilida inson a’zolari ishtirok etgan 160 ta 
maqollarni to‘pladik. Ulardan 42 tasini mavzu jihatdan tahlil qildik va 21 guruhga 
ajratdik. Ularning o‘zbek va rus tillaridagi ekvivalent hamda mutanosiblarini 
keltirdik: 
Donolik va nodonlik- 8 ta, G‘urur va xushomad- 3ta, Farosat va farosatsizlik-
3ta, Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik-2 ta, Ishonch va ishonchsizlik- 2ta, Samimiylik va 
nosamimiylik-2 ta, Foyda va zarar- 2 ta, Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik-1ta, 
Yoshlik va qarilik- 1ta, Adolat, insof va insofsizlik-1ta, To‘g‘rilik va egrilik-1ta, 
Yaxshilik va yomonlik- 1ta, Kamtarlik va manmanlik – 1ta, Mehr-oqibat va 
1
Mirzayev.T, Musaqulov.A, Sarimsoqov.B. O‘zbek xalq maqollari. –T.:”Sharq”, 2005. –B.1. 
2
Баранов Х.К. Арабско-русский словарь. – М.: Русский язык, 1989. – С. 665. 
3
Gadoyeva M. Ingliz va o‘zbek maqollarining lingvokulturalogik tahlilida til va madaniyatning o‘rni // «Namangan 
davlat universiteti ilmiy axborotnomasi» №2. –Namangan, 2022. –B.250. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
92 
oqibatsizlik -1ta, Botirlik va qo‘rqoqlik -1ta, Umid va umidsizlik -1ta, Tozalik, 
sog‘lik va bemorlik-1ta, Yaxshi so‘z va yomon so‘z- 1ta, Ma’suliyat va 
mas’uliyatsizlik- 1ta, Tenglik va tengsizlik – 1ta, Ahillik va noahillik – 1tani tashkil 
etdi.
Bular orasidan “Donolik va nodonlik” mavzusiga bag‘ishlangan maqollar 
miqdor jihatidan birinchi o‘rinni egalladi. Masalan: 


Download 3,62 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   219




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish