• LINGVOKULTUROLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI Pazeledinova Sayyora Tursinboy qizi Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti III bosqich talabasi
  • Kalit so‘zlar
  • Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   219
     
     
     


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    87 
    Адабиётлар: 
    1. Thormann, Michael (2001): Konzepte interkulturellen Lernens im Spiegel 
    der Lehrwerkkritik. In: Wazel, Gerhard (Hrsg.) (2001). Frankfurt am Main. Wien u. 
    a.: Lang, S. 117.
    2. Zeuner, Ulrich (2005): Lehrwerkanalyse und –kritik. [online]: http://www. 
    tu-dresden. de/ sulifg//daf/docs/reader/ reader_lwa. pdf S. 6-14.
    LINGVOKULTUROLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI 
    Pazeledinova Sayyora Tursinboy qizi 
    Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti III bosqich talabasi 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi 
    hisoblangan 
    lingvokulturologiya 
    haqida 
    mulohazalar 
    yuritilgan. 
    Linvokulturologiya- "til va madaniyat" ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi 
    va rivojlanishini o‘zida aks ettirgan hodisalar - til-madaniyatni birgalikda 
    o‘rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi.
    Kalit so‘zlar: lingvistika, madaniyat, antroposentrizm, lingvokulturologiya, 
    frazeologizm, ibora, mentalitet, an’ana.
    XX asrning 90- yillarida tilshunoslik bilan madaniyatshunoslik orasida yangi 
    fan sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadaniyatshunoslik) paydo bo‘ladi. U 
    tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida tan olindi. Lingvokulturologiyaning 
    shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar ushbu nazariyaning ildizi V. fon 
    Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar. 
    1
    Lingvokulturologiya (lot. lingua "til"; culture "hurmat qilish", "ta'zim qilish"; 
    yunon. "ilm, fan")- madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada 
    shakllangangan til tadqiqining yangi sohasi.
    V. A. Maslova lingvokulturologiya rivojlanishini 3 davrga ajratadi: 
    1. Fanning shakllanishiga asos bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi.
    2. Lingvokulturologiyaning alohida tadqiqot sohasi sifatida shakllanishi.
    3. Lingvokulturologiyaning fundamental, mustaqil fan sifatida vujudga 
    kelishi.
    XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi 
    yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o‘z 
    aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o‘rganadi.
    1
    V. Gumboldtning til va shaxs haqidagi fikrlari to‘g'risida qarang: Nurmonov. A Ovrupoda umumiy va qiyosiy 
    tilshunoslikning maydonga kelishi. Nurmonov. A Tanlangan asarlar. 2-jildlik. -Toshkent:Akademnashr, 2012.


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    88 
    Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomeni sifatida o‘rganuvchi fan bo‘lib, 
    o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan "til va madaniyat" uning predmetini tashkil qiladi.
    V. N. Teliya bu haqda shunday yozadi: "Lingvokulturologiya insoniy, 
    aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki
    lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi 
    antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir"
    1
    N. Alefirenko esa lingvokulturologiyani quyidagicha tavsiflaydi: 
    -lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas 
    bog‘langan bo‘lib, u sintezlovchi xususiyatga ega; 
    -lingvokulturologiyaning asosiy e'tibori tilda izohlanadigan madaniy 
    dalillarga qaratiladi; 
    -lingvokulturologiya tilshunoslik fanlariga kiradi, shuning uchun uning 
    tadqiqot natijalaridan ona tili va chet tillari o‘qitish jarayonida amaliy foydalanish 
    mumkin; 
    -lingvokulturologiya tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: a) lisoniy shaxs; b) 
    til madaniy qadriyatlarining semiotik gavdalantirish tizimi hisoblanadi
    2
    Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda, lingvokulturologiya fanining 
    asosiy vazifasi- til bilan madaniyatning bog‘liq tomonini, ya’ni madaniyatga oid 
    tushunchalarning tilda va uning turli vositalarida ifodalanish usullarini o‘rganish, til 
    va xalq mentaliteti o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarini tavsiflashdan iborat. Tilning 
    frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi 
    hisoblanadi. Frazeologizmlarda mavjud bir xalqning an’analari, udumlari, urf-
    odatlari, taomillari, miflari, afsona va rivoyatlari, ma’naviyati va h. k. haqidagi 
    tasavvur va qarashlari aks etadi.
    Milliy-madaniy xususiyatli iboralarni shakllantirishda, ayniqsa, milliy oziq-
    ovqat va taom nomlari muhim ahamiyatga ega. O‘zbek kundalik turmushida non 
    muhim ozuqa hisoblanadi. Ota-bobolardan qolib kelayotgan an’analarga ko‘ra, 
    nonning ushog‘i ham non, deb unga hurmat-ehtiromda bo‘lish bolalarga yoshlikdan 
    o‘rgatiladi. Biron o‘zbek yo‘lga chiqsa, albatta, o‘zi bilan birga non oladi. Non 
    komponenti hayot, tirikchilik, rizq-ro‘z, to‘kin-sochinlik ramzi sifatida keladi. 
    Bunga misol qilib, "non yemoq", "noni butun", "noni yarimta bo‘ldi", "non ursin" 
    kabi frazeologik birliklarni misol qilib olishimiz mumkin. Nonni peshana teri bilan 
    topilishi, uni halollab yeyilishi Muqaddas kitoblardan boshlab, o‘zbek xalq 
    dostonlarida, ertaklarida, rivoyatlaridan bizga ma’lum.
    1 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. -
    М.: Школа "Языки русской культуры", 1996. -С. 222.
    2
    Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно·смысловое пространство языка. Учебное пособие. -М.: 
    Флинта, Наука, 2010. -С. 21.


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    89 
    Shuningdek, G‘arb xalqlarining kundalik hayotida ham non muhim 
    ahamiyatga ega. Ingliz tilida bread (non) so‘zi bilan yasalgan frazeologik birliklarni 
    ko‘plab uchratish mumkin:" bread and butter"- kimningdir tirikchilik qilish yo‘li, 
    "earn one's bread"-nonini topmoq, shuningdek, o‘zbek tilidagi noumid shayton 
    iborasiga mos keladigan "Hope is poor man's bred" (Umid- kambag‘al odamning 
    noni) iboralari shular jumlasidandir.
    Ayrim xalqlar kartoshkani milliy taomi, ikkinchi non darajasiga ko‘taradi.
    O‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlar oxirgi o‘n yilliklarda 
    paydo bo‘la boshladi. Jumladan, Z. I. Soliyevaning nomzodlik ishida o‘zbek va 
    ingliz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy- 
    madaniy xususiyatlari yoritilgan
    1
    Professor N. Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab... " 
    nomli maqolasida lingvokulturologiya, umuman antroposentrik paradigmaning 
    mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib berildi. Ushbu 
    maqolani o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar 
    bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin
    2
    .
    So‘nggi yillarda til va madaniyat masalalarini lingvokulturologiya fani 
    atroflicha o‘rganishga kirishildi. V. V. Vorobevning yozishicha, "bugungi kunda 
    lingvokulturologiyani muayyan yo‘l bilan saralangan madaniy qadriyatlar 
    majmuyini o‘rganadigan, nutqni yaratish va uni idrok qilishdagi jonli kommunikativ 
    jarayonlarni, lisoniy shaxs tajribasini va milliy mentalitetni tadqiq etadigan, olam 
    manzarasining lisoniy tasvirini tizimli ravishda beradigan, ta’limning bilim olish, 
    tarbiyaviy va intellektual vazifalarining bajarilishini ta’minlaydigan yangi filologik 
    fan sifatida qayd qilish mumkin. Demak, lingvokulturologiya madaniyat va tilning 
    o‘zaro ta’sirini va bu jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy) birliklarning bir butun 
    strukturasi sifatida aks ettiradigan kompleks fandir "
    3
    .
    Lingvokulturologiya turli xalqlar mentalitetidagi o‘ziga xosliklarning tilda aks 
    etishini yoritib beradi. Lingvokulturologiya tilshunoslikning yosh, yangi sohasi 
    bo‘lishiga qaramay, o‘zining asosiy vazifasi- til bilan madaniyatning bog‘liq 
    tomonini, ya’ni madaniyatga oid tushunchalarning tilda va uning turli vositalarida 
    ifodlalanish usullarini o‘rganish, til va xalq mentaliteti o‘rtasidagi aloqalarni 
    tavsiflashdan iborat ekanini aniq belgilab olgan.
    1
    Салиева З.И. Концептуальная значимость и национально-культурная специфика СiНтенции в английском и 
    узбекском языках: Афтореф. дисс ... канд.филол.наук. -Ташкент, 2010. -С.25.
    2
    Mahmudov N. "Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab..."// O‘zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2012. 5. -B. 3-
    16. 
    3
    Воробьев В. В. О статусе лингвокультурологии // IX Международный :Конгресс МАПРЯЛ. Русский язык, 
    литература и культура на рубеже веков. Т. 2. -Братислава, 1999. -С. 125-126. Батафсил маълумот учун қаранг: 
    Воробьев В. В. Лингвокультурология. Теория и методы. -М.: Изд-во РУДН, 1997.


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    90 
    Demak, millatning kelajagi bo‘lmish yoshlar, eng avvalo, madaniyat va tilning 
    o‘zaro aloqasi, madaniyatning tarkibiy qismlari, ma’naviy meros, sivilizatsiya, 
    folklor namunalari, umuman, ajdodlar tajribasini bilishi va ulardan ijodiy 
    foydalanishi, uni buyuk ajdodlariga munosib tarzda davom ettirishi talab qilinadi.

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish