Matematika o’qitish metodikasi I faninidan 1-mustaqil topshriq mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didiktik tamoyillari




Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#45876
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang\'ich matematika1
1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666
Matematika darsini o’tkazish. 
Bolalar bog‘chasida va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘rgatilishi 
orasidagi uzviylik. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish 
vazifalari va bolalar bog‘chasida arifmetika asoslarini tarkib toptirish, miqdor, 
makon va zamonga oid tasavvurlarni rivojlantirish o‘qitishning asosiy shartidir. 
Har bir mashg‘ulotda tarbiyachi mavzu mazmunining asosiy masalalari va uni 
darsda ishlash metodikasini ochib beradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki
berilayotgan tavsiyalar, odatda, bolalarga berilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar, 
mashqlar, savollarning tipik namunalaridir. Bunday mashqlar sonini o‘qituvchi sinf 
bilan ishlashning aniq shart-sharoitlarini hisobga olib, mustaqil ravishda aniqlashi 
kerak. Katta guruhladi bolalar o‘qitishda didaktik ko‘rsatma materiallardan keng 
foydalanish xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko‘rgazma tashkil qilish bilan bog‘liq 
bo‘lgan topshiriqlar ham namunalar sifatida qaralishi mumkin. O‘qituvchi ularga 
o‘zida bo‘lgan ko‘rsatma-qo‘llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. 
Ko‘pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og‘zaki mashqlar materialini o‘qituvchi 
turli variantlarda berishi, ba’zan esa sinfning tayyorgarligiga qarab almashtirishi 
ham mumkin. O‘qituvchi tavsiya etilayotgan didaktik o‘yinlarga ham ijodiy 
yondashish kerak. Bunda o‘yinlarni o‘tkazishda foydalaniladigan, har bir 
mashg‘ulotning aniq vazifalarini hisobga olib, o‘zi o‘yinlardan foydalanishi 
mumkin.
Тayyorlov guruhlarda matematikani o‘rgatish metodikasi. 
Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhi bir haftada ikkita, bir yilda 72–74 
mashg‘ulot o‘tkazish rejalashtiriladi.
Mashg‘ulotlar sentabrdan may oyining oxirigacha har biri 25–30 minutdan 
o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali materiallardan keng foydalaniladi. 
Bolalar mashg‘ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga 
rioya qilishi lozim:
1. Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtirib olishi.
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.
3. Bolalar faoliyatini o‘zgartirib turishga va ularning qiziqishlariga e’tibor qilish.
4. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli o‘yinlar o‘tkazishni rejalashtirish.
5. Mashg‘ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag‘batlantirish. Dastur materialini 
mashg‘ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko‘nikmalariga, ularning 
tayyorgarligiga e’tibor berish lozim. Maxsus atamalarni to‘g‘ri qo‘llay bilish katta 


ahamiyatga ega. Masalan, son va raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik 
kerak. «Qaysi son katta, qaysinisi kichik” deb so‘raladi. (qaysi raqam katta deyish 
mumkin emas.) Mashg‘ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish 
maqsadida har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli 
kartochkalar bo‘lishi tavsiya etiladi. Bunda hamma bolalar o‘rtoqlarini javobini 
diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan bolalarni 
test sinovlariga tayyorgarlik ham hisobga olinishi lozim. 
Uquvchilarning darsdagi lavhalari: 



Download 1.17 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematika o’qitish metodikasi I faninidan 1-mustaqil topshriq mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didiktik tamoyillari

Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish