Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari 4- ilova
Guruh
|
Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball
|
Topshiriqni misollar bilan yoritish 0-5 ball
|
Guruh a’zolarining faolligini. 0-5 ball
|
Jami ball
|
1-gr
|
|
|
|
|
2- gr
|
|
|
|
|
3- gr
|
|
|
|
|
9 – 6 ball – «qoniqarli».
12 – 10 ball – «yaxshi»
15 – 13 ball – «a’lo».
Amaliy topshiriq:
Qo‘l terisini yumshatishga tayyorlash Amaliy topshiriq:
Qo‘l terisi turiga qarab krem tanlash Amaliy topshiriq:
Qo‘llarni massaj qilish
5-ilova
YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA
Kasb kodi va nomi: 31010301 Sartarosh (modeler)
Amaliy mashg‘ulot: №6 Oqargan sochlarni bo‘yash
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilar oqargan sochlarni bo‘yash texnikasini o‘rganib oladilar;
T/r
|
Bajariladigan ishlar
mazmuni
|
Moslamalar, asboblar va
xom-ashyolar
|
Eskizlar, chizmalar,
rasmlar
|
Bajarish tartibi
|
1
|
Soch oqarish sabalari oqarish oldini olish
|
|
|
1.Qo‘lqoplar kiyiladi 2.Sochlar taraladi 3.Sochlar ildiziga maxsus niqoblar surtiladi
|
2
|
Oqargan sochlar uchun avzal ranglar
|
|
|
1.Bo‘yoqni tayyorlab olinadi 2.Boshga surtiladi
|
3
|
Oq sochlarni
bo‘yash texnikasi
|
|
|
1.Qo‘lga maxsus qo‘lqob kiyiladi 2.Bo‘yoq sochga surtiladi 3.Ma’lum
vaqtdan keyin yuvib tashlanadi
|
6-Mavzu: Oqargan sochlarni bo‘yash Reja:
Soch oqarish sabalari oqarish oldini olish 2.Oqargan sochlar uchun avzal ranglar 3.Oq sochlarni bo‘yash texnikasi
Soch oqarishi — bu genetik dasturlashtirilgan fiziologik qarish jarayoni. Bu holat asosan 35-40 yoshdan keyin kuzatila boshlaydi va 50 yoshgacha kuchayib boradi. Ba’zi kishilar soch irsiy moyillik tufayli erta yoshda ham oqara boshlashi mumkin. Agar ota-bobolarda soch oqarishi erta kuzatilgan bo‘lsa, unda ularning avlodlarida ham jinsidan qat’iy nazar katta ehtimollik bilan bu holat kuzatilishi mumkin.
Irsiy moyilligi mavjud kishilarda soch oqarishiga tashqi omillar ham ta’sir
o‘tkazishi mumkin: stress, ultrabinafsha nurlari, noto‘g‘ri ovqatlanish (xususan, B vitaminlari yetishmasligi) va autoimmun kasalliklar shular qatoridadir. tress terida erkin radikallarning paydo bo‘lishiga olib keladi, ular teri hujayralari — melanositlarga zarar yetkazishi mumkin. Natijada hujayralarning melanin ishlab chiqarish qobiliyati pasayadi. Buning oqibatida erta yoshda ham soch oqara boshlaydi.
B guruhi vitaminlarning yetishmasligi melanin sintezining biokimyoviy
jarayonlariga ta’sir qiladi. Ammo, bu holda organizmdagi vitamin muvozanati tiklansa, yangi oq sochlarning paydo bo‘lishi to‘xtatilishi mumkin
Hozirgi kunda eng keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalardan biri — qattiq stress tufayli sochlar bir kechada oqarib qolishi mumkin degan fikr. Aslida, bu haqiqatga yaqin emas, chunki rangning yo‘qolishi — bu melanotsitlar tomonidan melanin ishlab chiqarilmaslik va sochlarda uzoq muddat havo pufakchalari to‘planishi natijasidir.
Shuni bilish kerakki, soch tarkibining atigi 1 foizi uning rangini belgilaydigan pigmentdan iborat. Odamlarda bu pigmentlar asosan eumelanin (to‘q rangli pigment) va feomelanin (qizg‘ish rangli pigment) sanaladi. Faqat ularning nisbati sochlarning rangini aniqlaydi, xususan:
Erkak va ayollarda soch turlicha oqara boshlaydi, ularda ushbu jarayonga moyil bo‘lgan sohalar farq qiladi. Erkaklarda dastlab chakka va soqol sohalari qamrab olinadi, jarayon ertaroq va kengroq hajmda boshlanadi.
Ayollarda esa sochga oq tushishi dastlab tepa-ensa sohalarida kuaztiladi. Ular dastavval yakka soch tolalari sifatida namoyon bo‘lib, keyinchalik tobora ortib boradi.
Ba’zida erkaklarda va ba’zi androgin ayollarda soch oqarishi qarish jarayonida androgen alopetsiya, ya’ni erkaklarga xos bo‘lgan soch to‘kilishi bilan birga kechadi.Soch oqarishiga qarshi kurashish
Katta yoshlarda sochlarning oqarishini fiziologik, erta muddatlarda esa patologik holat deb hisoblash qabul qilingan. Ammo oq sochlar odatiy tolalardan kamroq sog‘lom deb aytib bo‘lmaydi. Sochlar shunchaki qisman xususiyatlarini
o‘zgartiradi. Bu faqatgina estetik nuqson sanaladi va bunda har bir kishining ushbu masalaga munosabati muhimdir.
Bugungi kunda soch oqarishi bilan kurashishning asosiy usuli ularni bo‘yashdir. Rangi ketishi qiyin bo‘lgan bo‘yoqlar sochning tuzilishiga zarar yetkazadi, turg‘un bo‘lmagan bo‘yoqlar ko‘p zarar yetkazmaydi, biroq ular kerakli rangni bera olmasligi mumkin.
Bo‘yoq turi kishining jinsi va yoshi, sochining quyuqligi, oqargan sochlarning miqdoriga qarab individual ravishda tanlanishi kerak.
Sochlarni bo‘yashda eng katta kosmetik ta’sirga turg‘un bo‘yoqlar qo‘llanilganda erishiladi. Bo‘yash sochning butun uzunligi bo‘ylab amalga oshiriladi va keyinchalik sochlarning o‘sib borishi sayin har 1,5-2 oyda bir marta soch ildizlari bo‘yab turiladi. Agar oq tushgan tolalar miqdori ko‘p bo‘lmasa, unda turg‘un
bo‘lmagan bo‘yoqlar yoki shampunlardan foydalanish mumkin, ammo ularni tez- tez ishlatish talab etilishi mumkin.
Oqargan sochlar juda kam bo‘lsa, alohida tolalarni ildiziga yaqin qilib kesib tashlash kifoya. Ammo ularni yulib tashlash og‘riqdan tashqari soch follikuliga zarar yetishiga olib keladi, natijada tola umuman o‘smay qo‘yishi ehtimoli mavjud.
Oqargan sochni qoraytirish muammosi bugungi kunda dolzarbligini saqlab qolmoqda. Mutaxassislar sochlarni qoraytirish uchun bir qator tavsiyalarga amal qilish kerakligini ta’kidlashmoqda, ular orasidan eng samarali va tez ta’sir ko‘rsatuvchi va albatta, eng ommabop usullarni ko‘rib chiqamiz.
Sochlarnı kımyovıy usulda qoraytırısh:
Sochni qoraytirish kerak bo‘lganda hayolga keladigan birinchi narsa, do‘konda qora rangli soch bo‘yoqlarini xarid qilishdir. Afsuski, tavsiya etiladigan bo‘yoqlarning aksariyati sochlar uchun juda zararli. Ko‘pchilik, bu kabi bo‘yoqlar natijasida kuygach, sochlarining avvalgi holatini tiklash uchun uzoq vaqt mehnat qilishadi, va shunda ham tiklay olishlari dargumondir.
Sochni kimyoviy preparatlar bilan bo‘yashga qaror qilsangiz, tajribali usta bilan bog‘laning. U sochlarning hozirgi holatini baholaydi va eng mos bo‘yoqlarni tavsiya qiladi. Biroq, ishga kirishishdan oldin, qora rangli sochlar ko‘zlaringiz va teringiz bilan uyg‘un bo‘lishiga e’tibor bering, chunki bu rang hamma uchun mos kelmaydi.
|