|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 105/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikO‘simta. Kesish jarayonida qirindining katta bosimi, ishqalanish kuchi va metallning deformatsiyalanishi ta’siri natijasida yuqori temperatura hosil bo‘ladi, bunda kesib olinayotgan qatlam keskich oldingi yuzasining mikronotekisliklari bilan tishlashadi va unga yopishib qoladi. Buning oqibatida kesish zonasida, kesuvchi qirraning bevosita oldida, metallning presslangan birikmalari hosil bo‘ladi. Yangi jism hosil qiladi. Metallning kesuvchi qirra oldida hosil bo‘lgan presslangan bu birikmasi o‘simta deb ataladi.
Plastik materiallarni ishlanayotganda ma’lum sharoitda keskichning oldingi yuzasidagi kuchli deformatsiyalangan metall qatlami keskichga payvandlanib qoladi bunga o‘simta deyiladi. Uning strukturasi ishlanayotgan metall va qirindi strukturasidan ajralib turadi.
O‘simta turg‘un bo‘lmay, uning shakli va o‘lchami jarayon davomida o‘zgarib turadi.
O‘simta qirqish jarayoniga va ishlangan yuza sifatiga qattiq ta’sir qiladi. Yaxshi tomonlari: oldingi burchak kattalashib, kerak kuchlarni kamaytiradi-kesish osonlashadi.
O‘simta qattiqligi zagatovka qattiqligidan 2-3 marta ortiq. Demak, u metalni qirqadi. Keskichga bo‘lgan bosimni cho‘qqidan-qirqish tagidan nariga suradi. Keskichning oldingi yuza bo‘yicha yeyilishi kamayadi. Keskichni issiqlik o‘tkazish qobilyatini ham yaxshilaydi. Yomon tomonlar: ishlangan yuza g‘adir-budirligi oshadi. Uzulgan o‘simta yuzaga yopishib qoladi. Keskich geometriyasi o‘zgarishi natijasida ko‘ndalang kesim bo‘yicha aniqlik pasayadi. O‘simta hosil bo‘lib, keyin uzilishi natijasida, (geometriya o‘zgarib) kuch ham o‘zgaradi (minutiga 3000 martagacha): bu vibratsiyaga olib keladi. Bu esa ishlangan yuzani yanada yomonlashtiradi. Shu bilan birga keskich turg‘unligi pasayadi.
Shuning uchun o‘simta, qora operatsiyalarda, katta kuch ta’sir qilganda, qalin qatlam kesilganda, katta issiq. chiqqanda foydali. Toza-pardozlash operatsiyalarda zararli.
O‘simta hosil bo‘lishi material fizika – mexanikaviy xossalariga, kesish tezligiga, keskich geometriyaga, moylovchi – sovutuvchi suyuqlik va h.k.bog‘liq .
O‘simta ko‘pincha, plastik materiallarni V=18-30 m/min.da tezlikka kelganda paydo bo‘ladi . V ≤12 m/min.da va V >50 m/min.da bo‘lmaydi. [10]
|
| |