|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 113/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikTermoelektrik pirometr – termik analiz vaqtida metallarning haroratini o‘lchashda ishlatiladigan asbob.
Tezkesar po‘lat – metallarga yuqori tezlik bilan og‘ir sharoitlarda kesib ishlov berish asboblari tayyorlash uchun ishlatiladigan, tarkibida volfram, molibden kabi utka chidamli metallar mavjud bo‘lgan po‘lat.
Sistema – qotishmalar sistema deb ham ataladi.
Toblashda sovitishning kritik tezligi – po‘latda martensit strukturasini hosil qilishga imkon beradigan eng kichik sovitish tezligi.
Troostit – austinit tahminan 500oC gacha sovitilib, shu haroratda tutib turilganda hosil bo‘ladigan, maydaligi va qattiqligi sorbitnikidan ham yuqoriroq bo‘lgan ferrit-sementit aralashmasi.
Uglerodli asbobsozlik po‘latlari – turli kesim, o‘lchov asboblari va shtamplar tayorlash uchun ishlatiladigan sifatli va yuqori sifatli po‘latlar.
Vakansiya – metall kristall panjarasidagi atomlardan bo‘sh bo‘lgan tugunlar.
Zanglamas po‘latlar – elektrokimyoviy korroziyaga chidamli po‘latlar, uglerodli po‘lat tarkibiga legirlovchi elementlarni qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Kimyoviy ishlov berish – metalla buyumlar sirt qatlamining kimyoviy tarkibi, strukturasi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida metallarga kimyoviy aktiv muhitda ishlov berish. Po‘latga kimyoviy ishlov berish sirt qatlamini uglerod bilan (sementatsiyalash), azot bilan (azotlash), uglerod va azot bilan (sianlash), alyuminiy bilan (alitirlash), xrom bilan (xromlash) to‘yintirish va boshqalarda keng qo‘llaniladi.
Konstruktsion materiallar − konstruktsion mustahkamlikka ega bo‘lgan kuch yuklanishlarini qabul qiluvchi konchtruktsiyalar (mashina va mexanizmlarning detallari, asboblar, apparatlar va boshqalar) tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar. Metall, metallmas va kompozitsion materiallarga bo‘linadi.
Kopir − (nemischa kopierschablone), shablon – kopirlash qurilmasining shakldor profilli detali (shakldor chizg‘ich, kulachok, shayba va boshqalar).
|
| |