|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 115/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikMexanik press − ish qismlari (asbob mahkamlanadigan polzunli) elektr yoki boshqa dvigatellarning aylanma harakatini ish qismlarining ilgarilama-qaytma harakatiga aylantiruvchi turli mexanizm (krivoship-polzunli, vintli, richagli, reykali va boshqa)lar yordamida harakatlanadigan press.
Muvozanatlash − (balansirlash) – mexanizmlarni muvozanatlash. Asosan, nomuvozanatlik (disbalans) natijasida tez aylanuvchi detallarning tayanchlariga zararli ta’sir etuvchi dinamik yuklanishlarni bartaraf etish uchun qo‘llaniladi. Muvozanatlash pasangilar massasi va ularni quyish joyini aniqlashdan iborat.
Mustahkamlik − materiallarning ma’lum sharoit va chegaralarda yemirilmasdan turli ta’sirlar (yuklanish, turli harorat, magnit, elektr maydonlari, jismning turli qismlarida fizik-kimyoviy jarayonlarning notekis o‘tishi va boshqalar)ga chiday olish xossasi.
Nikellash − metall buyumlar sirtiga o‘ndan bir mkm dan 20-30 va undan ortiq mkm gacha qalinlikda nikel yugurtirish. Buyumlarni zanglashdan saqlash va bezash (ular sirtiga yarqiroq-kumushsimon rang berish) maqsadida qo‘llaniladi.
Opravka − metall kesish dastgohlarida ishlov berishda kovak buyumlar yoki asboblar qisib mahkamlanadigan moslama. Buyum ichiga kiritilgan opravka zagotovka devorlarini ezilishdan saqlaydi, teshik diametrining kichrayishiga yo‘l qo‘ymaydi va boshqalar. Opravkalar yaxlit va keriladigan bo‘ladi.
Parma − metall, yog‘och va boshqa materialdan teshik ochishda, shuningdek ochilgan teshiklarga ishlov berishda (parmalab kengaytirishda) ishlatiladigan kesuvchi asbob. Parma sterjendan iborat bo‘lib, uning ish qismida kesish elementlari joylashgan, quyruq qismi esa ish harakatlarini qabul qilishga va parmani dastgoh patroniga yoki shpindeliga o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Parma asosan, aylanadi va o‘q bo‘ylab siljiydi. Tuzilishiga ko’ra parma vintsimon yoki spiral, patsimon tig‘li, markaz ochadigan va boshqa xillarga bo‘linadi. Parmalar legirlangan va tez kesar po‘latdan yasaladi yoki kesuvchi qirralariga qattiq qotishma, kompozit plastina yopishtiriladi.
Parmalash − o‘z o‘qiga nisbatan aylanma va ilgarilanma harakat qiluvchi parma yordamida metall yoki yog‘och buyumlarga qirindi chiqarib silindrik teshik ochish yoki chuqurcha o‘yish. Parmalash unchalik aniqmasligi tufayli u ko’pincha, keyingi yo‘nib kengaytirish, zenkerlash, razvertkalash, protyajkalash oldidan o’tkaziladiganoperatsiya hisoblanadi. Parmalash yo‘nib kengaytirish, parmalash, tokarlik va boshqa dastgohlarda, shuningdek dastaki parmalash mashinalarida amalga oshiriladi.
|
| |