|
Posangi − mashina yoki ular qismlarida ta’sir etuvchi kuchlarni va kuchlar momentini muvozanatlash uchun foydalaniladigan yuk.
Press
|
bet | 117/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikPosangi − mashina yoki ular qismlarida ta’sir etuvchi kuchlarni va kuchlar momentini muvozanatlash uchun foydalaniladigan yuk.
Press − (fransuzcha presse, lotincha pressa – bosish, siqish) – materiallarga bosim ostida ishlov berish mashinasi; u o‘zining ish qismlari bilan materialga zarbsiz (statik) ta’sir etadi. Pressdan yig‘ish operatsiyalari (presslab o‘rnatish, falsovka va boshqalar)da, metallarni mexanik sinashda foydalaniladi. Presslar gidravlik va mexanik (krivoshipli, vintli, reykali va boshqa) bo‘ladi.
Razvalsovka − teshiklarga yakuniy ishlov berish texnologik operatsiyasi bo‘lib, bunda metallga qirib ishlov berilmaydi, balki buyumning tegishli qismi (uchi) zichlanadi yoki kengaytiriladi.
Razvyortka − teshiklarga tozalab ishlov beriladigan, odatda, charxlangan o‘tkir tishli (to‘g‘ri va vintsimon), ko‘p tig‘li metall kesish asbobi. Razvyortkaning dastaki va mashinaga o‘rnatiladigan yaxlit, yig‘ma, keriladigan, qo‘zg‘aluvchan va boshqa xillari bo‘ladi.
Razvyortkalash − metall kesish asbobi.- razvyortka yordamida silindrik yoki konussimon teshiklarga tozalab ishlov berish. Razvyortkalashda oldindan ishlov berilgan teshik sirtidan qo‘yim (bir necha o‘n mkm) olinadi, sirtining yuqori aniqligi va silliqligi ta’minlanadi.
Ruxlash − po‘lat va cho‘yan buyumlarni korroziyadan saqlash uchun ularning sirtini rux qatlami bilan qoplash. Ruxlash issiqlayin (buyumni erigan ruxli vannaga tushirib), elktrolitik usulda, erigan ruxni purkab amalga oshiriladi.
Salazka − dastgoh yoki boshqa mashinalarning detali; u to‘g‘ri chiziqli-ilgarilama harakat qiladi va unga asbob, ishlov berilayotgan buyum yoki mashina uzellari o‘rnatiladi.
Silliqlash dastgohi − jilvirlash dastgohi – metall va boshqa buyumlarga abraziv asboblar bilan ishlov beradigan dastgoh. Silliqlash dastgohidan ishlov beriladigan detallarga aniq o‘lcham va to‘g‘ri geometrik shakl berish, sirtlarning g‘adir-budirligini kamaytirish, kesuvchi asboblarni charxlash va zagotovkalarni kesib tushirish, shuningdek quyma va bosim ostida ishlov berilgan zagotovkalarni tozalashda foydalaniladi. Silliqlash dastgohining dag‘al silliqlaydigan, doiraviy, ichki sirtlarni silliqlaydigan, planetar, detal markaziga o‘rnatilmaydigan, tekis silliqlaydigan, charxlaydigan, qirqadigan va maxsus – rezba, tish silliqlaydigan, shlitsa, profil sirtlar, tirsakli vallar, taqsimlash vallari, porshen halqalari va boshqalarni silliqlaydigan xillari bor.
Tekstolit − plastik material. Ip-gazlama qatlamlariga sintetik smolalar shimdirish va 150° haroratda katta bosimda presslash yo‘li bilan tayyorlanadi. Mexanik mustahkamlik va dielektrik xossalari yuqori; suvdagi organik eritmalarga chidamli. Solishtirma og‘irligi 1,36-1,4. Brinell bo‘yicha qattiqligi 20-40 kg/mm2; egilishga mustaqkamligi 130-170 MPa, elektrik mustahkamligi 27-45 kV/mm. Mexanik ishlov berish oson. Ip-gazlama asosidagi tekstolitdan tashqari, shisha - tekstolit (shisha tolali), asbotekstolit (asbest tolali), organotekstolit (sintetik tolali) tekstolitlar ham bor. Tekstolit. list, sterjen va quvurlar ko’rinishida ishlab chiqariladi. Tekstolit. roliklar, shovqinsiz shesternyalar, podshipniklarning vkladshilari, shkivlar, qistirmalar va boshqalarni tayyorlashda ishlatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Posangi − mashina yoki ular qismlarida ta’sir etuvchi kuchlarni va kuchlar momentini muvozanatlash uchun foydalaniladigan yuk.
Press
|