|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 118/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikTokarlik dastgohi − ko‘ndalang kesimi doiraviy bo‘lgan buyumlarga kesib (yo‘nib) ishlov beradigan dastgoh. Zagotovka povadokli, kulachokli, gidravlik yoki pnevmatik patron orqali dastgoh shpindelidan aylanadi; shpindel esa asosiy harakat mexanizmi (odatda, tezliklar qutisi)dan aylanadi Keskich supportning salazkasi bilan birgalikda surish validan (yo‘nishda) yoki surish vintidan (rezba ochishda) suriladi. Bunda surish vali va surish vinti tokarlik dastgohining surishlar mexanizmidan aylanadi. Tokarlik dastgohida silindrik, konussimon va shakldor sirtlar yo‘nish, yo‘nib kengaytirish, ichki rezbalar ochish, torets sirtlarini yo‘nish, parmalash, zenkerlash, teshiklarni razvertkalash, metchik va plashka bilan rezba ochish; nakatkalash, bir-biriga ishqalab moslash va boshqalar bajariladi.
Flanets − (nemischa Flansch) – truba, armatura, vallar va boshqalarning birlashtiruvchi qismi; odatda, boltlar yoki shpilkalar o‘tkazish uchun bir tekisda joylashgan teshiklari bo‘lgan yassi halqa yoki diskdan iborat. Truba va rezervuarlarda zichlagichli flanets ichki bo‘shliqlarning germetikligini, val va aylanuvchi detallarda esa kuch uzatishdagi mustahkamlikni ta’minlaydi. Flanets, odatda, detallar bilan yaxlit tayyorlanadi.
Fosfatlash − po‘lat, shuningdek alyuminiy va rux (yoki ularning qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar) buyumlarni sirtida fosfatlar qatlamini hosil qilinadigan kimyoviy jarayon. Bu o‘z navbatida buyumlar yuzasini atmosfera ta’sirida korroziyalanishdan saqlaydi.
Freza − (fransuzcha fraise) – materiallarga kesib ishlov beriladigan ko’p tig’li kesuvchi asbob. Frezaning tishli sirtlariga ko‘ra silindrik, toretsli, diskli, burchakli, rezbali va shakldor; tish shakliga ko‘ra to‘g‘ri, vintli, turlicha yo‘nalishdagi tishli; tishlarning konstruktsiyasiga ko‘ra o‘tkir uchli ; tuzilishiga ko‘ra yaxlit, tarkibiy komplekt, quyma tishli yig‘ma; mahkamlanishiga ko‘ra o‘rnatma, konussimon va silindrik quyruqli; vint ariqchalarining yo‘nalishiga ko‘ra chapaqay va o‘naqay xillari bor. Freza legirlangan va tez kesar asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi, qattiq qotishmali yoki kompozitli plastinkalar bilan jihozlangan, o‘rnatma pichoqli bo‘ladi. Frezalar pazlar va shlitsalar, egri chiziqli va tekis sirtlar, aylanuvchi jismlar, rezbalarga ishlov berishda, shuningdek materiallarni qirqishda ishlatiladi.
Frezalash − metall va metallmas materiallarga kesib ishlov berish; bunda kesuvchi asbob-freza aylanma harakat, ishlov berilayotgan zagotovka ilgarilama harakat qiladi. Frezalash detallarning tekis va egri chiziqli sirtlariga, rezbali yuzalarga, tishli hamda chervyakli g‘ildiraklarning tishlariga va boshqalarga ishlov berishda qo‘llaniladi. Frezalash frezalash dastgohlarida bajariladi.
|
| |