|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
| bet | 119/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikFrezalash dastgohi − zagotovkaning ilgarilanma harakatida metall va boshqa buyumlarga freza yordamida kesib ishlov berish dastgohi. Frezalash dastgohi unversalligi bilan farq qiladi; tekis hamda egri chiziqli sirtlarga ishlov berish, rezba, tishli g‘ildirakning tishlarini hosil qilish va boshqalar uchun mo‘ljallangan. Metallarga ishlov berishda frezalash dastgohining shpindeli o‘qiga burchak ostida siljiydigan stolli universal; shpindellarining o‘qlari o‘zaro mos ravishda joylashgan gorizontal va vertikal frezalash; bir necha frezalash shpindeli (tekis sirtlarga ishlov berishda) bo‘lgan bo‘ylama frezalash; andaza bo‘yicha murakkab detallarga ishlov beradigan andaza frezalash; maxsus – shponka-frezalash, tish-frezalash, rezba-frezalash, baraban-frezalash va boshqa xillari bor.
Xoninglash − (inglizcha honing, hone – xoninglamoq, charxlamoq) zagotovkaning sirtini mayda donador abraziv brusoklar o‘rnatilgan maxsus asbob – xon bilan pardozlash; xon aylanishi bilan bir vaqtda o‘q bo‘ylab ilgarilama-qaytma harakatlanadi. Xoninglash, asosan, silindrsimon ochiq teshiklarga va kamdan-kam berk hamda pog‘onali teshiklarga pardoz berishda qo‘llaniladi.
Xromlash − metall buyumlarni korroziyadan saqlash, mexanik yeyilishga qarshiligini oshirish va bezash maqsadida ularning sirtiga elktrolitik usulda xrom yugurtirish. Po‘lat buyumlarga olovbardoshlik, issiqbardoshlik, toliqishga qarshilik, yeyilishga chidamlilik, kislota va suvlarga korroziyabardoshlikni oshirish, kerakli magnit va elektr tavsifnomalarini berish uchun ularning sirtqi qatlamlarini xrom bilan diffuzion to‘yintirish.
Chidamlilik − material va konstruktsiyalarning takoriy ta’sirlarga qarshilik ko‘rsata olishligi.
Sanga − (nemischa Zange) – silindrik yoki prizmasimon predmetlarni qisib turish uchun prujinalanuvchan vtulka ko’rinishidagi moslama. Sanga metall kesuvchi dastgohda ishlanadigan detal yoki asbobni qisib turadigan moslama sifatida qo‘llaniladi.
Sementatsiya − metallarga ishlov berishda metall buyumlar (ko‘pincha po‘lat)ga sirtqi qatlamlarini 900-950oC da uglerod bilan diffuzion to‘yintirib kimyoviy-termik ishlov berish (uglerodlash). Sementatsiyadan maqsad – qattiqligini, yeyilishga chidamliligini va toliqishga puxtaligini oshirish.
|
| |