|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 120/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikShpindel − (nemischa Spindel, aynan - urchuq) – ko‘pgina mashinalarning aylanuvchi vali. Metall qirqish dastgohining aylanma harakatni asbobga yoki ishlov berilayotgan zagotovkaga uzatadigan vali.
Yarimavtomat − bir to‘la ish tsiklini mustaqil bajaruvchi, tsikl takrorlashdagina odam aralashadigan mashina, agregat. Masalan, metall kesish dastgoh-yarimavtomati zagotovkani ishlab berish va dastgoh mexanizmlarini boshlang‘ich holatga qaytarish siklini to‘la mustaqil bajaradi; zagotovkani o‘rnatish, dastgohni ishga tushirish va tayyor detalni olishni esa ishchi bajaradi.
Qo‘yim − metallarga ishlov berishda – zagotovkaga kesib (qirindi olib) ishlov berishda uning materiali sirtidan olinadigan qatlam qalinligi. Qo‘yim o‘lchami oldingi kesib o‘tishda hosil qilingan mikronotekisliklarning balandligi, zagotovka sirt qatlamidagi nuqson qalinligi, shaklining kamchiligi, o‘zaro bog‘liq sirtlar holati, ishlov berishda zagotovkani o‘rnatish va boshqalarga qarab analitik aniqlanadi. Qo‘yimni kamaytirish zagotovka materialini tejash, mehnatni va keyingi ishlov berish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Zagotovka − material shakli, o‘lchamlari, sirtqi ishlovi va xossalari o‘zgartirilib, detal yoki ajralmaydigan yig‘ma birlik (buyum) tayyorlanadigan ishlab chiqarish predmeti (chala mahsulot)
Zazor − mashina va boshqa konstruktsiyalar tutash detallarining sirtlari orasidagi masofa, tirqish; qamrovchi detalning ichki o‘lchami bilan qamraluvchi detalning tashqi o‘lchami orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Zazor qo‘zg‘aluvchan o‘tkazishlarni xarakterlaydi.
Zenkerlash − parmalab, yo‘nib kengaytirib, shtamplab yoki quyib hosil qilingan teshiklar diametrini kattalashtirish yoki (ba’zi hollarda) sirti g‘adir-budirligini kamaytirish uchun zenker bilan ishlov berish. Parmalash, revolver va yo‘nib kengaytirish dastgohlarida amalga oshiriladi.
Adabiyotlar
Uilyam D. Kallister, Devid Dj. Retvich “Materialovedenie ot teхnologii k primeneniyu”, JohnWiley&Sons,inc.,2008.
Carter C. Barry, Norton M. Grant “Ceramic Materials/ Science Enjineering” Spinger 2007.
Tim A. Osswald, Georg Menges “Material Science of Polymers for Enjineers” Carl Hanser Verlag, Munich
Mikell P. Groover . “Fundamentals of Moderen Manufacturing” inted in the United States of America. 2010
F.R.Norxudjayev. Materialshunoslik. -T., "Fan va texnologiya", 2014.
Umarov E.O. “Materialshunoslik”., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2014
Umarov E.O. “Konstruksion materiallar texnologiyasi o‘quv fanidan laboratoriya va amaliyot ishlari” “Tafakkur bo‘stoni” Toshkent 2015
V.A. Mirbobyev . “Konsturuksion materiallar texnologiyasi” . “O’zbekiston” nashriyoti, T.:2004 .
O.X. Eshqobilov, L.O. Daminov. “Materialshunoslik”. , “Intellekt” nashriyoti Qarshi 2021
M.N. To‘xtasheva, A.X. Rasulov, B.A. Sobirov. “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi”,- T.,“Tamaddun” 2022
M.N. To‘xtasheva. “Ishqalanishga chidamli va yeyilishga bardoshli kompozit termoplastik materiallarni ishlab chiqarishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va ulardan tolali massa bilan o'zaro ta'sir qiladigan bog'langan detallarlarni ishlab chiqarish”. Dissertatsiya avtoreferati.
С.Н. Колосов, И.С. Колосов “ Мaтеpиaловедение и технология метaллов”. – М.: “ Мaшиностpоение”, 2004
Apзaмaсов Б.Н. Мaтеpиaловедение.- М .: «Мaшиностpоение»,2004.
Б.Е. Умиpзaков и дp. – “Нaномaтеpиaли и пеpспективи их пpименения” Тaшкент, «МЕPЖЮС» 2008
Д.И. Pижaнков и дp. – «Нaномaтеpиaли» БИНОМ. Москвa 2008г
A.И. Гусев – Нaномaтеpиaли, стpуктуpи, технологии.Физмaтгит, Москвa 2009г
Rasulov, A.Kh., Chulliyev, Z.F., Umirzokova, F.B., Arazberdieva Sh.T., Tukhtasheva, M.N. “Creation of Superhard Composite Materials based on Diamond and Boron Nitride”. International Journal of Mechatronics and Applied Mechanics, 2023, Issue 14.
|
| |