• Parmalash kallagi
  • Pnevmatik ko‘targich
  • Pnevmoyuritma
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet116/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Parmalash dastgohi − metall va boshqa materiallardan tayyorlangan zagotovkalarda teshiklar ochadigan dastgoh. Parmalash dastgohida teshiklarni parmalab kengaytirish (quyma, bolg‘alab olingan mahsulot va shtampovkalarda), yo‘nib kengaytirish, zenkovka, zenkerlash, razvertkalash, rezbalar o‘yish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin. Shpindel o‘rnatilishiga ko‘ra parmalash dastgohlari vertikal, gorizontal (turg‘un shpindelli) va shpindeli siljiydigan, ba’zan esa qiya joylashadigan radialparmalash dastgohlariga bo‘linadi, shpindellar soniga ko‘ra bir va ko‘p shpindelli bo‘ladi. Bundan tashqari, parmalash dastgohlarining chuqur teshiklar parmalaydigan gorizontal-parmalash, stolgan o‘rnatiladigan, markaz ochadigan va boshqa ixtisoslashtirilgan xillari bor.
    Parmalash kallagimetall kesish dastgohi uzeli; unga teshiklarga ishlov beriladigan aylanuvchi asboblar – parma, zenker va boshqa o‘rnatiladi. Asosan radial-parmalash va agregat dastgohlarda, tokarlik avtomatlarida ishlatiladi.
    Patron − (fransuzcha patron, nemischa Patrone) – metallarga ishlov berishda patron – metall kesish dastgohlaridagi zagotovkalar yoki asboblar mahkamlanadigan moslama. Patronning mexanik, elektromagnitli, gidravlik, gidroplastli va pnevmatik xillari bor. Patronlar ikki, uch va to‘rt kulachokli, sangali bo‘lishi mumkin.
    Planshayba − (nemischa planscheibe) – tokarlik , teshiklarni yo‘nib kengaytirish va boshqa ba’zi metall kesish dastgohlarining shpindeliga o‘rnatiladigan flanetssimon moslama; ishlov beriladigan zagotovkani yoki asbobni mahkamlash, yoki ularga aylanma harakat uzatish uchun ishlatiladi.
    Plashka – bolt, vint, shpilka va boshqa detallarga rezba ochishda ishlatiladigan asbob. Zagotovka metallini plastik deformatsiyalab – bosib rezba yasaladigan va rezba kesiladigan plashka bo‘ladi.
    Pnevmatik ko‘targich − yuklarni siqilgan havo yordamida ko‘tarishda ishlatiladigan mexanizm. Pnevmatik ko‘targich porshen va shtokli osma silindr ko‘rinishida yasaladi; shtokka ilmoq yoki boshqa qamragich osiladi. Asosan, mashinasozlik zavodlarida ishlatiladi. Pnevmatik ko‘targich 1 t gacha yuk ko‘taradi, ko‘tarish balandligi, odatda, 0,5-1 m.
    Pnevmoyuritma − pnevmatik mexanizm - masofadan ta’sir etadigan pnevmatik kuch qurilmasi. Ta’sir xarakteriga ko‘ra pnevmoyuritmaning ilgarilama va aylanma harakatlanuvchi xillari bo‘ladi.
    Pona − bir yoki ikki ish qirrasi qiya tekislik ko‘rinishidagi oddiy qurol. Pona kesuvchi asbob (masalan, zubilo, yorgich), mashinalarning ajraladigan birikmalari detali va o‘rnatma yoki rostlovchi detallar sifatida (masalan, mashinalarni montaj qilishda) ishlatiladi.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.