|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 112/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikQattiq qotishmalar – tarkibi juda mayda volframkarbid va kobalt elementi aralashmalaridan iborat bo‘lgan, qattiqligi va ishqalanib yemirilishga chidamliligi yuqori darajada bo‘lgan materiallar.
Qoldiq austenit – tarkibida uglerod miqdori ko‘proq bo‘lgan po‘latlar tez sovitilganda martensitga aylanmay qolgan austenit.
Qora metallar – asosan temir, hamda uning qotishmalari (cho‘yanlar, po‘latlar).
Qotishma – ikki yoki undan ortiq elementlarni birga suyuqlantirish orqali hosil qilinadigan jism.
Qotishmalarning holat diaagrammalari – qotishmalar holatining harorat va konsentratsiyaga qarab o‘zgarishini ko‘rsatuvchi diagramma.
Quyma qattiq qotishmalar – detallarning tez yeyiladigan ish yuzalariga gaz alangasi yoki elektr-yoyi yordamida suyuqlantirilib qoplanadigam materiallar.
Rangli metallar – temirdan boshqa barcha metallar guruhi (mis, rux, alyuminiy va b.).
Rekristallanish – naklyoplangan metall yuqori haroratda qizdirilganda shu metall xossalarining tiklanish jarayoni.
Sementit – po‘lat va cho‘yanlarda uchraydigan temir karbidi.
Sementitlash – po‘lat yuzasini uglerod bilan boyitish jarayoni.
Shtamplar uchun po‘latlar – po‘latlarni sovuq holatda va qizdirilgan holatda deformatsiyalovchi asboblar (shtamplar) tayyorlash uchun ishlatiladigan yuqori haroratga chidamli asboblar.
Sianlash – po‘lat yuzasini bir vaqtning o‘zida uglerod va azot bilan to‘yintirish jarayoni.
Siluminlar – tarkibi, asosan, alyuminiy va kremniydan iborat bo‘lgan murakkab shakldor quyma detallar tayyorlashga mo‘ljallangan qotishmalar.
Solidus nuqtasi – qotishmaning batamom kristallanib bo‘lish haroratini ko‘rsatuvchi nuqta.
Sorbit – austinitni 630C gacha o‘ta sovitib, shu haroratda tutib turilganda hosil bo‘ladigan mayday donali, qattiqligi yuqori bo‘lgan ferrit-sementit aralashmasi.
Termik ishlash – qotishmalarni ma’lum haroratlargacha qizdirish, shu haroratlarda ma’lum vaqt tutib turish, so‘ngra esa ma’lum tezlik bilan sovitish yo‘li bilan uning tuzilishini (strukturasini) va xossalarini o‘zgartirish jarayoni.
|
| |