• Metalning puxtaligi
  • Mikrstruktura
  • Modifikatorlar
  • Olovbardosh po‘latlar
  • Metallarni qizdirib bosim ostida ishlash




    Download 14,49 Mb.
    bet110/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Metallarni qizdirib bosim ostida ishlash – metallarni rekristallanish haroratidan yuqori haroratlarda deformatsiyalash.
    Metallarni sovuqlayin bosim ostida ishlash – metallarni rekristallanish haroratida past haroratlarda deformatsiyalash.
    Metallarning birlamchi kristallanishi – metallaning suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishi.
    Metallarning mexanik xossalari – tashqi kuchlar ta’siri ostida metallaning o‘zini tutushini belgilaydigan tavsiflar.
    Metalning puxtaligi – metalning deformatsiyaga ko‘rsatadigan qarshiligi.
    Metalning sovish egri chiqig‘i – metalning sovish jarayonida uning issiqligining o‘zgarishini ko‘rsatadigan grafik tasvir.
    Mexanik aralashmalar – komponentlari suyuq holatda bir-birida eriydigan, qattiq holatda erimaydigan va o‘zaro kimyoviy birikma hosil qilmaydigan qotishmalar.
    Mikroshlif – mikroskop ostida kuzatish uchun mahsus ishlov berib tayyorlangan metall namunasi.
    Mikrstruktura – mikroshlif mikroskop ostiga qo‘yib qaralganda ko‘rinadigan struktura.
    Mineralokeramik qattiq qotishmalar – o‘z tarkibida alyuminiy oksidi (Al2O3) bo‘lgan minerial materiallni preslash va pishirish yuli bilan olinadigan materiallar.
    Modifikatorlar – suyuq metalga mayda donalar hosil qilish uchun qo‘shiladigan moddalar (zarralar).
    Monokristall – atomlarning muayyan tartibda joylashuvi natijasida hosil bo‘lgan geometrik jihatdan muntazam shakldagi jism.
    Naklyop – metalning plastik deformatsiya natijasida puxtaligi va qattiqligi ortib, plastikligini kamayish hodisasi.
    O‘ta sovish darajasi – metalning muvozanat harorati bilan haqiqiy kristallanish harorati orasidagi ayirma.
    Olovbardosh po‘latlar – yuqori (550oC dan baland) haroratlarda gazlar ta’siri ostida yemirilmaydigan po‘latlar.
    Oq cho‘yan – tarkibidagi uglerod temir bilan kimyoviy birikma (sementit) hosil qilgan, qattiq va mo‘rt cho‘yan.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallarni qizdirib bosim ostida ishlash

    Download 14,49 Mb.