• Po‘latga kimyoviy
  • Po‘latni normallash
  • Po‘latni toblash
  • Polikristall
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet111/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Payvandlanuvchanlik – metall va qotishmalarning payvandlashda puxta va zich birikma hosil qila olish xususiyati.
    Perlit – ferrit bilan sementetning mayin mexanikaviy aralashmasi.
    Plastiklik – metalning ma’lum sharoitda tashqi kuchlar ta’sirida yemirilmay o‘z shaklini asliga qaytmaydigan tarzda o‘zgartira olish xususiyati.
    Plastmassalar – organik polimer bog‘lovchilar asosida olinadigan sun’iy materiallar.
    Po‘latga kimyoviy – termik ishlov berish – po‘latning yuza qatlamining tarkibi, strukturasi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida har xil elementlar (uglerod, azot, bor va b) bilan to‘yintirish jarayoni.
    Po‘latni bo‘shatish – toblanagan po‘latni Ac1 kritik nuqtadan past haroratlargacha qizdirib, shu haroratlarda ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin sekin yoki tez sovitish jarayoni.
    Po‘latni normallash – evtektoiddan oldingi po‘latlarni Ac3 nuqtadan, evtektoiddan keyingi po‘latlarni Acm nuqtadan 30…50C yuqori haroratgacha qizdirib, shu haroratda po‘lat strukturasi nuqul austinitdan iborat bo‘lguncha tutib turilgandan keyin havoda sovitish jarayoni.
    Po‘latni toblash – po‘latni Ac3 va Ac1 haroratlardan yuqori haroratlargacha qizdirib, po‘lat strukturasida zarur o‘zgarishlar bo‘lguncha tutib turilgandan keyin tez sovitish jarayoni.
    Po‘latni yumshatish – po‘latni ma’lum haroratgacha qizdirib, shu haroratga zarur payt tutib turilgandan keyin sekin sovitish jarayoni.
    Po‘latning toblanuvchaligi – toblash natijasida po‘latning o‘z qattiqligini oshira olish xususiyati.
    Polikristall – har xil tarzda joylashgan monokristallar majmui.
    Puxtaligi yuqori bo‘lgan cho‘yan – tarkibidagi erkin uglerod (grafit) sharsumon shaklda mavjud bo‘ladigan cho‘yan.
    Qattiq eritmalar – qotishmaning bir komponenti atomlarining ikkinchi komponent kristall panjarasiga singishi yoki o‘rin almashishi natijasida hosil bo‘ladigan turi.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.