• Komponent
  • Kulrang cho‘yan
  • Likvidus nuqtasi
  • Metal va qotishmalarning qattiqligi
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet109/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Kesib ishlanuvchallik – vaqt birligi ichida yoki ma’lum ish sarf qilinadiganda eng ko‘p yo‘nib tushurilgan qirindi og‘irligi bilan baholanadigan miqdor.
    Kimyoviy birikmalar – birlamchi kristallanish jarayonida komponentlarining o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvi natijasida hosil bo‘lgan qotishmalar.
    Komponent – qotishmani tashkil etuvchi elementlarning har biri.
    Kristall jismlar – atomlari kristall panjara hosil qilib tartibli joylashgan jismlar.
    Kristall panjaraning davri (parametri) – elementar katakchadagi qo‘shni ikki atom oralig‘idagi masofa.
    Kristallanishning yashirin issiqligi – metall suyuq holatdan qattiq holatga o‘tayotganda ajralib chiqadigan issiqlik.
    Kulrang cho‘yan – tarkibidagi erkin uglerod (grafit) plastinkasumon tarzda uchraydigan cho‘yan.
    Ledeburit – 1147C dan 727C gacha semintit bilan austinitning 727C dan uy haroratigacha semintit bilan perlitning mexanikaviy aralashmasi.
    Legirlangan po‘latlar – tarkibida ataylab qo‘shilgan elementlar (masalan, xrom, nikel, molibden, volfram, vanadiy va b.) yoki ortiqcharoq miqdorda doimiy qo‘shimchalar bo‘lgan po‘latlar.
    Likvidus nuqtasi – qotishmaning kristallanaboshlash haroratini ko‘rsatuvchi nuqta.
    Martensit – austinetni taxminan 240C gacha sovitganda hosil bo‘ladigan, uglerodning alfa temirdagi o‘ta to‘yingan qattiq eritmasidan iborat, juda qattiq va mo‘rt struktura.
    Metal va qotishmalarning qattiqligi – metall yoki qotishmalarning o‘zidan qattiqroq jismning botishiga qarshilik ko‘rsata olish xossasi.
    Metall donalari – (yoki kristallitlari) – muntazam geometrik shakli buzilgan kristallitlar.
    Metall va qotishmalarning texnologik xossalari – metallarni texnologik ishlash, ya’ni yuqish, bolg‘alash, payvandlash, kesib ishlash uchun yaroqlilik darajasini ko‘rsatuvchi xossalar (kirishuvchalik, suyuq holatda oquvchanlik, bolg‘alanuvchanlik, kesib ishlanuvchanlik va b.).

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.