|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 108/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikDiffuzion metallash – yuqori harorat ostida po‘lat yuzasiga alyuminiy, xrom, kremniy, bor, titan va b. elementlar atomlarini diffuzion singdirish.
Duralyuminiylar – tarkibiga alyuminiy bilan mis, marganits, magniy, rux, kremniy kabi elementlar kiradigan, deformatsiyalar buyumlar tayyorlashga mo‘ljallangan alyuminiy qotishmalari.
Elementar katakcha – kristall panjaraning eng kichik qismi(bo‘lagi).
Evtektika – sistemada eng past haroratda suyuqlanadigan (yoki qotadigan) qotishma.
Faza – qotishmaning bir-biridan chegara sirtlarbilan ajralib turadigan, bir jinsli qismi.
Fazaviy panjara – bir biriga parallel joylashgan bir qancha kristallagrafik tekisliklardan fazoviy panjara hosil bo‘ladi.
Ferrit – uglerodning alfa-temirdagi singish qattiq eritmasi.
Gidravlik yuritma – suyuqlikning mexanik energiyasini yetakchi zveno (val, shtok) ning mexenik energiyasiga aylantiruvchi mashina. Ishlash printsipiga qarab, dinamik (masalan, gidravlik turbina), hajmiy (masalan, gidrosilindr) xillari bor.
Grafit – bu faza uglerodning shakl o‘zgarishlaridan biri bo‘lib, u plastinkalar yoki donalar shaklida bo‘ladi.
Haqiqiy kristallanish harorati – suyuq metallning batamom kristallanib bo‘lishiga to‘g‘ri keladigan harorat.
Issiqbardosh po‘latlar – yuqori haroratlarda yuk ta’siri ostida bo‘ladigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladigan po‘latlar.
Kadmiylash − atmosfera korroziyasidan, suv ta’siridan himoya qilish, shuningdek bezash uchun metall buyumlar sirtini yupqa (odatda, 10-25 mkm) kadmiy qatlami bilan qoplash. Elektrokimyoviy va vakuum (murakkab shaklli buyumlar uchun) usullarda amalga oshiriladi.
Karbyurizator – sementitlash jarayonida po‘lat yuzasiga singadigan faol uglerod atomini hosil qilishga hizmat qiladigan qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalar.
Kavsharlash − qattiq holatdagi materiallar (po‘lat, cho‘yan, grafit, sopol va boshqalar)ni eritilgan kavshar bilan ajralmaydigan qilib biriktirish. Kavsharlashda asosiy material va buyumning biriktiriladigan qismlari orasini to‘ldiradigan kavshar birgalikda erib, bir-biriga singadi.
|
| |