|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 114/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikKopirlash dastgohi − egri chiziqli sirtlarga kopir bo‘yicha ishlov beradigan dastgoh. Tokarlik, frezalash, silliqlash va boshqa xillari bor. Kopirlash-frezalash dastgohlari keng tarqalgan. Belgilar (harflar, raqamlar va boshqalar), naqshlar, egri chiziqlar va boshqalarni o‘yib ishlaydigan dastgohlar ham kopirlash dastgohlari deyiladi.
Ko‘p tig‘li asbob − bir xil shakldagi bir necha kesuvchi qirrali (yaxlit) metalla qirqish asbobi: parma, zenker, razvertka, freza, metchik, plashka, egov va boshqalar.
Lyunet − (fransuzcha, lunette), lyunetta mashinasozlikda - stanokda ishlov beriladigan uzun, ingichka zagotovkalarni qo‘shimcha ushlab turadigan qurilma. Bunday lyunet zagotovkani o‘z og‘irligi va keskichning bosimi ta’sirida egilishidan hamda titrashdan saqlaydi.
Manjet − mashinalardagi zichlovchi detal; suyuqlik (ba’zan gaz)ning yuqori bosimli bo‘shliqdan past bosimli bo‘shliqqa (ular orasidagi silindrik detal harakatlanganida) sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Manjet П -simon kesimli halqa ko‘rinishida charm, rezinadan tayyorlanadi.
Metall qirqish asbobi − zagotovka (ko‘pincha, metall)larga qirindi yo‘nib ishlov beradigan asbob. Metall qirqish asbobi xarakterli geometrik shaklga va ishlov berishda yetarlicha chidamlilikka ega bo‘lishi kerak. Dastgohda ishlatiladigan metall qirqish asbobi: keskichlar, parmalar, frezalar, tish qirqish asbobi, rezba qirqish asbobi, abraziv asbob. Dastaki metall qirqish asboblari: zubilo, egovlar, temir arra, sheber (qirgich)lar va boshqa turli dastaki mashinalar kiradi.
Metall qirqish dastgohi − buyumlarga, asosan qirqish asbobi bilan qirindi yo‘nib ishlov beradigan mashina. Ishlatilishiga ko‘ra quyidagi xillarga bo‘linadi: universal (umumiy ishlarga mo‘ljallangan) – detallarga ishlov berishda turli operatsiyalar bajaradi; ko‘p ishlarga mo‘ljallangan – keng nomenklaturadagi buyumlar uchun chekli operatsiyalar bajaradi; ixtisoslashtirilgan – bir xil nomdagi yoki shakldagi o‘xshash detallarga ishlov beradi; maxsus – bir xil tip o‘lchamli detallarga ishlov beradi.
Metchik − buyumlarga ichki rezba chiqaradigan metall qirqish asbobi. Dastaki va mashinaga (dastgohga) o‘rnatiladigan bo‘ladi. Gayka va shunga o’xshasha katta diametrli buyumlarga rezba chiqarishda avtomat metchikdan foydalaniladi. Metchikning bir uchu rezba chiqaruvchi qismdan iborat, ikkinchi – quruq qismi esa dastgohga mahkamlanadi.
|
| |