|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 101/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikKesish tezligi minutiga metr hisobiga o‘lchanadi va v harfi bilan belgilanadi. Buyumning yoki kesuvchi asbobning millimetr bilan ifodalangan diametri D ga va minutiga aylanishlar soni n ga qarab, kesish tezligi quyidagi tenglamadan topiladi :
V= π D n / 1000 m/min
Harakat ilgarilama-qaytar bo‘lganda to‘g‘ri va teskari yurishning o`rtacha tezligi quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Vo`rt = 2 H n/ 1000 m/min
Bu erda N - yurish uzunligi, mm;
n – minutiga qo‘sh yurishlar soni.
Agar teskari yurish tezligi to‘g‘ri yurish tezligiga teng bo‘lsa, Vo`rt tezlik kesish tezligining o‘zi bo‘ladi. [7]
Keskichning buyum bir marta aylanganda yordamchi harakat yo‘nalishida surilish oralig‘i surish deb ataladi va s harfi bilan belgilanadi.Shpindelning bir marta aylanishiga to‘g‘ri kelgan surish so bilan belgilanadi va mm hisobida o‘lchanadi.
Kesuvchi asbob bir marta o‘tishida zagotovkadan kesib oladigan metall qatlamining qalinligi kesish chuqurligi deb ataladi va t harfi bilan belgilanadi.
Tokarlik dastgohida bo‘ylama yo‘nishda kesish chuqurligi buyumning keskich bir marta o‘tishida yo‘nishidan oldingi va yo‘nilgandan keyingi diametrlari ayirmasidan iborat bo`lib, quyidagi formuladan topiladi :
t = D – d /2 mm
Bu yerda D - zagotovkaning yo‘nishdan oldingi diametri, mm;
d – buyumning yo‘nilgandan keyingi diametri, mm.
12.4. Tokarlik keskichi va uning burchaklari
Keskich ikki qismdan tuzilgan: bosh qismi – qirqish tig‘lari joylashgan; o‘zak- tanasi – keskich ushlagichga joylashtirilib mahkamlashga xizmat qiladi. Tokarlik keskichlarining turlari ko‘p .
12.4-rasm. Keskich elementlari
Ishlanayotgan zagatovkada kesilayotgan davrda quyidagi yuzalarni tarif etadilar.
12.5-rasm. Tokarlik keskichlari turlari : a- to‘g‘ri yo‘nuvchi keskich; b-toza yo‘nadigan keskich; d-surib yo‘nuvchi; e-kesib ajratuvchi; f-qirquvchi; g- fason yuzalarni ishlovchi; h-rezba qirquvchi ; i-ichki yuzalarni yo‘nuvchi
Tokarlik keskichlarining asosiy qismlari quyidagilar:
Ishlanilayotgan – yo‘nilayotgan yuzadan metall qatlami kesiladi bu qatlam qiytim deyiladi.
Ishlangan- yo‘nilgan yuza, qaysiqi, qiytim olib tashlangandan so‘ng hosil bo‘ladi.
Keskich – yo‘nilayotgan yuzasi keskichning asosiy qirqish vositasida hosil bo‘ladi.
Keskichning bosh qismi quyidagi yuzalardan tashkil topgan: oldingi, asosiy orqa, yordamchi orqa.
Oldingi yuza- metall qirindi sirpanib tushadigan yuza.
Asosiy orqa yuza - keskichning kesish yuzasiga qaragan yuzasi.
Yordamchi orqa yuza - ishlangan yuzaga qaragan.
Oldingi va asosiy orqa yuzalarning kesishgan chizig‘i keskichning asosiy qirqish tig‘ini tashkil qiladi. Oldingi va yordamchi orqa yuzalarning kesishgan chizig‘i-yordamchi qirqish tig‘ini, tashkil qiladi. Keskichning cho‘qqisi - asosiy va yordamchi qirqish tig‘larining uchratgan nuqtasidir.
Keskich geometriyasini aniqlash uchun quyidagi tekisliklar mavjud.
Asosiy tekislik - keskichning uzunasiga va ko‘ndalang surilishiga parallel bo‘lgan tekislik.
Kesish tekisligi - asosiy qirqish tig‘idan o‘tib, kesish yuzasiga urunma.
Asosiy kesuvchi tekislik - asosiy qirquvchi tig‘ning asosiy tekislikdagi iziga tik.
Yordamchi kesuvchi tekislik - yordamchi qirqish tig‘ining asosiy tekisligidagi iziga tik.
|
| |