|
λ kattalashishi bilan ishlayotgan yuza sifati pasayadi.
12.5. Qirindi hosil bo’lishi va qirindi turlari
|
bet | 103/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikλ kattalashishi bilan ishlayotgan yuza sifati pasayadi.
12.5. Qirindi hosil bo’lishi va qirindi turlari
Yo‘nilayotgan va yo‘nilgan yuzalar orasida kesish yuzasi bo‘ylab o‘lchangan masofa qirindi eni deyiladi va b harfi bilan belgilanadi.
Qirindining eniga perpendikulyar bo‘lib, kesish yuzalarining ketma-ket ikki vaziyati orasida o‘lchangan masofa qirindining qalinligi deb ataladi va a harfi bilan belgilanadi.
Surish so bilan kesish chuqurligi t ni qirindi qalinligi a va eni b ga almashtirib yuradilar. Haqiqatda esa bu kattaliklar turlicha qiymatlarga ega. Kesishning bu elementlari plandagi asosiy burchakka bog‘liqdir. k/p uchburchakdan surish so bilan qirindi qalinligi a orasidagi bog‘lanishni aniqlash mumkin:
a = so sin φ mm,
klh uchburchakdan esa kesish chuqurligi t bilan qirindining eni b orasidagi bog‘lanish topiladi:
b = t / sin φ mm
Bu bog‘lanishlar oldingi burchak nolga teng, asosiy kesuvchi qirraning qiyalik burchagi ham nolga teng, keskich uchi esa markazlar o‘qiga to‘g‘ri qilib o‘rnatilgan hol uchun to‘g‘ridir. Qirindi ko‘ndalang kesimining yuzi f kesish chuqurligi bilan surish orasidagi yoki qirindining qalinligi bilan qirindi eni orasidagi ko‘paytmaga teng:
f = t so = a b mm2
Vaqt birligi ichida (bir minutda) kesib olinadigan metall hajmi (Q) kesish tezligi v, kesish chuqurligi t va surish so ga bog`lik bo`lib, taqriban quyidagi formuladan topiladi
Q= v t so .
Tayyorlanmaning yo‘nilayotgan yuzasidan kesib olinadigan metall qatlami qirindi deb ataladi . Qirindi hosil bo‘lish jarayoni amaliy jihatdan juda katta ahamiyatga ega, yo‘niliyotgan yuzaning sifati, kesuvchi asbobning yeyilishi va yo‘nib olinadigan qirindining hajmi qirindi hosil bo‘lish jarayoniga bog‘ligi. [8]
|
| |