|
Kesib ishlashda harakatlar. Ishlov berish sxemasi
|
bet | 100/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik12.2. Kesib ishlashda harakatlar. Ishlov berish sxemasi
Yo‘nish aylanib turgan jismlarning tashqi, ichki, silindrik, konussimon shakldor hamda chekka yuzalariga kesish yo‘li bilan ishlov berishning asosiy usuli hisoblanadi. Yo‘nish turli xildagi tokarlik dastgohlarida amalga oshiriladi (universal, maxsus, karusel, revolver hamda raqamli boshqarish dasturi bo‘lgan metall kesish dastgohlari). Xarakteri va texnologik vazifasiga ko‘ra yo‘nish quyidagi turlarga bolinadi: xomaki yo‘nish, bunda qo‘yimning katta qismi qirqiladi; qisman tozalab yo‘nish; tozalab yo‘nish; shakl beruvchi nozik yoki uzil-kesil yo‘nish. Xomaki yoki dag‘al yo‘nish pokovka, shtampovka va quymalarning chetga chiqishlari va nuqsonlarini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Xomaki yo‘nishdan so‘ng zagotovkaning aniqligi 1 2 ... 16 kvalitet, ishlov berilgan yuzaning g‘adir-budurligi R {— 100...25 mkm bo‘ladi. Qisman tozalab yo‘nish 11... 13 kvalitet bo‘yicha aniqlikni, ishlov berilgan yuza g‘adir-budurligi R = 50... 12,5 mkm ta’minlaydi.
12.2-rasm. a – to‘g‘ri; b – konus; c – fason; d – frezalash yuza; e – kontur frezalash
12.3-rasm. a – fason yuza; b – parmalash; c – sidirish protyagivaniy
Yo‘nishda metall kesish jarayoni tokarlik keskichlari bilan amalga oshiriladi. Dastgoh supportidagi keskich-tutkichda mahkamlangan keskich bo‘ylamasiga yoki ilgarilanma va ko‘ndalang harakat qiladi, dastgoh shpindeliga mahkamlangan detal esa aylanadi. Tokarlik ishlovi berishning asosiy operatsiyalari quyidagilardir: yo‘nish, kesish, yonlarini kesish, tashqi chuqurliklarni o‘yish, shakldor yo‘nish, ichki yuzalarni yo‘nish, faskalar ochish, keskich vositasida tashqi va ichki rezbalar kesish va hokazo. [4]
Barcha kesish jarayonlarining sxema tarzida ko‘rsatish mumkin . Unda o‘rnatish, mahkamlash va kesish harakatlari ko‘rsatiladi.
12.3. Yo’nishda kesish rejimi elementlari
Kesish jarayonining asosiy elementlari. Metall kesish dastgohlarida buyumlar ishlashda buyum va asbob bir-biriga nisbatan siljiydi, bu siljish (harakat) asosiy harakat, boshkacha aytganda, kesish harakati bilan surish harakatiga bo‘linadi.
Kesish jarayonining sodir bo`lishiga olib keladigan harakat asosiy harakat yoki kesish harakati deb ataladi.
Asosiy harakat tokarlik dastgohida buyumning uz o‘qi atrofida aylanishdan, parmalash dastgohida parmaning aylanishidan, frezalash dastgohida frezaning aylanishidan, ko‘ndalang- randalash dastgohlarida esa polzunning ilgarilama-qaytar harakatidan iborat.
Asbobning yo‘nilayotgan materialga botib kirishini ta’minlovchi harakat yordamchi harakat yoki surish harakati deb ataladi.
Tokarlik dastgohida surish harakati keskichning yo‘nilayotgan buyum bo‘ylab siljishidan parmalash dastgohlarida parmaning o‘z o‘qi bo‘ylab surilishidan, frezalash dastgohlarida esa yo‘nilayotgan buyumning aylanuvchi freza tomon surilishidan iborat.
Buyum yo‘nilayotgan yuzasining asbob kesuvchi qirrasiga nisbatan asosiy harakat yo‘nalishida vaqt birligi ichida o‘tgan yo‘li uzunligi kesish tezligi deyiladi
|
| |