|
-rasm. Kavsharlash uskunasi
|
bet | 97/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik11.27-rasm. Kavsharlash uskunasi.
Yumshoq kavsharlashda elektr payarlniklardan foydalanilsa, qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda benzin, gaz alangasida qizdiriluvchi turli konstruksiyadagi poyalniklardan foydalaniladi. Ba’zida kavsharlash joylarini qizdirish va kovsharni suyuqlantirish uchun elektrik alangali pechlardan ham foydalaniladi.
11.10. Rangli metallarni payvandlash
Mis va uning qotishmalarini payvandlash.
Bularning payvandlanuvchanligiga zararli qo‘shimchalar borligi katta ta’sir ko‘rsatadi: O2; N2; Bi; Pb va h.k.
Mis tarkibidagi kislorod, issiq darz ketishning asosiy sababchisidir. Kislorod misda oksid shaklida bo‘ladi: Cu2O
Mis (2)-oksidi mis bilan 1064°C da suyuqlanadigan evtektika (Cu2O-Cu) berib, bu evtektikaviy chok donlarining chegararida joylasha boradi, bu hol payvandlashda chokning kristallanishida ichki zo‘riqish kuchlari hosil |bo‘lishi natijasida chokning (suyuq qatlamlar bo‘yicha hali sovimaganda) darz ketishiga sabab bo‘ladi. Donlar chegarasi bo‘ylab evtektika turining borligi uni mo’rtlashtiradi, suyuqlantirilgan mis intensiv ravishda vodorodni yutadi. Shu sabablarga binoan misni amalda ko‘proq kuchli atsetilen-kislorod alangasida payvandlanadi., Agar list qalinligi t > 5 mm bo‘lsa. ular ma’lum temperaturagacha qizdirib olinadi. Bi va Rb larning ta’siri ham shu kabidir. Suyuqlantirilgan misda vodorod juda yaxshi eriydi. Lekin, kristalizatsiya davrida erish keskin kamayadi. Qotish davrida payvandlash vannasida vodorodning ajralib chiqishi gaz g‘ovaklar hosil bo‘lishiga olib keladi. Qattiq metalda erigan holda qolgan vodorod mis (2)-oksidi bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada suv parlari ajralib chiqadi. Bu misda erimaydi va bosim ostida mikrobo‘shliqlarda-g‘ovaklarda yig‘iladi. Bu vodorod mo‘rtligiga olib keladi: sovush davrida qattiq holda darz ketadi.
Yoy payvandlashda bunga yo‘l quymaslik uchun, himoya gaz muhitida (argon, geliy, azot va ularning aralashmalari) payvandlash kerak. Payvandlovchi va chok bop sim lar tarkibida qaytaruvchi (raskisliteli) lar kuchli bo‘lishi kerak: sirkoniy, bor, fosfor, kremniy.
Latunlarni payvandlashda asosiy qiyinchilik sinkning (rux) parlanishi.
Rux parlari zaharli, maxsus maskalarda ishlanadi. Rux parlanishi natijasida chok sifati yomonlashadi va g‘ovaklar ham hosil bo‘lishi mumkin. Lutunni ham mis payvandlashdagi usullardan foydalaniladi. Gaz alangasida payvandlanganda maxsus gaz flyusdan foydalaniladi. Payvand vannasi yuzasida hosil bo‘lgan bo‘r angidridi rux parlarini shlakka bog‘lab turadi.
Bronzalar
Bronzalar ham yuqoridagi usullar yordamida payvandlanadi. Lekin, qalayli bronza qizdirilmasdan va tez payvandlanishi loztim. Aks holda, yaxshi eriydigan qalay erib ketadi.
Latun va bronzalarning elektr qarshiligi misnikidan ko‘p. Shuning uchun kontaktaviy usul bilan yaxshi payvandlanadi. Mis kontaktaviy usul bilan payvandlanmaydi.
|
| |