• Kavsharlash jarayonining klassifikatsiyasi.
  • Kapillyar kavsharlash sxemasi
  • Kavshar-svarka birikmasining sxemasi
  • Kavsharlash texnologiyasi samaradorligi




    Download 14,49 Mb.
    bet95/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    11.9. Kavsharlash texnologiyasi samaradorligi
    Kavsharlash deb, kavshar materiallari bilan metallarni qattiq holatda bir-biriga mahkamlash ya’ni, kavsharlanuvchi yuza orasidagi kapillyar tirqishlarga erigan metallni quyish va kristallanish natijasida kavshar birikmalar olishga aytiladi. Bundan ko‘rinadiki kavsharlash jarayoni issiqlik hodisasi bilan uzviy bog‘liq.
    Sifatli kavshar birikmalarni olish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
    1) Metallarni kavsharlashdan oldin sirtqi qatlami (oksid pardasini)ni yaxshilab tozalash;
    2) Metallar orasidagi tirqishlarning oraliq masofasini to‘g‘ri tanlash.
    Kristallanish jarayonida oraliq tirqishlarga kiritilgan kavshar material bilan metall sirti o‘zaro bog‘lanib kavshar birikma hosil bo‘ladi.
    Kavsharlash jarayonining klassifikatsiyasi. Kavsharlashni quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: birinchidan, fizik-kimyoviy jarayonining mohiyatiga ko‘ra, oqib o‘tish orqali kavshar birikmaning hosil bo‘lishi, ikkinchidan, kavsharlash texnologiyasiga ko‘ra turli ko‘rinishdagi issiqlik manbalari yoki qizdirish qurilmalari bilan kavsharlash.
    Fizik-kimyoviy jarayonning mohiyatiga ko‘ra quyidagi asosiy ko‘rinishlarga yoki kavsharlash usullariga bo‘linadi:
    1) kapillyar kavsharlash;
    2) diffuzion kavsharlash;
    3) kontakt-reaksion;
    4) reaksion-flyusli;
    5) kavshar-svarka.
    1) Kapillyar kavsharlash bu detallar orasidagi tirqishlarni kavshar materillar bilan to‘ldirib ikki sirtni kapillyar kuchlar hisobiga biriktiradi va ularni ushlab turadi (11.25-rasm).

    a) b)
    11.25-rasm. Kapillyar kavsharlash sxemasi: a - kavsharlashgacha; b - kavsharlashdan keyin

    2) Diffuzion kavsharlash deb yuqori temperada ma’lum muddat ushlab turish orqali biriktiriluvchi detallar sirtining komponentlarini o‘zaro diffuzion bog‘lanishi orqali biriktirish usuliga aytiladi.


    Asosiy metall va kavshar metalni o‘zaro diffuzion kavsharlashga ko‘ra quyidagicha birinchidan, kavshar va asosiy metallni o‘zaro qattiq qotishma bilan bog‘lab, plastikligi va kavshar birikmaning mustaxkamligi keskin oshirilishiga atom-diffuzion kavsharlash; ikkinchidan, qiyin eriydigan va mo‘rt metall qotishmalarni diffuzion kavsharlash jarayonida, oqib o‘tuvchi kavsharlar hisobiga reaksion-diffuziya vujudga keladi, chok metalining haroratini oshishi bilan kavshar birikmaning olovbardoshligi oshib reaksion-diffuzion kavsharlanadi.
    Masalan, W ni Pt-B qotishma bilan kavsharlashda harorat 8550 ni tashkil etadi va quyidagi reaksiya hosil bo‘ladi:
    3W + Pt B  PtW + W2B
    3) Kontakt-reaksion kavsharlash deb ikki metalning orasiga oson eriydigan kavshar metalini joylashtirib uni likvidus chizig‘igacha qizdirib tutashgan sirtlarda evtektik reaksiya paydo bo‘lishiga aytiladi.
    4) Reaksion-flyusli kavsharlash deb, kavshar materialini reaksiyaga kirishishi hisobiga asosiy metall bilan asosiy metall va flyus bilan o‘rin almashishiga aytiladi. Reaksion-flyusli kavsharlash ikki xil variantda amalga oshiriladi: kavshar metalini singdirmasdan va kavshar metalini qo‘shimcha singdirish.
    Kavshar metalini singdirmasdan reaksion-flyusli kavsharlash usuliga alyuminiyni rux xloridi bilan kavsharlashni misol qilib keltirsak bo‘ladi. Bunday kavsharlashda alyuminiy detal sirtiga flyus qo‘yiladi va uni qizdirilgandan so‘ng alyuminiy bilan rux xloridi reaksiyaga kirishadi:
    3Zn Cl2 + 2Al = 2Al Cl3 + 3Zn
    Bunda rux xlorid kavsharlovchi material hisoblanib, alyuminiy sirtiga o‘tiradi va tirqishlar orasidan oqib o‘tib, detalni kavsharlab biriktiradi.
    5) "Kavshar-svarka" usuli kavsharlash usuliga ko‘ra suyultirish usuli, kavsharning materialga sifatli o‘tirishi bilan xarakterlanadi. "Kavshar-svarka" kavsharlash usuli, ulanuvchi detallarning chekka qismlarini eritmasdan biriktirib kavsharlash va detallarning chekka qismlarini eritib kavsharlashga bo‘linadi. Bu usul bilan asosan oson eriydigan metallardan tayyorlangan detallarni kavsharlashda foydalaniladi (7.21-rasm).

    a) b)
    11.26-rasm. Kavshar-svarka birikmasining sxemasi: a – detalning chekka qismlarini eritmasdan; b – detalning chekka qismlarini eritish.

    Kavsharlarning suyuqlanish harorati kavsharlanuvchi metall haroratidan ancha past bo‘ladi. Chok puxtaligi kavsharlanuvchi asosiy metall bilan kavsharning o‘zaro diffuziuyanlashiga bog‘liq.


    Sifatli choklar olish uchun kavsharlanuvchi yuzalar egov, shaber yoki jilvir qog‘oz bilan yaxshilab tozalanadi. Keyin ular bir-biriga moslab olinadi-da, ular oralig’iga kavshar o‘tishi ya’ni tirqish qoldiriladi.
    Yumshoq kavsharlar uchun oraliq tirqish (зaзоp) 0,025-0,075 mm tirqish qoldiriladi. Qattiq kavsharlagich metall va qotishmalar uchun bu zazor: kumushli kavsharlar uchun bu tirqish 0,05-0,08 mm; mis kavsharlar uchun esa 0,012-0,014 mm bo‘ladi. Mustahkam kavshar birikmalar olish uchun bu tirqishlar to‘g‘ri joylashtirilishi kerak. Shuning uchun ham kavsharlashda oldin detallar rostlanishi kerak.
    Detallarni kavsharlashda uning materialiga qarab kavshar materiallar standartlarda qabul qilingan ma`lumotlarga asosan olinadi va 1- va 2- jadvallarga asosan tanlanadi.


    11.2-jadval

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kavsharlash texnologiyasi samaradorligi

    Download 14,49 Mb.