• - Gazoviy payvandlash sxemasi
  • Gazaviy payvandlash apparatlari va uskunalari:gaz ballonlari, reduktorlar, atsetelen generatorlari, payvandlash gorelkalari.
  • Gaz balloni sxemasi
  • Reduktorlar.
  • Gaz yordamida payvandlash tamoyili




    Download 14,49 Mb.
    bet91/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Gaz yordamida payvandlash tamoyili
    Metallarni gaz alangasida payvandlashda issiqlik manbai sifatida, yonuvchi gazlarni ma’lum nisbatda kislorod bilan aralashtirib havoda yondirishda ajralgan alanga issiqligidan foydalaniladi. Aralashtirish gaz garelkasida bo‘ladi.
    Bu usul oddiy, qimmat uskunalarni talab qilmaydi. Lekin qizdirish tezligi past, issiqlik ta’sir qilish zonasi katta. Sifatli chok olish ishchi malakasiga bog‘liq, alanganing quvvatiga bog‘liq. Yoqilgi sifatida 1) atsetilen, 2) vodorod, 3) -neftigaz, 4) tabiiy gaz, 5) benzin va kerosin parlari va h.k. qo‘llanishi mumkin. Payvandlashda asosan atsetilen va vodorod qo‘llaniladi. Qolganlari qirqishda.

    11.15. rasm- Gazoviy payvandlash sxemasi
    Gorelkaga atsetilen va kislorod ballonlardan keladi va unda aralashadi. Atsetilen generatoridan ham kelishi mumkin. Undan chiqishda yonadi. Alanga issiqligida asosiy metall qirralari va qo‘shiladigan sim erib zagotovkalar orasidagi tirqish to‘ladi va sovigach, qotib payvand choki hosil bo‘ladi.
    Gazaviy payvandlash apparatlari va uskunalari:gaz ballonlari, reduktorlar, atsetelen generatorlari, payvandlash gorelkalari. Ballonlar po‘latdan yasalgan silindr bo‘lib, tag qismi sferik bo‘ladi. Bo‘g‘iz qismidan ventil o‘rnatiladi va qalpoq burab o‘rnatiladi. Kislorod havo rangli po‘lat ballonda 15MPa bosim ostida keltiriladi. Bunda kislorod hajmi bosim ostida Vbosim=6000 dm3. Ballonning o‘zning hajmi Vo=40 dm3 )(40l).

    11.16.-rasm. Gaz balloni sxemasi: 1-qalpoq; 2-tamba ventil; 3-halqa; 4-bo‘g‘iz; 5-bashmak; 6-tag qismi.

    11.17 -rasm. Har xil gazli gaz ballonlari

    Kislorod balloni havo ranga bo‘yaladi va qora rangli harf bilan «kislorod» deb yoziladi. Atsetilen balloni esa oq ranga bo‘yalib qizil rang harf bilan atsetilen deb yoziladi.


    Atsetilen esa Vaset=1,5 MPa bosimda bo‘ladi.
    Ballonlar har 5 yilda maxsus sinashdan o‘tkaziladi.
    Reduktorlar.
    Reduktorlar ballondan olinadigan gaz bosimini pasaytirish va ballondagi gaz bosimining pasayishiga qaramay olinadigan gaz bosimini bir xil qiymatda saqlab turish uchun xizmat qiladi



    11.18-rasm. Siqilgan gazlar uchun reduktorlar
    Kislorod reduktorlari bosimini 15 dan 0,1 MPa gacha tushiradi. Atsetilen ballonlari esa 1,6 dan 0,02 MPa gacha (1 at.m. 0,1MPa).
    Manometrlarning biri reduktorga kiruvchi, ya’ni ballondagi gaz bosimini, ikkinchisi ishchi bosimini ya’ni chiqib ketayotgan gaz bosimini o‘lchaydi.
    Bu yerda ham kislorod reduktori havo ranga, atsetilen reduktori oq ranga bo‘yaladi. [7]

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gaz yordamida payvandlash tamoyili

    Download 14,49 Mb.