|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 87/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik3. Yuqori legirlangan: Св- 06X19Н10M3T; Св- 07X25Н13.
Konstruksion po‘latlarni payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar tiplari: Э38, Э42, Э42A, Э46,..., Э150gacha.
Raqamlar chok metalining vaqtincha qarshiligini 10-1MPa birligida ko‘rsatadi. A - uning yuqori plastikligini va qovushqoqligini ko‘rsatadi.
Issiqqa chidamli va yuqori legirlangan po‘latlarni (guruh T, V, N) payvandlash uchun alohida elektrod ishlatilib, E harfi bilan belgilab, qolgani legirlangan po‘latlarni kimyoviy tarkibini ko‘rsatkandek kimyoviy tarkibini ko‘rsatadi: Э-28X24Н16Г6. [7]
Payvandlash rejimini belgilash
Metallarni dastaki usulda payvandlash rejimining asosiy parametri payvandlash toki bo‘ladi. Uning qiymati elektrodning diametri va xiliga qarab tanlanadi:
I=kd; A
k- koeffisiyent tajribadan olingan;
k = 40-60 agar elektrod simi kam uglerodli po‘latlardan yasalgan bo‘lsa, iA/mm;
k = 35-40 agar elektrod simi yuqori legirlangan po‘latlardan bo‘lsa A/mm;
d - elektrod simining o‘zagi diametri. Bu payvandlanayotgan po‘lat qalinligiga qarab topiladi:
11.1-jadval
Qalinligi, §, mm
|
1-2
|
3-5
|
4-10
|
12-24 va yuqori
|
[Diametri, d, mm
|
2-3
|
3-4
|
4-5
|
5-6
|
11.4. Flyus ostida yarim avtomatik elektr yoy payvandlash
Bunda elektrodda qoplama yo‘q. "Flyus yoyni va payvand vannasini havodan muhofaza qiladi.
Asosiy yaxshi tomonlari:
1. Yuqori ish unumi: dastaki payvandga nisbatan 5-20 marta ko‘p, chunki tok kuch katta: 300-2000A.
2. Chok sifati yuqori-mexanikaviy xossalari yuqori.
3. Qoplamasiz elektrod-sim ishlatilishi hisobiga tannarxi ham past;
4. Eritish imkoniyati yetarli chuqur bo‘lgani uchun, qalin zagotovkalarni ham payvandlash mumkin: δ= 15-20 mm.
11.10-rasm. Flyus ostida avtomatikaviy yoy payvandlash jarayoni sxemasi
1-tok o‘tkazgich; 2-uzatish mexanizmi; 3-elektrod sim; 4-suyuq shlak vannasi; 5-flyus qatlam; 6-shlak posti; 7-payvand choki; 8-asosiy metall; 9-suyuq metall vannasi; 10-elektrik yoy
|
| |