Payvandlash transformatorlari. Asosan tashqi xarakteristikasi kamayuvchi bo‘lgan transformatorlar ishlatiladi: dastak yoy payvandlashda va flyus ostida avtomatik payvandlashda. Eng ko‘p tarqalgani TS va TD tipidagilari.
11.5 - rasm. TS va TD tipidagi payvand transformatorlarining sxemalari:
a-o‘ramaning kichik tokdagi holati; b-katta tokdagi holati
Payvand tokini o‘zgartirish uchun masofa Lni o‘zgartirish kerak. L qisqartirilganda FS1 va FS2 lar bir-biri bilan yoyilib ketadi (ular qarama-qarshi tomonga yo‘nalganligi uchun). Natijada, ikkinchi cho‘lg‘amdagi induktiv qarshilik kamayib, payvand toki ortadi. Eng kam payvand toki Lmax to‘g‘ri keladi.
11.5 - rasm. TSK – 500 transformatorining tuzilishi
Bulardan tashqari V.P. Nikitin ixtiro qilgan transformatorlar ham qo‘llaniladi. (Bular eski). Ularning tiplari: STN-500; STN-1000; STN-2000;bu yerda 500, 1000, 2000 lar tok kuchlari A; V=220-380V yondirish uchun V==60-80V qilib beriladi.
Uch fazali yoy bilan payvand qilinganda tashqi xarakteristikasi kamayuvchi maxsus transformatorlardan foydalaniladi: TTS va TTSD tipidagi bir fazali 2 transformatordan yig‘iladi. Elektroshlak payvandlash uchun esa TShP va TShS tipidagi transformator qo‘llaniladi.
Payvandlash to‘g‘irlagichlari kremniyli yarimo‘tkazgich ventildan yig‘ilgan tokni pasaytiruvchi uch fazali transformatordan va to‘g‘rilovchi blokdan iborat.
11.6-rasm. Payvandlash to‘g‘irlagichi
To‘g‘rilagich tovushsiz, foydali ish koeffitsiyenti yuqori, ishlatish oson va yengil. Past kuchlanishli toklarda turg‘un yoy ta’minlaydi. Ammo yarim o‘tkazgichlarni qizishi sababli ventilyator bilan sovutish kerak.
11.7-rasm. Namunaviy payvandlash to‘g‘rilagichi; a) to‘g‘rilagich sistemasi; b) tashqi zanjirdagi to‘g‘rilangan tok; 1 2 3 4 5 yarim o‘tkazgichli diodlar
|