|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 82/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik11.3. Elektr yoy payvandlash
Ikkita elektrod orasidagi gaz muhitida atmosfera bosimi ostida ma’lum vaqt o‘tib turadigan elektrik razryad payvandlash yoyi deyiladi.
Yoy metall elektrod bilan payvandlanayotgan metall orasida yonib metall vannasini hosil qiladi. Yoy ustunida temperatura 6000°C ga, anod va katod uyalarida 2000-3000°C ga yetadi. Yoy hosil qilish uchun elektrod uchini asosiy metallga bir on qisqa tutashtirib, 3 mm uzoqlashtirish kerak. Bu jarayonni tushunib olish uchun yoy hosil qilish ketma-ketligini kuzatamiz. Elektrodni metallga tegizishda uning tegib turgan nuqtalaridagi zichligi nihoyatda katta: 20-100 Q/mm2. Bu tok ayrim-ayrim kontakt nuqtalardan o‘tib ularni shu ondayoq suyuqlantirib yuboradi. Natijada elektrod bilan metall orasida metallning yupqa pardasi hosil bo‘ladi.
11.2-rasm. Metall elektrod bilan payvandlanuvchi metall orasida elektr yoinni yondirish sxemasi: a-elektrodning qisqa; b-suyuq metall yupqa pardasining hosil bo‘lishi; v-bo‘yin hosil bo‘lishi; g-elektr yoyining hosil bo‘lishi
Keyingi daqiqada, ya’ni payvandchi elektrodni yanada uzoqlashtirishida suyuq metallda bo‘yin hosil bo‘ladi. Bo‘yinda tok zichligi, binobarin, metall harorati yanada ortadi. Bu suyuq metallni bug‘lanishga olib keladi va natijada bo‘yin uziladi va oraliq gazlar bug‘larga to‘ladi. [10]
Elektrodning qizigan yuzasidan elektronlar (elektrik maydon ta’sirida) katta tezlikda uchib chiqib asosiy metall (anod) tomon harakatda oraliqdagi gaz molekulalari (metall bug‘i atomlari) bilan urilib, ularni ionlashtiradi. Natijada yoy oralig‘idagi muhit elektr o‘tkazgich muhit bo‘lib qoladi va u orqali elektr toki o‘taveradi. (razryad mavjud)
11.3 - rasm. Gazning hajmiy ionlash jarayoni sxemasi; 1-katod; 2-katod dog‘i;3-yoy ustuni; 4 -anod dog‘i; 5- anod; E1, E2-katta tezlikda harakatlanuvchi elektronlar; A1, A2-neytral atomlar; E'2-kichik tezlikda harakatlanuvchi elektronlar; -I-manfiy ion; +I-musbat ionlar
Gazda elektronlar, musbat ionlar, manfiy ionlar bo‘lganda bunday gaz ionlashgan gaz deb ataladi. Moddalarning elektr toki bilan zaryadlargan zarrachalari ionlashgan gaz muhitida elektr energiyasini tashiydi.
Rasmda ko‘rsatilganidek, katod gazidan erkin elektronlar uchib chiqa boshlakan bo‘lsin. Bu hodisa elektronlar emissiyasi deb ataladi. Elektr maydoni ta’sirida katod zonasida elektronlar harakati keskin sur’atda tezlashadi. Katta harakat energiyasiga ega bo‘lgan elektronlar gazning neytral atomlariga kelib urilganida nisbatan og‘ir va shuning uchun ham unchalik harakatchan bo‘lmagan atom qobig‘idan bir yoki bir necha elektronni urib chiqaradi. Ana shu elektronlar musbat zaryadlangan anodning elektr maydoni ta’sirida nisbatan sekinroq tezlikda anodga tomon harakatlanadi. Manfiy elektr zaryadning bir qismini yo‘qotgan atom esa musbat ionga aylanib, manfiy zaryadlangan katodga intiladi. Musbat ion katod yuzasiga kelib urilib, undan elektronlarni urib chiqaradi va bu elektronlardan bir qismini olib, yana neytral atomga aylanadi. Elektronlarning qolgan qismi esa yoy ustun orqali anodga boradi
Manfiy ionlar neytral atomlardan, ularning erkin elektronlarini tortib olish natijasida hosil bo‘ladi. Hamma kimyoviy elementlar ham manfiy ionlarni hosil qila olishi mumkin bo‘lmagani uchun ionlashgan gazlarda manfiy ionlar musbat ionlarga qaraganda kamroq bo‘ladi.
|
| |