11.7. Elektr shlak usulida payvandlash
Zagotovkaning qalinligi δ<150 mm bo‘lsa, bir elektrod ishlatiladi, elektrod u yoq-bu yoqqa tebranib turishi talab etiladi. Agar δ>150 mm bo‘lsa uch va undan ortiq elektrod ishlatiladi: har bir 45-60 mm qalinlikka bir elektrod hisobidan.
Payvandlash simi d = 2-3 mm. Tok I = 750-1000 A.
11.12-rasm. Elektroshlak usulida payvandlash jarayonining sxemasi: 1-shlak vanna; 2-asosiy metall; 3-mis kristallizator; 4-elektrod sim; 5-tok mudshto’qi; 6-suyuqlangan metall vannasi
Afzalligi (flyus ostida payvandlashga nisbatan):
1. Yuqori mehnat unumli.
2. Xohlagan qalinlikdagi zagotovkani payvandlash mumkin.
3. Chok mikrostrukturasi bir xil tuzilishda yaxshilanadi.
4. Tannarxi past: sim kam sarflanadi, flyus va elektroenergiya harajati kam.
11.13-rasm. Bolg‘alangan konstruksiyani elektr shlak usulida payvandlash
Kamchiligi: chok va chok atrofi materiali yirik zarrachali bo‘ladi.
Kamchiliklarni yo‘qotish uchun termik ishlanadi: yumshatish yoki normallashtirish.
11.8. Plazma, elektron-nur, lazer (yorug‘lik nuri), gaz (alangasi) yordamida payvandlash
Payvandlanuvchi detallar bir-biriga zich yoki kichkina tirqish-zazor bilan vakuum kameraga joylab, unga katta tezlikdagi elektron-nur oqimi toboriladi. Elektronlar detalga kelib urilib, o‘z kinetik energiyalarini issiqlik energiyasiga aylantirib, metallni eritadi. Bunda 5000-6000°C issiqlik chiqadi(7.7. – rasm).
Elektron nur oqimi katod I ni (rasm.) vakuum 133 (10-4 – 10-5) Pa da elektronlarning emissiyasi hisobiga bo‘ladi. Bu elektrostatik va elektromagnit 4 bilan payvandlanayotgan detallarga yo‘naltiriladi
Shuni aytish kerakki, nurni juda kichik maydonda fokusirovka qilish mumkin: d = 0,001 sm. Bunda, erigan hajm chuqurligining kengligiga nisbati L:t=20:1; Boshqacha qilib aytganda, bigiz bilan teshilgandek. Bunday erishni "xanjar" (kinjalniy) deyiladi. [12]
11.14.-rasm. Elektron nur payvandlash sxemasi
Bu xossadan qattiq, mo‘rt materiallarni teshishda, frezerovka qilishda, qirqishda ishlatiladi: rubin, olmoz, oyna, sapfir va h.k. Bu usul bilan qiyin eriydigan, kimyoviy aktiv va ularning qotishmalarini payvandlaydi: volfram, niobiy, sirkoniy, molibden va h.k. Yuqori legirlangan po‘latlar; titan va alyumin qotishmalari ham payvandlanadi.
Hatto har xil metallarni va qotishmalarni ham payvandlash mumkin.
Eng kam qalinligi-payvandlash tmin== 0,02mm va tmax = 100mm.
|