|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
|
bet | 92/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikAtsetilen generatori
Kalsiy karbiddan atsetilen olish uchun foydalaniladigan maxsus apparatlar atsetilen generatori deyiladi.
CaC2 + 2H2O ↔ Ca(OH)2 + C2H2 + Q
1kg kalsiy karbiddan 250-300dm3 hajmidagi atsetilen (C2N2) olinadi. U yuqori harorat beradi - 3200˚C. Bosim ortiqchaligi 0,175 MPa bo‘lganda u opartlashga xavfli bo‘ladi. Atsetilen asetonda yaxshi eriydi: 1hajm asetonda 23 hajm atsetilen eriydi. Shuning uchun xavfsizlikni oshirish maqsadida ballonlar oldin aseton bilan to‘yintirilgan aktivlashtirilgan (g‘ovak) 1pista ko‘mir bilan to‘ldiriladi, so‘ng atsetilen to‘ldiriladi.
Atsetilen generatorlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Unumdorligiga qarab: 1 soatda necha m asetiden ishlab chiqarishiga ko‘ra: 0,5; 0,75; 1,25; 3,5; 10; 20; 40; 80; 160 va 320. Agar soatiga 3m3 atsetilen chiqarsa unumdorligi kichik:
11.19-rasm. PA tipidagi atsetilen generatorining sxemasi: 1 - korpus; 2-voronka; 3-qalpoq; 4-retorta; 5-yashik; 6-qopqoq; 7-trubka; 8-stakan; 9-trubka; 10-gaz tozalagich; 11-suv qulfi; 12,13-kran; 14-nipel; 15-shlang
Birinchi suv quyilganda rezina shlang 15 orqali suv karbidli yashikka 5 ga tushib, atsetilen ajraladi va quvur orqali qalpoq 3 tagiga chiqib, suv yuzasidan o‘tib, qalpoq 3 da yig‘iladi. Stakan 8 atsetilenni suv tagidan membrana majbur qiladi. Yig‘ilgan gaz uzatuvchi quvur 9 orqali suv qulfi 11 orqali gorelkaga beradi. Agar gaz bosimi keradigan oshib ketsa, qalpoq 3 ni ko‘taradi, unga bog‘langan nipel 14 ham ko‘tarilib, suv karbidga tushmay qoladi: gaz ajralishi to‘xtaydi. Gaz ishlatilib, bosim kamayganda: qalpoq 3 pastga tusha boshlaydi (rezina shlang bilan birga). Bunda yana rezina shlangdan suv karbidga tushib reaksiya boshlanib gaz ajralib chiqa boshlaydi.
Suv qulfning vazifasi: agar gaz chiqish tezligi (gaz gorelkasida) yonish tezligidan kichik bo‘lib qolsa, yonish alangasi gorelkadan shlang orqali oqib kelib, generator ichiga kirishi mumkin. Bunda qattiq portlash vujudga keladi. Suv qulfi olovni orqaga o‘tkazmaydi. Bunday hol mundshtuk suyuq metall tomchilari bilan berkilib qolganda ham .bo‘ladi.
|
| |