• Payvandlash gorelkalari
  • Payvandlash alangasi
  • Gaz alangasi xillari
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet93/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Payvandlash gorelkalari
    Payvandlash gorelkalari metallarni dastaki usulda payvandlashdagi asosiy asbobdir. Gorelka kislorod bilan ma’lum nisbatda aralashtirib rostlash uchun xizmat qiladi. Gorelkalar konstruksiyaga qarab ikki xil bo‘ladi:
    1. Injektorli (11.20-rasm., a).
    3. Injektorsiz (11.20-rasm., b).

    Payvandlash gorelkalari
    11.20-rasm. a-injektorlari: 1,2-trubka; 3,4-ventil; 5 -injektor; b-aralashtirish kamerasi; 7-trubka; 8-mundshtuk;
    b-injektorsiz: 1,2-trubka; 3, Z'-ventil; 4-aralashtirish kamerasi; 5-trubka; b-mundshtuk
    Korxonalarda eng ko‘p tarqalgani injektorli gorelkalar. Ular past va o‘rta bosimda ishlaydi.
    Kislorod R = 0,1-0,4 MPa bosim ostida ventil 3, 4 orqali va trubka orqali injektor 5 ga beriladi. Injektorning kichik teshigidan kislorod katta tezlikda chiqib, kamera 4 bosimni siyraklashtiradi-kamaytiriladi va yonuvchi gazni suradi. Ventil 4, kanal 2 orqali atsetilen aralashish kamerasi Zga o‘tadi. Bu yerda yonuvchi aralashma hosil bo‘ladi. Trubka 7 orqali mundshtuk 1 ga keladi, yonadi. Gaz bosimi R 0,001-0,00 MPa. Gorelka mundshtuklari issiqlikni tez o‘tkazishi uchun issiqlikni yaxshi o‘tkazuvchi materiallardan yasaladi:
    M3 markali misdan yoki БpX065 markali xromli bronzalardan. Yonayotgan gaz quvvatini o‘zgartirish mundshtuk teshigi diametri 7 xil qilib yasaladi. Keragida o‘zgartiriladi.
    Yondirishda oldin kislorod ventili ozgina ochiladi, so‘ng atsetilen. Gaz aralashma yondirilib, kerakli regulirovka qilinadi. O‘chirishda avval atsetilen ventili, so‘ng kislorod ventili berkitilishi kerak.
    Payvandlash alangasi
    Alanga atsetilenning kislorod aralashmasida yonishidan hosil bo‘ladi. Atsetilen-kislorod alangasi uch zonadan tashkil topgan.
    Birinchi zonada yenuvchi gaz yonish haroratigacha qiziydi. Ikkinchi zonada atsetilenning balanddan kelayotgan kislorod hisobiga yonishi bo‘ladi (yonishining birinchi bosqichi):


    11.21-rasm. Gaz alangasi xillari: a-normal; b-oksidlovchi; v-uglerodlantiruvchi.
    Ikkinchi zona payvandlanuvchi zona, yoki ishchi zona deyiladi. Bunda eng yuqori harorat va qaytarish xossasiga ega (CO va H2 metallni oksidlashdan saqlaydi).
    Uchinchi zonada yonishning ikkinchi bosqichi o‘tadi: havodagi «kislorod hisobiga:
    CO2 gazi va suv parlari yuqori haroratda metallni oksidlaydi, shuning uchun uchinchi zona oksidlovchi deyiladi. Agar gazlar nisbati:
    O2/C2H2=1
    bo‘lsa, gaz alangasi normal deb nomlanadi. Normal alangada ko‘pchilik po‘latlar payvandlanadi.
    Agar kislorodni ko‘paytirsak:
    O2/C2H2>1
    bo‘lsa, alanga havo rang tus oladi va formasi siqilib utkirlashadi, uzunligi qisqaradi. Bu alanga oksidlantirish xossasina ega. Bu alangada faqat latunni payvandlash mumkin. Bunda ortiqcha kislorod, latun tarkibidagi rux bilan reaksiyaga kirishib, qiyin eriydigan oksid hosil qiladi, qaysiki plyonka hosil qilib, sinkni keyingi bug‘lanishdan asraydi. Agar atsetilen ko‘paytirilsa,
    O2/C2H2<1
    alanga tutay boshlaydi, rangi qizaradi, uzunligi oshadi. Buni uglerodlantiruvchi alanga deyiladi. Bu bilan asosan cho‘yan va rangli metallar payvandlanadi, chunki uglerodning yonishi va rangi metall oksidlarining qaytarilishi bir-birini qoplaydi. Gazaviy payvandlashda chok bop qo‘shimcha metallarni payvandlanuvchi metallar tarkibiga qarab tanlab olinadi.
    Cho‘yanlarni payvandlash uchun maxsus quyma cho‘yan sterjenlari ishlatiladi. Rangli metallarni va maxsus qotishmmamlarni payvandlashda flyuslar ishlatiladi: kukun yoki pasta holatida. Gazoviy payvandlashda zagotovka elektr yoyiga nisbatan ohista bir tekisda qiziyd. Shuning uchun bu usul quyidagi sharoitlarda qo‘llaniladi:
    1. kichik qalinlikdagi materiallarni payvandlashda; δ = 0,2-3 mm.
    2. Tez eriydigan rangli metallar va qotishmalarda.
    3. Asta bir tekisda qizdirib va asta bir tekisda sovutishni talab qiladigan metall va qotishmalarni payvandlashda: asbobsozlik po‘latlari, cho‘yan, latun. Metall qalinligi ortish bilan mehnat unumli tez pasayadi. Bunda sekin qizish natijasida zagotovka deformatsiyalanadi.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.