• Gazaviy payvandlash sxemasi
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet89/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    11.6. CO2 muhitida elektr yoy payvandlash
    Payvandlashning bu turi asosiy metallning biriktiriladigan qirralarini payvandlash gorelkasi alangasi bilan qizdirishdan iboratdir. Chok metalini hosil qilish uchun payvandlash vannasiga eritib qo‘shiladigan chiviqning oqib eritilgan metali qo‘shiladi (7.1-rasm).
    Issiqlik manbai tariqasida atsetilenning kislorod bilan aralashmasini yoqqanda hosil bo‘ladigan va harorati 3000—3l50˚C ga boradigan payvandlash alangasi ishlatiladi. Uncha qalin bo‘lmagan po‘latlarni, oson eruvchan metallarni va qotishmalarni payvandlash uchun hamda kavsharlash va kesishdan oldin qizdirish uchun atsetilen o‘rnida ishlatiladigan boshqa gazlar: propan, tabiiy neft, piroliz gazlari, vodorod, kerosin, koks gazi va boshqalar ishlatiladi. Ushbu gazlar kislorodda yonganda alanga harorati 2000—2450˚C gacha ko‘tariladi. Gaz bilan payvandlash nisbatan oddiy usul bo‘lib, murakkab, qimmat jihozlarni hamda elektr energiya manbaini talab qilmaydi. Gaz bilan payvandlashning kamchiligi shundaki, metall yoy yordamida payvandlashdagiga qaraganda sekin qizdiriladi, metallga ta’sir qiluvchi issiqlik zonasi katta bo‘ladi. Gaz bilan payvandlashda issiqlik bir yerga kam to‘planadi, payvandlanadigan detallar esa ko‘proq tob tashlaydi.
    Alanga bilan metallning nisbatan sekin qizdirilishi va issiqlikning bir yerda to‘planmasligi sababli payvandlanadigan metallning qalinligi ortishi sayin gaz bilan payvandlashning ish unumi ham kamaya boradi. Jumladan, po‘latning qalinligi l mm bo‘lganida gaz alangasi yordamida payvandlash tezligi qariyb l0 m/soatni, qalinligi l0 mm bo‘lganida esa atigi 2 m/soatni tashkil etadi. Shuning uchun ham qalinligi 6 mm dan ortiq po‘latni gaz bilan payvandlash yoy yordamida payvandlashga qaraganda kam unumli bo‘ladi.



    11.11-rasm. Gazaviy payvandlash sxemasi
    Gorelkaga atsetilen va kislorod ballonlardan keladi va unda aralashadi. Atsetilen generatoridan ham kelishi mumkin. Undan chiqishda yonadi. Alanga issiqligida asosiy metall qirralari va qo‘shiladigan sim erib zagotovkalar orasidagi tirqish to‘ladi va sovigach, qotib payvand choki hosil bo‘ladi.
    Atsetilen bilan kislorod elektr energiyasiga nisbatan qimmatroq turadi. Shuning uchun ham gaz bilan payvandlash elektr yoy yordamida payvandlashga qaraganda qimmatga tushadi. kalsiy karbidi, yonuvchi gazlar va suyuqliklar, kislorod, siqilgan gazlar ballonlari hamda atsetilen generatorlarini ishlatish tartib-qoidalariga rioya qilinmaganda portlash va yong‘in chiqishi xavfi borligi ham gaz bilan payvandlashning kamchiliklariga kiradi.
    Quyidagi ishlar gaz bilan payvandlab bajariladi:

    • qalinligi l—3 mm li po‘lat buyumlarni tayyorlash va ta’mirlash;

    • cho‘yan, bronza, silumindan tayyorlangan quyma buyumlarni ta’mirlash;

    • kichik va o‘rtacha diametrli quvurlarni montaj qilish;

    • aluminiy va uning qotishmalari, mis, jez va qo‘rg‘oshindan buyumlar yasash;

    • yupqa devorli quvurlardan konstruksiya uzellarini yasash;

    • po‘lat va cho‘yan detallarga jezni eritib yopishtirish;

    • bolg‘alangan va nihoyatda mustahkam cho‘yanni eritib qo‘shiladigan jez va bronza chiviqlarni ishlatib biriktirish;

    • cho‘yanni past haroratda payvandlash.

    Texnikada ishlatiladigan metallarning deyarli hammasini gaz bilan payvandlash mumkin. Cho‘yan, mis, jez, qo‘rg‘oshin yoy yordamida payvandlashga qaraganda gaz alangasi yordamida osonroq payvandlanadi.
    Bu usul oddiy, qimmat uskunalarni talab qilmaydi. Sifatli chok olish ishchining malakasiga va alanganing quvvatiga bog‘liq.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.