• Payvandlash agregatorlari.
  • Elektrod sxemasi
  • Payvandlash o‘zgartigichlari




    Download 14,49 Mb.
    bet85/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Payvandlash o‘zgartigichlari. O‘zgaruvchi tok elektrodvigateli va payvandlash doimiy tok generatoridan iborat, Generatorlar konstruksiyasiga qarab har xil tashqi xarakteristikasi bo‘lishi mumkin. Generatorlarning foydali ish koeffitsiyenti yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarnikidan kam. Ishlatish ham qiyinroq, chunki aylanadigan qismlari bor. Shuning uchun dastaki va yarimavtomat payvandlashda, ochiq havoda, montaj ishlarida ishlatiladi. [7]
    Payvandlash agregatorlari. Ichki yonuv dvigatelidan va payvandlash doimiy tok generatoridan tuzilgan. Montaj, dala ishlarida, dastak payvandlashda ishlatiladi.



    11.8-rasm. Qoplamali metall elektrod bilan payvandlash sxemasi: 1-asosiy metall; 2-shlak posti; 3-chok materiali; 4-suyuq vanna; 5-gaz muhiti; 6-elektrod qoplamasi; 7-elektrod; 8-elektr yoyi; 9-suyuq metall vannasi

    Payvandlashdan oldin payvandlanadigan joylar kirdan, oksid pardalardan tozalanishi kerak, uchma-uchlanishi lozim. Agar qalinligi δ > 6 mm bo‘lsa, uchlari kertilishi kerak:


    Payvandlash davrida qo‘l orqali elektrod ham so‘riladi ham beriladi. Quyida qoplangan metall elektrod bilan payvandlash semasini ko‘ramiz.
    Elektrod erib, suyuq metall vannasini hosil qiladi, bu qotib chokni hosil qiladi. Elektrod qoplamasi elektrod bilin birga erib, himoya gazi (5) ni hosil qiladi, bir yo‘la shlak vannasi (4) hosil bo‘ladi, qotgach shlak po‘sti (2) hosil bo‘ladi. O‘ta qizigan payvandlash vannasida qator metallurgiya jarayonlar ketadi:
    1. Ba’zi legirlovchi elementlar: uglerod, marganes, kremniy xrom va h.k. bug‘lanadi yoki oksidlanadi.
    2. Erigan metall gaz va shlak muhofaza qilsa ham kislorod, azot va vodorodni tashqi havodan olib, ular bilan to‘yinadi. Natijada payvand chokining tarkibi asosiy metall va elektrod materiali tarkibidan farq qilib qoladi. Bu chok materialining mexanikaviy xossalarini pasaytiradi, ayniqsa kislorod. Kerak tarkibni va xossalarni ta’minlash uchun qoplamaga legirlovchi elementlar qo‘shiladi.

    11.9-rasm. Elektrod sxemasi

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123




    Download 14,49 Mb.