|
Payvandlash yoyini ta’minlovchi manbalar
|
bet | 83/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikPayvandlash yoyini ta’minlovchi manbalar
Payvandlash yoyini ta’minlovchi tok manbalari maxsus tashqi xarakteristikaga ega bo‘lishi kerak. Bu manba’ning chiqish nuqtalaridagi tok kuchlanishining tok kuchiga bog‘liqligidir: V = /(/).
Tashqi xarakteristikalar quyidagi turlarga bo‘linadi (11.4rasm., a). Elektr yoyining xarakteristikasiga qarab, tok manbasi.
Qattiq xarakteristikali yoyni olish uchun tok manbasinning tashqi xarakteristikasi kamayuvchi yoki qiya kamayuvchi bo‘lishi kerak. Bu dastlabki yoy payvand uchun, flyus ostida avtomatik payvand uchun, muhofaza gaz muhitida erimaydigan elektrod bilan payvandlashda ishlatiladi (6.5-rasm., b).
11.4-rasm. Payvand toki manbalarining tashqi xarakteristikasi (a), va payvandlashda tok manbasi pasayuvchi xarakteristikasi va yoy xarakteristikasi nisbati (b): 1-kamayuvchi; 2-qiya kamayuvchi; 3-qattiq; 4-ko‘payuvchi; 5-ideal; 6-yoy xarakteristikasi.
Yoyning yonish rejimi ikki xarakteristikaning kesishgan nuqtasi bilan aniqlanadi. Nuqta C yoyning turg‘un yonish rejimiga to‘g‘ri keladi. A nuqta ko‘proq (xolostoy) yurish rejimiga to‘g‘ri keladi: manba ishlab turadi, yoy yonmagan, payvand zanjiri uzuq. Bu nuqta yuqori kuchlanish bilan xarakterli:V = (60-80)V.
Nuqta D qisqa tutashuv rejimiga to‘g‘ri keladi: bu yoyni yoqish va yoyning suyuq elektrod materiali tomchilari bilan tutashuv rejimi. Qisqa tutashuvda kuchlanish kam va nolga intiladi; tok ortadi, lekin chegarali. kamayuvchi xarakteristikali tok manbalari yoyni yoqishni osonlashtiradi ko‘roq yurish davrida kuchlanish katta bo‘lganidan), yoyni turg‘un yonishini ta’minlaydi va yoyning eritish qobilyatini doimiy ushlaydi, chunki yoyning uzunligi va kuchlanishligi (ayniqsa dastaki payvandlashda katta bo‘ladigan) payvandlash tokini ko‘p o‘zgartirmaydi. Bu manbalar ishlatilganda qisqa tutashuv davrida tok kuchi chegarali bo‘ladi, natijada tok o‘tkazuvchi simlar va tok manbalar o‘ta qizib ketmaydi.
Agar yoy xarakteristikasi C-uchastkaga-ko‘tariluvchiga to‘g‘ri kelsa, tok manba’sining xarakteristikasi qattiq yoki ko‘payuvchi bo‘lishi kerak. Bu himoya gazi muhitida eriydigan elektrod bilan payvandlashda va flyus ostida avtomatik yuqori zichlikdagi tok bilan payvandlashda ishlatiladi. Payvandlash yoyini ta’minlash uchun 2 xil manbadan foydalaniladi.
1. O‘zgaruvchan tok manbalari: har xil payvandlash tranformatorlari.
2. Doimiy tok manbalari: payvandlash to‘g‘rilagichlari va generatorlari.
Tranformatorlarning xarakteristikasi:
1. Ishlatish tannarxi past.
2. Ekspluatatsiya qilish oson.
3. Ishlash davri ko‘proq.
4. Foydali ish koeffitsiyenti yuqori.
5. Past kuchlanishli tokda qoplamali elektrod bilan va flyus ostida payvandlaganda yoy turg‘un yonmaydi.
O‘zgarmas tok manbalarining xarakteristikasi:
l. Payvand yoyi turg‘un yonadi.
2. Payvandlash sharoiti har xil fazoviy joylanishida ham yaxshilanadi.
3. To‘g‘ri va teskari qutblarda payvandlash mumkin. Teskari qutb bilan yomon eriydigan qoplamalar va flyus bilan payvandlash imkonini beradi.
|
| |